Surxondaryo viloyati xududida chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini belgilash toʻgʻrisida (40-son)
03.02.2016
Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 381-son va 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyatdagi barcha ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlarining xizmat koʻrsatish doirasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari egalari (yuridik va jismoniy shaxslar) ular bilan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan shartnoma tuzishlari;
tuzilgan shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi matnda Isteʼmolchi) qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs (keyingi oʻrinda Ijrochi) maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishi shart ekanligi belgilab qoʻyilsin.
2. Chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi: chiqindi yigʻish punktlaridan — har kuni, xususiy sektordan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba qilib belgilansin.
3. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (B. Urunov), viloyat DSENM (A. Mustanov) kuzgi yalpi xazonrezgi mavsumida daraxtlardan toʻkilgan barglarni yoqish qatʼiyan taqiqlanishini aholiga yetkazilishini, ular maxsus ajratilgan joylardan koʻchadagi, uylar oldidagi smyotlar bilan birga olib chiqib ketilishini qatʼiy nazorat qilsin.
4. Isteʼmolchilar tomonidan chiqindilarni koʻchalarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va koʻmib tashlash uchun ajratilmagan joylarga, shuningdek harakatdagi avtotransport vositasidan yoʻlaklar va koʻchalarning transport yuradigan qismiga tashlash;
koʻp kvartirali uyning xonalarida chiqindilarni toʻplashni va saqlashni tashkillashtirish qatʼiy taqiqlanishi belgilab qoʻyilsin.
5. Quyidagilar:
Termiz shahar va barcha tumanlarda chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Yuridik shaxslar chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlovni, koʻrsatilgan xizmatlarning toʻliq hisob-kitobini esa — kalendar oy tugagandan keyin 30 kun davomida amalga oshirishi;
jismoniy shaxslar tomonidan qabul qilingan chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar, tasdiqlangan tariflar va chiptalarning belgilangan namunalariga asosan, tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Viloyatdagi barcha isteʼmolchilar:
chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun shartnoma tuzishi va uning talablarini bajarishi;
chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishi;
xonadonda yoki xususiy uy-joyda istiqomat qiluvchilarning haqiqiy soni haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
chiqindilarni axlat toʻplash shoxobchalariga joylashtirish uchun koʻp kvartirali uylardagi Isteʼmolchilar chiqindilarni turlari boʻyicha paketlarga joylab, tegishli konteynyerlarga tashlashi;
chiqindi toʻplash konteynyerlari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplovchi kamera va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda bu toʻgʻrida Ijrochilarni darhol xabardor qilishi lozim.
8. Termiz shahar va barcha tuman hokimliklari oʻz rasmiy saytlari orqali tushunarli tarzda isteʼmolchini koʻrsatilayotgan xizmatlar, ular uchun belgilangan tariflar, toʻlash shartlari, xizmatlar koʻrsatish rejimi toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlasin;
chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnoma namunasi, xizmatlar tarkibi, taqdim etiladigan xizmatlarning amaldagi tariflari, toʻlov hujjatlarining namunalari, chiqindilarni olib chiqib ketishning muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar viloyatdagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida eʼlonlar peshlavhasida qulay tarzda joylashtirilishini taʼminlasin;
sanitariya-tozalash xizmati tariflarini tasdiqlash boʻyicha qabul qilgan hujjatlarini 10 kun muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A. Ibragimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim T. MAMARAIMOV
Termiz sh.,
2016-yil 3-fevral,
40-son
Viloyat hokimining 2016-yil 3-fevraldagi 40-sonli qaroriga 1-ILOVA
Termiz shahar va tumanlarda qattiq va maishiy-xoʻjalik chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar
tariflari
T/r Tuman (shahar) nomi Toʻlovlar tariflari Jismoniy shaxslar 1 (bir) kishi/ 1 (bir) oy uchun Budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar 1 (bir) m3 uchun 1. Termiz shahri 1200 32000 2. Angor tumani 1400 23000 3. Boysun tumani 1400 23000 4. �enov tumani 1300 21500 5. Jarqoʻrgʻon tumani 1300 21500 6. Qumqoʻrgʻon tumani 1300 21500 7. Qiziriq tumani 1400 23000 8. Muzrabot tumani 1400 23000 9. Oltinsoy tumani 1400 23000 10. Sariosiyo tumani 1400 23000 11. Termiz tumani 1300 21500 12. Uzun tumani 1400 23000 13. Sherobod tumani 1400 23000 14. Shoʻrchi tumani 1300 21500
Viloyat hokimining 2016-yil 3-fevraldagi 40-sonli qaroriga 2-ILOVA
Termiz shahar va barcha tumanlarda suyuq chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar
tariflari
