78 -q-son 03.03.2016. Viloyatdagi bozorlarda bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorini belgilash toʻgʻrisida
Andijon viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326 sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 24-dekabrdagi “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi № MM/15-02-32-21/20 va № 26/1-1048-sonli qoʻshma qarori talablari asosida viloyat bozorlarida joriy yil uchun bir martalik joy haqi, ijara va boshqa pullik xizmatlar uchun toʻlovlarning minimal miqdorlarini joriy etish hamda Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Qonunning 6-25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Viloyat moliya boshqarmasi (№ 05-0180; 25.01.16 y.), Davlat soliq boshqarmasi (№ 01-632; 25.01.16 y.) va “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasining (№ 1/1-36; 21.01.16 y.) “Viloyat bozorlarida bir martalik joy haqi va pullik xizmatlar koʻrsatish badallariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi takliflari maʼqullansin.
2. Viloyat bozorlarida yer maydonlari, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk va jihozlarning ijarasi, pullik xizmat toʻlovlari hamda bir martalik joy haqi miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
3. Viloyat moliya boshqarmasi (M. Sidiqov) viloyat Davlat soliq boshqarmasi (T. Qutiboyev) va “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasi (X. Mamarasulov) bilan birgalikda:
yangi joriy etilayotgan joy haqi va koʻrsatilgan pullik xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorlaridan kelib chiqqan holda bozorlarga oylik va choraklik tushum rejalarini belgilab, ularning bajarilishini hamda 50 foizini mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini qatʼiy nazorat qilish;
bozorlar va savdo komplekslari tomonidan joy haqi va majburiy xizmatlar toʻlovlarini toʻliq undirilayotganligi ustidan har oyda monitoring kuzatuvi olib borish hamda natijalari yuzasidan viloyat hokimiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Viloyat teleradiokompaniyasi (I. Zufarov)ga hamda “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari muharririyati (A. Abdullayev)ga viloyat bozorlari va savdo komplekslarida bir martalik joy haqi va pullik xizmat toʻlovlarini yangi joriy etilayotgan miqdorlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
5. “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasi (X. Mamarasulov)ga barcha turdagi bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari bilan birgalikda yangi tasdiqlangan “Viloyatdagi bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlari toʻgʻrisida”gi maʼlumotlarni bozorlar va savdo komplekslarining barcha kirish joylariga ilib qoʻyish vazifasi topshirilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2015-yil 28-fevraldagi “Viloyatdagi bozorlarda bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi 55-Q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror loyihasi viloyat hokimligining Veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiritilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Egamberdiyev va viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari B. Yuldashev zimmalariga yuklatilsin.
Hokim Sh. ABDURAXMONOV
Andijon sh.,
2016-yil 3-mart,
78-q-son
Andijon viloyat hokimining 2016-yil 3-martdagi 78-q-sonli qaroriga ILOVA
Viloyatdagi bozorlarda bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorini belgilash toʻgʻrisida
Sh. Sheraliyev — viloyat hokimligining umumiy boʻlimiga — 2 nusxa A. Egamberdiyev — viloyat hokimligining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari boʻyicha kotibiyatiga — 1 nusxa Sh. Nishanov — viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhiga — 1 nusxa B. Yuldashev — viloyat adliya boshqarmasi — 1 nusxa M. Mamadaliyev — viloyat moliya boshqarmasiga — 1 nusxa A. Abdullayev — viloyat soliq boshqarmasiga — 1 nusxa B. Muxtorov — “Andijon viloyat bozorlari va savdo komplekslari” uyushmasiga — 1 nusxa B. Ibrohimjonov — Viloyat teleradiokompaniyasiga — 1 nusxa — “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari muharririyatiga — 1 nusxa — shaharlar va tumanlar hokimliklariga — 16 nusxa — Jami 26 nusxa
