Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini qayta koʻrib chiqish haqida (94-son)
14.03.2016
Xorazm viloyati hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) PQ-1326-son Qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-yanvardagi 1 va 2016-1-son “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi Qaroriga (roʻyxat raqami 2751, 2016-yil 14-yanvar) asosan viloyatdagi bozorlar faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliqroq hisobga olinishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat moliya va soliq boshqarmalari hamda “Xorazm bozorlari va savdo komplekslari” viloyat uyushmasi takliflari asosida, bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat davlat soliq boshqarmasi, “Bozorlar va savdo komplekslar faoliyatini nazorat qilish” Bosh boshqarmasining Xorazm viloyat boʻlimi (M. Abdolniyazov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari bilan birgalikda:
bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yigʻimlarni belgilangan tartibda toʻliq undirilishini;
bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari yigʻim miqdorlarini koʻpaytirish evaziga tushadigan daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini taʼminlasinlar.
3. Tumanlar va Urganch shahar hokimliklari oʻz hududlaridagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining toʻliq undirilishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 253-son qarorlari asosida ish tashkil qilinsin.
4. Qaror ilovasidagi II-bobning 3.10-bandida transport vositalarini yuk ortish va yuk tushirish uchun bozorlar va savdo komplekslari hududiga kirganligi uchun haq undirish nazarda tutilganligi sababli mazkur Qaror “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining tasdigʻiga kiritilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilinishi bilan viloyat hokimining 2015-yil 28-fevraldagi 48k-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida mazkur qaror eʼlon qilinsin.
7. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (S. Sadiqov) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xoʻjaniyozova zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. BOBOJONOV
Urganch sh.,
2016-yil 14-mart,
94-son
Viloyat hokimining 2016-yil 14-martdagi 94-son qaroriga ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari
I. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari (soʻmda) T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Urganch shahar “Markaziy dehqon bozori” AJ, “Cholish dehqon bozori” MChJ Urganch shahri “Qibla QMSK” MChJ, Urganch, Xazorasp, Xiva va Gurlan tumanlari markazidagi bozorlari Qolgan tumanlar va hududlarda 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k. 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 500 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 10000 9 000 6 500 Quruq mevalar yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h.k. 1 oʻrin/kunga 10000 9 000 8 500 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.k. hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 000 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak, qovun , tarvuz, qovoq (rastada sotganda) 1 oʻrin/kunga 7000 6 000 4 000 Poliz mahsulotlari (rastalardan tashqarida maxsus ajratilgan joylarda) sotganda: handalak, qovun , tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 9000 8 500 7 000 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k. 1 oʻrin/kunga 6500 6 000 5 000 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1 oʻrin/kunga 6500 6 000 5 000 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 1 oʻrin/kunga 8000 7 500 6 000 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k. 1 oʻrin/kunga 6500 6 000 4 500 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h.k) hamda asal 1 oʻrin/kunga 6500 6 000 4 500 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 000 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 6000 5 500 5 000 1.11. Gullar va koʻchatlar (6 m kv metrgacha): 1 oʻrin/kunga 7000 6 000 4 500 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k) 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 000 1.13. Uyda tayyorlangan: konservalangan, pazandalik va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 7000 6 000 4 000 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan: oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar (Uy tegirmonida tayyorlangan un mahsulotlari) 1 oʻrin/kunga 8500 8 000 4 500 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 8500 8 000 6 500 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 000 1.17. Supurgi 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 000 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 12000 12 000 10 500 1.19. Dudlangan baliq 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 000 1.20. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 4000 3 500 3 500 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h.k. 1 oʻrin/kunga 23000 16 000 15 000 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 10000 8 500 7 500 yuk avtomashinalaridan 1 mashina 20000 18 000 17 000 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 26000 24 000 22 000 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 10000 8 500 7 000 4. Uy hayvonlari uchun: em-ozuqalar sotish: shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, bugʻdoy va sholi somon, makkajoʻxori(gʻoʻvish) poyasi va h.k. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, bugʻdoy va sholi somon, makkajoʻxori(gʻoʻvish) poyasi va h.k. 1 mashina 17000 15 000 13 000 yengil mashina va aravasidan, ot va eshak aravalardan pichan, bugʻdoy va sholi somon, makkajoʻxori(gʻoʻvish) poyasi va h.k 1 arava 10500 8 000 7 000 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir(yengil) va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 8 000 7 500 7 000 6 kv.metrdan — 15 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 9 000 8 500 7 500 15 kv.metrdan — 30 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 10 000 9 500 8 000 5.3. Kichik va yengil oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 6500 6 000 6 000 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 7 000 7 000 6 400 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 5 500 5 500 4 500 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 19 000 19 000 19 000 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 20 000 20 000 20 000 mototsikl, motoreller va mopedlar 1 dona 5 000 4 000 4 000 velosipedlar 1 dona 5 000 4 000 4 000 haftaning yakshanba kunidan tashqari kunlari avtotransport vositalarini sotish uchun belgilangan patta toʻlovlari 50 % miqdorida undiriladi 1 dona 50,0% 50,0% 50,0% 8. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun: 8.1. Ot, tuya 1 bosh 15 000 15 000 15 000 toy, boʻtaloq, eshak 1 bosh 8 500 8 500 8 500 8.2. Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (shu jumladan, sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 15 000 14 000 14 000 buzoq 1 bosh 8 000 7 000 7 000 8.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k.) 1 bosh 6 500 5 000 5 000 qoʻzi, uloq 1 bosh 3 500 3 500 3 500 8.4. Choʻchqalar, choʻchqa bolalari 1 bosh 6 500 6 500 6 500 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1500 1 500 1 500 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1500 1 500 1 500 10. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 5000 4 500 4 000 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 6000 5 500 4 000 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 5500 5 000 4 000 13. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 5500 5 000 4 500 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 3000 3 000 2 500 II. Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning minimal miqdorlari (soʻmda) T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Urganch shahar “Markaziy dehqon bozori” AJ Urganch tuman “Yaqub Rozzoq USK” MChJ Urganch, Xazorasp, Xiva, Gurlan tumanlari markazidagi bozorlar va savdo komplekslarida** “Qibla QMSK” MChJ, “Urganch buyum” MChJ SK, “Xiva USK” AJ, “Mingbotmon QMSK” MChJ Qolgan tumanlar va hududlarda *** 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino, inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv.m/oyiga 27000 20 000 18 000 8 500 14000 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv.m/oyiga 27000 20 000 18 000 8 500 12500 Umumiy ovqatlanish 1 kv.m/oyiga 27000 14 000 12 000 6 000 12500 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv.m/oyiga 27000 12 000 11 000 8 500 9500 Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, ishlab chiqarish sexlari, paynet, vaqtinchalik mavsumiy ayvonlarda savdo qilish va h.k.) 1 kv.m/oyiga 15000 13 000 12 000 8 500 12500 ikkinchi va undan yuqori qavatlar va yertoʻlada joylashgan savdo doʻkonlaridan yuqoridagi mahsulot va xizmat turlari boʻyicha belgilangan yigʻimlar miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi 1 kv.m/oyiga 50% 50% 50% 50% 50% 2. Inventarlarni ijaraga berish: 2.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 2500 2 500 2 500 2 500 2000 2.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg.gacha 1 kunga 2500 2 500 2 500 2 500 2000 150 kg.dan 1500 kg.gacha 1 kunga 9000 9 000 9 000 9 000 7000 2.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k.) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1600 1 600 1 600 1 600 1500 2.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1500 1 500 1 200 1 500 1500 2.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 2500 2 500 2 000 2 500 2000 2.6. Aravachalar uchun 1 kunga 7000 7 000 7 000 7 000 6000 2.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv. metr) 1 kunga 2500 2 500 2 000 2 500 2000 3. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 3.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 3500 3 500 3 500 3 500 3000 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 2000 2 000 2 000 2 000 2000 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 2000 2 000 2 000 2 000 2000 3.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (qoʻriqlash): Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 2000 2 000 2 000 2 000 2000 Qurilish materiallarini qoʻriqlash xizmati (savdo maydonida yoki rastasida toʻlanadigan ijara toʻlovidan tashqari) 1 kv metr kuniga 40 40 30 30 20 3.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 1000 1 000 1 000 1 000 2000 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 2000 2 000 2 000 2 000 3000 3.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 3000 3 000 3 000 3 000 3000 yuksiz 1-marta oʻlchash 3000 3 000 3 000 3 000 2500 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2500 2 500 2 500 2 500 3000 yuksiz 1-marta oʻlchash 2500 2 500 2 500 2 500 2500 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2000 2 000 2 000 2 000 2000 yuksiz 1-marta oʻlchash 2000 2 000 2 000 2 000 2000 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2000 2 000 2 000 2 000 2000 yuksiz 1-marta oʻlchash 2000 2 000 2 000 2 000 2000 3.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 8000 8 000 8 000 8 000 6000 3.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 2000 2 000 2 000 2 000 2000 yuk avtomashinalari uchun 1 soatga 3000 3 000 3 000 3 000 3000 3.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 600 600 600 600 500 3.8. Telefondan fo�dalanish 1-marta 1500 1 500 1 500 1 500 500 3.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 1500 1 500 1 500 1 500 1500 3.10. Transport vositalarini yuk ortish va yuk tushirish uchun bozorlar va savdo komplekslari hududiga kirishi(qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tushurish uchun kirgan avtotransport vositalari bundan mustasno): yengil avtomashinalar uchun 1-marta 2000 2 000 2 000 2 000 2000 yuk avtomashinalar uchun 1-marta 3000 3 000 3 000 3 000 3000 3.11. Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari) * 1 kv.m/oyiga 22 000 10 000 9 000 8 500 8000 ikkinchi va undan yuqori qavatlar va yertoʻlada joylashgan savdo doʻkonlaridan yuqoridagi mahsulot va xizmat turlari boʻyicha belgilangan yigʻimlar miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi 1 kv.m/oyiga 50% 50% 50% 50% 50%
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-apreldagi PQ-1326 sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati tumanlar va shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi.
** Xazarasp tuman markazidagi “Mingbotmon QMSK” MChJ, “Pitnak dehqon bozori” MChJ va Xiva tumanidagi “Xiva USK” AJlardan tashqari
*** Haftada bir va ikki kun bozor boʻladigan bozorlarda(tuman markazida joylashgan kundalik bozorlari bundan mustasno) II bobdagi “Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning minimal miqdorlari”ning 1 va 3.11 bandlaridagi belgilangan miqdorlarning 50 foizini toʻlaydilar.
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
