2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (35-son)
29.01.2016
Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 2015-yil 16-noyabrdagi 286-III-sonli, Oliy Majlis Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi SQ-63-III-sonli, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2015-yil 28-dekabrdagi 42/5-6-sonli qarorlarining ijrosini taʼminlash, 2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish, aholining bandligi, turmush darajasi va daromadlari oʻsishini taʼminlash, mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talabni oshirish boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida iqtisodiyot, Arxitektura va qurilish, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi, viloyat fermyerlar Kengashi, Davlat soliq boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi tijorat banklari bilan birgalikda hamda shahar va tumanlar hokimliklarining takliflarini inobatga olib qaror qilaman:
1. 2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksiga asosan shahar va tumanlar hokimliklarining hamda Iqtisodiyot, arxitektura va qurilish, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, Xususiylashtirish, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi, qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi, Viloyat Fermyerlar Kengashi, Davlat soliq boshqarmasi, markaziy bank bosh boshqarmasi tijorat banklari, Moliya boshqarmasi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi hamda “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
2016-yilda barcha yoʻnalishlarda 67 000 ta, jumladan, maqsadli dasturlarga asosan tashkil etiladigan 25 717 ta, bundan tashqari, boshqa dasturlarga muvofiq 41 283 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha yigʻma manzilli dasturi 1 — 12-ilovalarga* muvofiq;
1 — 12 ilovalar berilmaydi.
mehnat bozoridagi vaziyatdan kelib chiqib ishsiz fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari, jumladan, ishga joylashtirish, ishsizlarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, kasb tayyorgarligiga yuborish, “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarka”larini oʻtkazish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish prognoz koʻrsatkichlari 13-ilovaga* muvofiq;
13-ilova berilmaydi.
2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlarining amalga oshirilishini tashkil qilish boʻyicha viloyat ishchi komissiyasi tarkibi 14-ilovaga muvofiq;
2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhi tarkibi 15-ilovaga muvofiq;
korxona, tashkilotlar va fermer xoʻjaliklari tomonidan bandlik dasturlariga muvofiq yaratilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisida taqdim etiladigan tezkor maʼlumot shakllari 16-17-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
16-17-ilovalar berilmaydi.
2. Ish oʻrinlari tashkil etilishini hisobga olish va monitoring qilish hamda buning samaradorligi va barqarorligi:
investitsiya dasturlarining, sanoatni, xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlarining parametrlaridan kelib chiqib, maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlar boʻyicha — viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi (S. Xoliqov) tomonidan viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi (A. Oripov), tuman (shahar) hokimliklari va yirik korxonalar bilan hamkorlikda;
qurilish sanoatini, muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari boʻyicha — viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (K. Eshmatov), viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring” kompaniyasi (B. Eshniyozov) tomonidan tegishli boshqarmalar, tuman (shahar) hokimliklari va yirik korxonalar bilan hamkorlikda;
moliyaviy jihatdan nochor korxonalarni xususiylashtirish va sogʻlomlashtirish dasturlari boʻyicha — viloyat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (B. Roʻziyev) tomonidan tuman (shahar) hokimliklari bilan hamkorlikda;
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha — viloyat Davlat soliq boshqarmasi (Sh. Raximov) tomonidan;
tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalari boʻyicha — viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi (H. Xolboyev) tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda, tuman (shahar) hokimliklari bilan hamkorlikda;
dehqon va fermer xoʻjaliklarida mahsulotni ishlab chiqarish dasturlari boʻyicha — viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi (B. Djabborov) va viloyat fermyerlar Kengashi (A. Nuriddinov) tomonidan;
kasanachilik, hunarmandchilikni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari boʻyicha — viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi (A. Raxmatov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlim (H. Bobomurodov) tomonidan taʼminlanishi belgilab qoʻyilsin.
3. Umumiy muvofiqlashtirish va dastur bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi (A. Xoʻjaqulov) zimmasiga yuklatilsin.
4. Viloyat Statistika boshqarmasi (B. Ochildiyev) korxona tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan statistik hisobotlardagi yangi ish oʻrinlari qismi boʻyicha monitoring yuritish topshirilsin.
5. Viloyat Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (B. Abdushukurov) 2015-2016 oʻquv yil kollej bitiruvchilarining bandligi va tashkil etilgan ish oʻrinlari qismi boʻyicha monitoring yuritish topshirilsin.
6. Termiz shahar va tumanlar hokimliklariga:
2016-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining belgilangan koʻrsatkichlarining samarali bajarilishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirishga, uy mehnati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish;
tashkil etilayotgan ish oʻrinlarining saqlanib qolinishi va barqaror amal qilishini, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilari egallagan mutaxassisliklariga muvofiq, ayollar, nogironlar hamda aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan boshqa toifalarni ishga joylashtirilishini taʼminlash;
ikki kun muddatda ushbu qarordan kelib chiqqan holda 2016-yilda barcha yoʻnalishlarda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining manzilli roʻyxatlarini oʻzlarining qarorlari bilan tasdiqlasinlar va viloyat hokimligiga taqdim etish;
har chorak yakuni boʻyicha xalq deputatlari shahar va tuman kengashlari bilan birgalikda 2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi, manzilli roʻyxatlarga kiritilgan obyektlarning ishga tushirilishi va belgilangan ish joylarining tashkil etilishini muhokama qilib borish;
har oyda kamida ikki marta shahar va tuman Ishchi guruhlari bilan birgalikda 2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi, manzilli roʻyxatlarga kiritilgan obyektlarning ishga tushirilishidagi muammolarni hal etish maqsadida ish joylarining tashkil etilishini muhokama qilib borish yuklatilsin.
7. Viloyat Markaziy banki bosh boshqarmasiga (H. Xolboyev):
tijorat banklari bilan birgalikda asosan mehnat bozorida vaziyat keskin boʻlgan olis qishloq tumanlarida ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga kredit resurslari koʻpaytirilishini taʼminlash;
tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish uchun moʻljallangan kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini joylarga chiqqan holda hokimliklar, tijorat banklari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, aniq tizimli chora-tadbirlarni belgilash topshirilsin.
8. Belgilansinki:
Iqtisodiyot bosh boshqarmasi (S. Xoliqov), viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (B. Roʻziyev), viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmasi (K. Eshmatov), viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi (A. Raxmatov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlim (H. Bobomurodov), viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi (B. Djabborov) va viloyat Fermyerlar Kengashi (A. Nuriddinov), viloyat davlat soliq boshqarmasi (Sh. Raximov), Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (X. Xolboyev) oʻz dasturlari boʻyicha qarorning 17-18-ilovalariga* muvofiq korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridan yangi ish oʻrinlari boʻyicha olingan maʼlumotlarni umumlashtirib, natijalarini 18-ilova* boʻyicha har oyning 27 sanasigacha, shuningdek, oʻz dasturlariga asosan tashkil etilgan ish oʻrinlarining mazkur qarorning 19-ilovasiga* keltirilgan shaklga muvofiq doimiy monitoring yuritishni taʼminlab, natijasi boʻyicha shahar va tumanlar hamda korxonalar kesimida umumlashma axborotni 20-ilovaga* muvofiq viloyat ishchi komissiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga keyingi oyning 5-sanasigacha taqdim etib borsin;
17 — 20-ilovalar berilmaydi.
viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasi 2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, shahar, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda investitsiya dasturlari, 2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi, 2012 — 2016-yillarda viloyatda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi parametrlaridan kelib chiqib, ish oʻrinlari tashkil etilishining monitoringini taʼminlasin.
9. Viloyatning boshqarma, tashkilot, korxona va muassasalari hamda shahar va tumanlar hokimliklari 2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni har oyning 1-sanasiga qadar viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga taqdim etib borsin.
10. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va boshqa manfaatdor boshqarmalar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, shahar, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari bitiruvchi kurslarining oʻquvchilarini aniq korxonalarga biriktirish boʻyicha kompleks choralarni roʻyobga chiqarsin, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va ishga joylashishga koʻmaklashish toʻgʻrisida korxonalar (ish beruvchilar), kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va tuman (shahar) hokimlari oʻrtasida tuziladigan toʻrt tomonlama shartnomalarning samaradorligini hamda ularning shartlariga amalda rioya etilishini kuchaytirsin.
11. Viloyat teleradiokompaniyasi, viloyat Matbuot va axborot hududiy boshqarmasi aloqador tashkilotlar bilan birgalikda 2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.
13. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Hokim T. MAMARAIMOV
Termiz sh.,
2016-yil 29-yanvar,
35-son
Viloyat hokimining 2016-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga 14-ILOVA
2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi koʻrsatkichlarining amalga oshirilishini tashkil qilish boʻyicha viloyat ishchi komissiyasi
TARKIBI
1. T. Mamaraimov — Viloyat hokimi, ishchi komissiyasi raisi 2. A. Abdikadirov — Viloyat hokimi oʻrinbosari, ishchi komissiyasi raisi oʻrinbosari 3. Z. Davlatov — Viloyat hokimi oʻrinbosari, ishchi komissiyasi raisi oʻrinbosari 4. M. Qobulova — Viloyat hokimi oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, ishchi komissiyasi raisining oʻrinbosari Aʼzolari: 5. A. Ibragimov — Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari 6. S. Xoliqov — Viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi 7. A. Xoʻjaqulov — Viloyat hokimligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi, ishchi komissiyasi masʼul kotibi 8. Sh. Raximov — Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi 9. B. Jabborov — Viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi 10. A. Nuriddinov — Viloyat Fermyerlar uyushmasi kengashi raisi 11. B. Roʻziyev — Viloyat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi 12. B. Ochildiyev — Viloyat Statistika boshqarmasi boshligʻi 13. A. Oripov — Viloyat Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshligʻi 14. A. Ahmedov — Viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi 15. B. Abdushukurov — Viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi 16. X. Xolboyev — Viloyat Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi 17. T. Bobolov — Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi 18. K. Eshmatov — Viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmasi boshligʻi 19. B. Eshniyozov — Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring” kompaniyasi direktori 20. H. Bobomurodav — “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlim boshqaruvi 21. A. Raxmatov — Viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi rahbari 22. Sh. Sattorov — Viloyat “Kamolot” YIH viloyat Kengashi raisi v.b. 23. Lavozimiga koʻra — Shahar va tumanlar hokimlari
Viloyat hokimining 2016-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga 15-ILOVA
2016-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruhi
TARKIBI
1. Z. Toʻlaganov — Viloyat hokimligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri, ishchi guruh rahbari 2. U. Ermoʻminov — Viloyat hokimligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 3. Sh. Abdullayev — Viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 4. O. Esanov — Viloyat Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi Kredit boʻlimi boshligʻi 5. Y. Nomozov — Viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi 6. E. Xolmirzayev — Viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 7. L. Safarova — “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi boʻlim boshligʻi 8. X. Normatov — Viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi rahbari oʻrinbosari 9. M. Rahmonov — Viloyat Statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 10. O. Toshpoʻlatov — Viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 11. I. Abduqayumov — Viloyat Fermyerlar uyushmasi kengashi rais oʻrinbosari
