118 -q-son 14.04.2016. Xorazm viloyati hokimining 2016-yil 13-fevraldagi “Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi 38q-sonli Qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Xorazm viloyati hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda;) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 381-son, 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda;), 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) va 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 368-modda) qarorlariga asosan Urganch shahar hududida tozalikni amalga oshirish, shuningdek “Urganch maxsus sanitar trans” ishlab chiqarish davlat korxonasining qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilar saqlash poligonlariga yuridik va jismoniy shaxslarning shaxsiy transport vositalari orqali qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni tashish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdorlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. Xorazm viloyati hokimining 2016-yil 13-fevraldagi “Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi 38q-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror viloyat hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
3. Viloyat hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” unitar korxonasiga (S. Sodiqov) mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlash topshirilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Roʻzmetov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. BOBOJONOV
Urganch sh.,
2016-yil 14-aprel,
118-k-son
Xorazm viloyat hokimining 2016-yil 14-apreldagi 118-k-sonli qaroriga ILOVA
Xorazm viloyati hokimining 2016-yil 13-fevraldagi “Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi 38q-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartirish
1. Xorazm viloyati hokimining 2016-yil 13-fevraldagi “Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi 38q-sonli qarorining 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
Xorazm viloyat hokimining 2016-yil 13-fevraldagi 38q-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Urganch maxsus sanitar trans” ishlab chiqarish davlat korxonasining Urganch shahri hududidagi qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni hamda tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining tumanlar hududidagi qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish va qabul qilish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdorlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Shahar va tumanlar nomi Aholi uchun tarif (1 kishi uchun 1 oyga) Yuridik tashkilotlar uchun tarif(1 oyga 1m3 uchun) Oʻz texnikasi bilan chiqindixonaga (poligon) joylashtirish uchun ( 1 oyga 1 m3 uchun) Urganch shahri 1800 28200 5078 Bogʻot tumani 1300 21500 Gurlan tumani 1300 21500 Qoʻshkoʻpir tumani 1300 21500 Urganch tumani 1200 21500 Xazorasp tumani 1200 21500 Xonqa tumani 1200 21500 Xiva tumani 1200 21500 Shovot tumani 1300 21500 Yangiariq tumani 1300 21500 Yangibozor tumani 1300 21500
