Namangan viloyatining 2016-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (393-son)
28.12.2015
Namangan viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-1-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining 2015-yil 28-dekabrdagi 36/7-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2016-yilga moʻljallangan viloyat mahalliy budjetining:
viloyat, tuman va shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, maqsadli subvensiyalar hamda Respublika budjetidan viloyat budjetiga oʻtkazib beriladigan daromadlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
shahar va tumanlar budjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalarning normativlari va ayni shu soliqlardan viloyat budjetiga ajratmalarning meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
viloyat mahalliy budjetining zaxira jamgʻarmasi miqdori 3-ilovaga muvofiq;
viloyat budjeti, shahar va tumanlar budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumanlar (shahar) hokimlari mahalliy budjetlar aylanma kassa mablagʻlarining eng kam miqdorini belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlab borsinlar.
4. Viloyat hokimining oʻrinbosari N. Hayitaliyev, viloyat Iqtisodiyot (O. Inamov), Moliya (T. Yusupov), Davlat soliq (O. Boyboyev) boshqarmalari bilan birgalikda:
2016-yil davomida viloyat mahalliy budjetlarining daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish, tushumlarning qoʻshimcha rezervlarini topish va tegishli hududlarda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini taʼminlash;
subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish va tegishli budjetlarning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
5. Viloyat moliya boshqarmasi (T. Yusupov)ga mahalliy budjetlarga budjetdan maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek mahalliy budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi, ish haqidan ajratmalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
6. Viloyat moliya boshqarmasi (T. Yusupov)ga budjet qonunchiligida belgilangan muddatlarda 2016-yilgi budjet parametrlarini shahar va barcha tumanlarga hamda tegishli viloyat budjeti tashkilotlariga yetkazish, shuningdek umumdavlat soliqlaridan mahalliy budjetlarga 2016-yil uchun ajratmalar miqdorlarini viloyatdagi tegishli bank muassasalariga yetkazish vazifasi topshirilsin.
7. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (O. Boyboyev) mahalliy budjetlarga belgilangan soliq va tushumlarni yil davomida muntazam bir maromda undirilishini taʼminlasin hamda shahar va tumanlar boʻyicha mavjud boqimanda qarzlarni keskin kamaytirish borasida aniq tadbirlar ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
8. Markaziy bank bosh boshqarmasi (A. Dadabayev) barcha tijorat banklari viloyat boʻlimlari bilan birgalikda davlat daromadlaridan mahalliy budjetlarga ajratmalarni oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlasin.
9. Shahar va tumanlar hokimlariga:
Davlat soliq inspeksiyalari, moliya va bank idoralarining barcha imkoniyatlarini budjetning daromadlar qismi prognoz koʻrsatkichlarining barcha manbalar boʻyicha toʻliq bajarilishini taʼminlashga safarbar qilish;
mahalliy budjetlarning xarajatlar qismini sifatli ijro etilishi hamda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini qattiq nazorat qilish, bunda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet ijrosiga oid qarorlari va farmoyishlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
10. Viloyat Moliya (T. Yusupov) va Davlat soliq (O. Boyboyev) boshqarmalari, barcha tijorat banklari viloyat boʻlimlari mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan viloyat hokimligiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borsinlar.
11. Mazkur qaror “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari N. Hayitaliyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. BOZAROV
Namangan sh.,
2015-yil 28-dekabr,
393-son
Viloyat hokimining 2015-yil 26-dekabrdagi 393-sonli qaroriga 1-ILOVA
Viloyat, shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2016-yil daromadlari va
xarajatlari
T/r Shahar va tumanlar nomi Daromadlar Xarajatlar Subvensiya* Mahalliy budjetga respublika budjetidan oʻtkazib beriladigan daromad 1. Namangan shahar 201 702 796,0 201 702 796,0 2. Mingbuloq tumani 22 502 635,0 66 424 948,0 43 922 313,0 3. Kosonsoy tumani 31 421 670,0 89 194 183,0 57 772 513,0 4. Namangan tumani 44 882 525,0 87 038 501,0 42 155 976,0 5. Norin tumani 27 750 246,0 75 273 482,0 47 523 236,0 6. Pop tumani 37 750 449,0 98 887 609,0 61 137 160,0 7. Toʻraqoʻrgʻon tumani 34 222 087,0 97 756 554,0 63 534 467,0 8. Uychi tumani 33 219 271,0 97 131 993,0 63 912 722,0 9. Uchqoʻrgʻon tumani 35 169 892,0 88 459 536,0 53 289 644,0 10. Chortoq tumani 30 107 054,0 81 994 115,0 51 887 061,0 11. Chust tumani 40 837 269,0 109 320 154,0 68 482 885,0 12. Yangiqoʻrgʻon tumani 32 681 564,0 94 979 118,0 62 297 554,0 13. Viloyat budjeti 297 845 543,0 442 509 934,0 40 319 715,0 104 344 676,0 Viloyat boʻyicha jami 870 093 001,0 1 630 672 923,0 656 235 246,0 104 344 676,0
*Mahalliy budjetlarga budjetdan maqsadli subvensiyalar ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek mahalliy budjetning birinchi navbatdagi xarajatlari soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda moliyalashtirib boriladi.
Viloyat hokimining 2015-yil 26-dekabrdagi 393-sonli qaroriga 2-ILOVA
2016-yil shahar va tumanlar budjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalarning normativlari va ayni shu soliqlardan viloyat budjetiga ajratmalarning
NORMATIVLARI
(Foiz hisobida) Shahar va tumanlar nomi Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Qoʻshilgan qiymat soligʻi Aksiz soligʻi Aroq Boshqa vinolar Oʻsimlik (paxta) yogʻi Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Shahar va tumanlar budjetiga Viloyat budjetiga Namangan shahar 24% 76% 0% 100% 20% 80% 100% 0% 80% 20% 20% 80% Mingbuloq tumani 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 58% 42% 100% 0% Kosonsoy tumani 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 82% 18% 100% 0% Namangan tumani 100% 0% 0% 100% 50% 50% 100% 0% 13% 87% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% Norin tumani 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 75% 25% 100% 0% Pop tumani 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% Toʻraqoʻrgʻon tumani 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 7% 93% 0% 100% Uychi tumani 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% Uchqoʻrgʻon tumani 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 50% 50% 31% 69% 0% 100% Chortoq tumani 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% Chust tumani 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 66% 34% 80% 20% Yangiqoʻrgʻon tumani 100% 0% 100% 0% 100% 0% 100% 0% 48% 52% 50% 50% 60% 40% 60% 40%
Viloyati hokimining 2015-yil 28-dekabrdagi 393-sonli qaroriga 3-ILOVA
Namangan viloyati mahalliy budjetining 2016-yilgi zaxira jamgʻarmasi
miqdorlari
Viloyat hokimining 28-dekabrdagi 393-sonli qaroriga 4-ILOVA
Viloyat, shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2016-yilda aylanma kassa mablagʻlari
rejasi
(ming soʻm hisobida) Shahar va tumanlar nomi Kassa mablagʻlari rejasi Namangan shahar 1 049 630,0 Mingbuloq tumani 347 155,0 Kosonsoy tumani 458 424,0 Namangan tumani 438 075,0 Norin tumani 389 425,0 Pop tumani 506 824,0 Toʻraqoʻrgʻon tumani 501 612,0 Uychi tumani 506 560,0 Uchqoʻrgʻon tumani 460 672,0 Chortoq tumani 412 232,0 Chust tumani 579 409,0 Yangiqoʻrgʻon tumani 501 902,0 Viloyat budjeti 2 247 780,0 Viloyat boʻyicha jami 8 399 700,0
