10 -q-son 18.01.2016. Xorazm viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2016-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida
Xorazm viloyati hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 186-modda) qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2015-yil 23-dekabrdagi 406/01-14-sonli ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisidagi qoʻshma xatga asosan qaror qilaman:
1. Xorazm viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yil 1-yanvardan qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara haqini hisoblash tartibi va stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga*, Xorazm viloyati shahar va tumanlarining markaziy qatnov koʻchalari va qishloq hududlaridagi davlat obyektlariga ijara haqini hisoblashda qoʻshimcha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2 va 3 ilovalar berilmaydi.
2. “Xorazm viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (I. Saidov) ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
Davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllanilsin.
3. Shahar va tumanlar hokimlari:
Hududlaridagi korxona va tashkilotlar tasarrufida boʻlgan foydalanilmay boʻsh turgan davlat obyektlarini doimiy ishchi komissiya tuzgan holda xatlovdan oʻtkazib borish hamda oʻtkazilgan xatlov natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha maʼlumotlarni “Xorazm viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasiga muntazam taqdim etib borishi belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Xorazm viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan Xorazm viloyati hokimining “Xorazm viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2015-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 2014-yil 31-dekabrdagi 271k-son qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
5. Mazkur qaror “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin.
6. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (S. Sadiqov) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishi nazorati viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xoʻjaniyozova zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. BOBOJONOV
Urganch sh.,
2016-yil 18-yanvar,
10k-son
Xorazm viloyati hokimining 2016-yil 18-yanvardagi 10k-sonli qaroriga 1-ILOVA
Xorazm viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2016-yilda qoʻllaniladigan toʻlovining eng kam stavkalari
T/r Faoliyat turi kodlari Ijaraga beriladigan maydonlardan foydalanish maqsadlari 1 kv. metr maydon uchun 2016-yilga ijara stavkasi (soʻm) Sanoat 1. 11 200 Yonilgʻi sanoati 3 500 2. 13 100 Kimyo sanoati 3 500 3. 13 300 Neft-kimyo sanoati 3 500 4. 14 100 Mashinasozlik sanoati 3 500 5. 14 200 Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati 3 500 6. 14 300 Hisoblash texnikalarini ishlab chiqarish 3 500 7. 14 400 Traktorsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi 2 800 8. 14 500 Qurilish, yoʻl qurilish va kommunal xoʻjaligi mashinasozligi 2 800 9. 14 600 Yengil va oziq-ovqat sanoati mashinasozligi hamda maishiy anjomlar sanoati 2 800 10. 14 710 Sanitar-texnologik va gaz uskunalari hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish 3 500 11. 14 800 Metall konstruksiyalari va mahsulotlari sanoati 3 500 12. 14 900 Mashina va jihozlarni taʼmirlash 3 500 13. 14 780 Mashinasozlikning boshqa sohalari 3 500 Oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati 14. 15 100 Yogʻoch mahsulotlarini tayyorlash sanoati 3 500 15. 15 200 Yogʻochni qayta ishlash sanoati 3 500 16. 15 300 Sellyuloza-qogʻoz mahsulotlari sanoati 3 500 17. 16 100 Qurilish materiallari sanoati 3 500 Yengil sanoat 18. 17 100 Toʻqimachilik sanoati 3 500 19. 17 200 Tikuvchilik sanoati* 3 500 20. 17 300 Charm, moʻyna va poyabzal mahsulotlari sanoati 3 500 21. 17 900 Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish turlari 3 500 Oziq-ovqat sanoati 22. 18 100 Oziq-ovqat sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq va sut mahsulotlari ishlab chiqarishdan tashqari) 3 500 23. 18 200 Goʻsht va sut mahsulotlari sanoati 3 500 24. 18 300 Baliq mahsulotlari sanoati 3 500 25. 19 210 Tegirmonchilik sanoati 3 500 26. 19 220 Kombikorm (omuxta yem) sanoati 2 800 27. 19 700 Oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlari 3 500 Sanoatning boshqa tarmoqlari 28. 19 300 Tibbiyot sanoati 3 500 29. 19 400 Poligrafiya sanoati 9 900 30. 19 740 Kiyimlarni va gazlamalardan tayyorlangan buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash, yuvish va matolarni qayta ishlash 4 200 31. 19 900 Sanoatni xoʻjalik boshqaruvi 9 900 Qishloq xoʻjaligi 32. 21 100 Oʻsimlikshunoslik (shu jumladan issiqxona xoʻjaligi) 1 ga yer maydoni uchun 1 411 200 33. 21 200 Chorvachilik 1 700 34. 21 300 Baliqchilik (shu jumladan baliq yetishtirish) 1 ga yer maydoni uchun 1 411 200 35. 22 200 Veterinariya xizmatlari 3 500 36. 22 300 Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar 3 500 37. 30 000 Oʻrmon xoʻjaligi (shu jumladan bogʻlar) 1 ga yer maydoni uchun 1 411 200 Transport va aloqa 38. 51 111 Yer ustida harakatlanuvchi umumfoydalanishdagi temir yoʻl transporti 3 500 39. 51 121 Transport infratuzilmalari (avtopark, taksipark, avtomobil toʻxtash joylari, garaj, avtomobillarni yuvish joylari) 3 500 40. 51 121 Transport infratuzilmalari (jarima maydonlari) 9 00 41. 51 520 Aholi buyurtmasiga asosan yuk tashish va boshqa transport-ekspeditsiya xizmatlari 6 400 42. 52 100 Pochta aloqa tarmoqlari 3 500 43. 52 200 Kuryerlik aloqa tarmoqlari 7 000 44. 52 300 Elektr tarmoq aloqasi 7 000 45. 52 300 Elektr, radio, uyali aloqa va peydjer aloqa xizmatlari (inshootlarni hisobga olgan holda hudud doirasida) 29 600 Qurilish 46. 60 000 Qurilish 3 500 47. 66 000 Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari 3 500 Savdo va umumiy ovqatlanish 48. 71 100 Ulgurji savdo 9 900 49. 71 130 Mahsulotlarni (xizmatlarni) qismlab savdo faoliyatini amalga oshiruvchi ulgurji savdo bozorlaridagi savdo doʻkonlari 25 400 50. 71 200 Chak�na savdo 9 900 51. 71 300 Umumiy ovqatlanish shoxobchalari* 9 900 52. 71 200 Kitob doʻkonlari* 1 400 53. 71 400 Madaniy-maishiy maqsadlardagi hamda xoʻjalik buyumlarini prokatga berish joylari 9 860 54. 71 500 Xalq xoʻjaligi savdo-xarid mahsulotlari dallollik xizmatlari 15 500 55. 80 000 Moddiy texnika taʼminoti va yetkazib berish 9 900 56. 82 000 Maʼlumot-hisoblash xizmatlari 9 900 57. 82 100 Internet va kompyuter tarmoqlari orqali xizmatlar koʻrsatish 9 900 58. 83 000 Koʻchmas mulklar bilan muomala qilish 9 900 59. 84 300 Reklama, koʻrgazmalar xizmatlari 9 900 60. 84 400 Auditorlik faoliyati 9 900 61. 84 500 Marketing tadqiqotlari, tijorat, moliya va boshqaruv faoliyatlari boʻyicha maslahatxonalar 9 900 62. 85 000 Geologiya va tabiiy boyliklarni qidirish, geodeziya va gidrometeorologiya xizmatlari 17 600 63. 87 100 Tahririyat va nashriyotlar 5 600 64. 87 300 Metallolom va ikkilamchi qogʻoz (latta) mahsulotlarini toʻplash joylari 5 600 65. 90 100 Turar joy-kommunal xoʻjaliklari (shirkat obyektlari) 5 600 66. 90 220 Mehmonxona xizmatlari 11 300 67. 90 300 Maishiy xizmatning noishlab chiqarish turlari 5 600 68. 90 300 Sartaroshxona, fotosalon, modalar atelyesi, poyabzallarni taʼmirlash ustaxonasi 8 500 69. 90 300 Lombard 12 700 70. 90 300 Hammom 17 000 71. Sauna va basseynlar 33 900 Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot 72. 91 510 Sogʻliqni saqlash 7 000 73. 91 600 Sayyohlik va dam olishni tashkil etish* 7 000 74. 91 611 Madaniy koʻngilochar markazlar (bilyard, oʻyin avtomatlari, diskoteka va boshqalar) 11 300 75. 91 700 Jismoniy tarbiya va sport* 3 500 76. 71 212 Dorixonalar**, optika, tibbiyot anjomlari va jihozlar savdo doʻkonlari 5 600 Maorif 77. 92 100 Oliy va oʻrta-maxsus taʼlimi maʼlumotli kadrlarni tayyorlash (oʻquv kurslari bilan) 5 600 78. 92 200 Ishchilar va xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish* 4 900 79. 92 310 Bolalar umumtaʼlim maktablari (nodavlat taʼlim muassasalari uchun)* 2 800 80. Oʻquv muassasalarida umumiy ovqatlanishni * 3 500 81. 92 400 Maktabgacha tarbiya muassasalari (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) 2 800 82. 93 000 Madaniyat va sanʼat* 9 900 83. 93 132 Koʻrgazmalar 8 500 84. 93145 Maktabdan tashqari tarbiya* 2 800 85. 93 160 Madaniyat va dam olish bogʻlari* 7 000 86. 93 170 Botanika bogʻlari va zooparklar* 7 000 87. 93 180 Televideniyalar va radioeshittirishlar redaksiyalari 7 000 88. 93 620 Kinostudiyalar, ovoz yozish studiyalari 11 300 89. 95 000 Fan va ilmiy xizmatlar koʻrsatish 4 200 Moliya-kredit faoliyati 90. 96 000 Moliya, kredit (sugʻurta va auditorlik faoliyatlaridan tashqari), pensiya taʼminoti 9 900 91. 96 100 Bank faoliyati 9 900 Boshqa turdagi faoliyatlar 92. 96 200 Sugʻurta idoralari 9 900 93. 97 800 Sud va yuridik xizmat muassasalari**** 8 500 94. 97 820 Advokatlar kollegiyasi va yuridik maslahatxonalar 8 500 95. 98 000 Jamoatchilik birlashmalari 2 800 96. 80 200 Omborxonalar 9 900 97. Davlat tashkilotlariga idora sifatida***** 4 200 98. Xususiy tashkilotlarga idora sifatida 15 500 99. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari 11 300 100. Yengil avtomashinalar va boshqa turdagi transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish (shu jumladan vulkanizatsiya) 11 300 101. Tuproq va tuproq qatlamlarini oʻrganish laboratoriyalari 7 000 102. Turli xizmat turlari toʻlovlari (paynet) 28 300 103. Madaniy meros obyektlar bino va inshootlarida joylashgan savdo doʻkonlari 15 500 104. Madaniy meros obyektlari bino va inshootlarida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari* 13 500 105. Avia kassalar (shu jumladan temir yoʻl, avtotransport va boshqalar) 15 500 106. Bankomatlar 141 300 107. Non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarish 9 900
* Uzoq qishloq va togʻli hududlardagi davlat koʻchmas mulklaridan foydalanishda ijara toʻlovlari miqdorlari 25 foizga kamaytiriladi. Uzoq qishloqlar va togʻli hududlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan xolda viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2009-yilgi № 07/10-41-sonli yigʻilish bayonining 11-bandiga muvofiq mulk shaklidan qatʼi nazar, qishloq vrachlik punktlarida tashkil etiladigan dorixonalarga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2012-yilgi № 02/1-74-sonli koʻrsatmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi savdo boshqarmalari yopiq harbiy shaharchalardagi harbiy qism va muassasalaridagi davlatga tegishli boʻlgan koʻchmas mulklarni ijaraga olgan holatlarda ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi.
**** Davlatga tegishli boʻlmagan yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun.
***** Budjetdan moliyalashtirilmaydigan davlat tashkilotlari uchun.
