Viloyatda suv hisoblash priborlari mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar uchun suv isteʼmoli meʼyorlarini belgilash haqida (X-262/05-son)
31.05.2016
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 368-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 306-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 44-son, 560-modda), qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son va 2015-yil 30-oktabrdagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 306-son qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yetarli darajada tashkillashtirilmaganligi qayd etilsin.
2. Viloyatda suv hisoblash priborlari mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar uchun suv isteʼmoli meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati (Avazov), viloyat “Suvoqova” DUK (Murodov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:
suv hisoblash priborlari mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar uchun suv isteʼmoli meʼyorlarini barcha shahar va tumanlar “Suvoqova” filiallariga yetkazilishini;
shahar va tumanlar “Suvoqova” filiallarida suv hisoblash priborlari mavjud boʻlmagan isteʼmolchilarga ushbu suv isteʼmoli meʼyorlari boʻyicha hisob-kitoblar yuritilishini;
shahar va tumanlar “Suvoqova” filiallarida 2016-yil 1-iyungacha isteʼmolchilar (abonentlar)ni toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini yakunlashni;
shahar va tumanlar “Suvoqova” filiallarida hisob-kitoblar tizimini avtomatlashtirish maqsadida xatlov natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarni toʻliq kiritgan holda 2016-yil 20-iyungacha “Billing” tizimi joriy etilishini taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari T. Roʻziyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Z. RUZIYEV
Qarshi sh.,
2016-yil 31-may,
X-262/05-son
Viloyat hokimining 2016-yil 31-maydagi X-262/05-sonli qaroriga ILOVA
Viloyatda suv hisoblash priborlari mavjud boʻlmagan isteʼmolchilar uchun suv isteʼmoli
meʼyorlari
T/r Xizmatlar nomi Ichimlik suv Oqova suv tarif 220 soʻm tarif 200 soʻm VM 194-sonli qaroriga asosan 1,5 koeffitsiyent 1 kishi uchun oylik oʻrtacha tarif litr litr Ichimlik suv oqova suv OQOVA SUV XIZMATISIZ 1. IChIMLIK SUVDAN UMUMIY KOʻChA JUMRAGIDAN FOYDALANUVChILAR UChUN LITR/1 KUNDA 100 0 669,17 0,00 1003,75 1003,75 2. IChIMLIK SUVDAN KOʻChA JUMRAGIDAN FOYDALANUVChILAR UChUN LITR/1 KUNDA 150 0 1003,75 0,00 1505,63 1505,63 3. IChIMLIK SUV TARMOGʻIGA ULANGAN XAMMOM VA DUShDAN FOYDALANUVChILAR UChUN LITR/1 KUNDA 225 0 1505,63 0,00 2258,44 2258,44 KOʻP QAVATLI UYLAR UChUN LITR/1 KUNDA 100 0 669,17 0,00 1003,75 1003,75 OQOVA SUV BILAN 4. IChIMLIK SUVDAN UMUMIY KOʻChA JUMRAGIDAN FOYDALANUVChILAR UChUN LITR/1 KUNDA 100 45 669,17 273,75 1003,75 1277,50 5. IChIMLIK SUVDAN KOʻChA JUMRAGIDAN FOYDALANUVChILAR UChUN LITR/1 KUNDA 150 125 1003,75 760,42 1505,63 2266,04 6. IChIMLIK SUV TARMOGʻIGA ULANGAN XAMMOM VA DUShDAN FOYDALANUVChILAR UChUN LITR/1 KUNDA 225 225 1505,63 1368,75 2258,44 3627,19 7. KOʻP QAVATLI UYLAR UChUN LITR/1 KUNDA 270 270 1806,75 1642,50 2710,13 4352,63 XIZMATLAR 1. YIRIK ShOXLI QORA MOLLAR UChUN LITR/1 KUNDA 85 568,79 853,19 853,19 2. MAYDA ShOXLI MOLLAR UChUN LITR/1 KUNDA 25 167,29 250,94 250,94 3. OTLAR UChUN LITR/1 KUNDA 85 568,79 853,19 853,19 4. ChOʻChQALAR UChUN LITR/1 KUNDA 65 434,96 652,44 652,44 5. AVTOMAShINALARNI YuVISh UChUN 4 MARTA/OYDA 400 2676,67 4015,00 4015,00 6. EKIN MAYDONLARNI SUGʻORISh UChUN 1-M2//OYDA 250 1672,92 2509,38 2509,38 7. YOʻLAKLARNI YuVISh UChUN 1-M2//OYDA 110 736,08 1104,13 1104,13
