Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (628-son)
04.10.2016
Toshkent viloyati Angren shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun shaharda 2017-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1.Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 29745 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun — 38 (3%)kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun — 128 kishi;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — 897 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 76 kishi;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 32 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — 99 kishi;
boshqalar uchun 44 kishi, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 17 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 12 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 8 kishi, odam savdosidan jabrlangan shaxslar 7 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2016-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi, 2017-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
5. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2016-yil 1-apreliga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilagan tartibda attestatsiya oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini shahar hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Shahar Bandlikka koʻmaklashish markazi (Z. Xodjimatov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
9. Angren shahar hokimining 2015-yil 14-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 673-son qarori 2016-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari N. Nazarova zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. RAXMANOV
Angren sh.,
2016-yil 4-oktabr,
628-son
Shahar hokimining 2016-yil 4-oktabrdagi 628-son qaroriga ILOVA
2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar
roʻyxati
№ Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Jami ishlovchilar soni Jami kvota boʻyicha Nogironlar Yolgʻiz ota-ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota onalar uchun Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun Harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar Pensiya yoshiga yaqinlashganlar Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar uchun Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlangan shaxslar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 1. OAJ Oʻzbekkoʻmir 194 12 1 2 3 1 1 2 1 1 2. Kapital qurilish boshqarmasi filiali 71 4 1 1 1 1 3. Angren Koʻmir koni filiali 1922 101 2 7 71 6 2 8 2 1 1 1 4. Yer osti ishlari filiali 302 17 2 8 1 1 3 1 1 5. Temir yoʻl transportini boshqarish filiali 1523 80 2 2 62 4 1 5 1 1 1 1 6. Belazkoʻmir filiali 1074 59 2 2 42 4 1 5 1 1 1 7. Togʻ-trans uskunalarini sozlash filiali 383 21 1 1 10 3 1 3 1 1 8. Koʻmirenergo filiali 218 13 1 1 6 1 3 1 9. Moddiy texnika taʼminot boshqarmasi filiali 66 4 1 1 2 10. Aloqakoʻmir filiali 85 5 1 1 1 1 1 11. Geologiyaqidiruv ekspeditsiyasi filiali 76 4 1 1 1 1 12. Ijtimoiy soxa boshqarmasi filiali 305 18 1 4 9 1 2 1 13. Koʻmir kon qurilish filiali 425 26 1 4 13 2 1 4 1 14. Appartak koʻmir koni filiali 433 26 2 4 11 2 1 4 1 1 15. AJ Yerostigaz 223 11 2 5 1 3 16. AJ Angren IES 1176 65 2 6 45 8 1 1 1 1 17. AJ Yangi Angren IES 2131 85 2 10 58 10 2 1 1 1 18. Yangi Angren IES qurilish 100 4 1 1 1 1 19. Elerem 46 2 1 1 20. Energoqozontozalash 220 13 1 2 5 2 1 1 1 21. Suvoqova 362 24 1 6 6 3 1 6 1 22. Nazarbekavtoyoʻl 136 5 1 1 1 1 1 23. “Angren Pask” 307 11 2 2 3 1 1 1 1 24. JBI-4 37 1 1 25. KMK-3 36 1 1 26. Angren BPIMOK 76 3 1 1 1 27. Angren ATP MCHJ 74 3 1 1 1 28. Angren shahargaz 146 9 2 1 3 1 1 1 29. Angren Kaolin MCHJ 148 5 1 1 1 1 1 30. Angren toshkon X/K 63 3 1 1 1 31. Ohangaron Oʻrmon xoʻjaligi 380 21 1 4 7 2 1 2 1 1 1 1 32. Ohangaron GES 48 2 1 1 33. Ohangaron gidrouzeli 47 2 1 1 34. MCHJ “Angren Line” K/K 455 23 1 6 12 1 3 35. Angren Logistika markazi 21 1 1 36. UK Tranzit yuk terminali 21 1 1 37. Angren Gruz servis MCHJ 289 12 1 9 2 38. UK Maxsusyuktrans 622 22 1 1 17 1 2 39. Dong-Sang KK 94 3 2 1 40. Tosh TOAJ Angren SHTEK 188 7 2 2 1 1 1 41. Ipoteka bank Angren filiali 95 4 4 42. Milliy bank Angren filiali 38 2 2 43. Sanoatqurilish bank Angren filiali 44 2 2 44. Xalq banki Angren filiali 34 1 1 45. Angren shahar xalq taʼlimi boʻlimi 24 1 1 46. Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi 102 4 1 3 47. 9-sonli Musiqa va sanat maktabi 35 1 1 48. 23-bolalar musiqa va sanat maktabi 39 2 1 1 49. MKT “Vatanparvar” Angren avtomobil maktabi 61 2 1 1 50. Avtomotohavaskor shoʻʼba korxonasi 24 1 1 51. Angren soliq inspeksiyasi 83 3 3 52. Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri 42 2 2 53. 73-maktab-internati 122 5 1 4 54. 34-maktab-internati 83 3 1 2 55. Angren sanoat va xizmat koʻrsatish KXK 86 3 3 56. Angren xizmat koʻrsatish KXK 78 3 3 57. Akademik litsey 63 3 3 58. Angren Axborot texnologiyalari va sanoat KXK 79 3 3 59. Angren Kimyo sanoati KXK 87 3 3 60. Angren Koʻmir sanoati KXK 144 6 1 4 1 61. Angren Transport va xizmat koʻrsatish KXK 108 4 4 62. Tibbiyot kolleji 102 4 4 63. Politexnika KXK 86 3 3 64. Pedagogika va xizmat koʻrsatish kolleji 110 4 4 65. Angren SES 227 12 1 2 7 1 1 66. Reabilitatsiya markazi 59 3 1 1 1 67. Angren pochta aloqa boʻlimi 104 4 4 68. Obodonlashtirish boshqarmasi 319 21 1 6 7 6 1 69. Angren KFB 48 2 2 70. Angren pokiza servis 25 1 1 71. Nurobod KFB 20 1 1 72. Angren Dehqon bozori 35 1 1 73. Angren Issiqlik energiyasi 327 17 4 8 1 4 74. Krasnogorsk Suvoqova 41 2 1 1 75. Krasnogorsk shahargaz 63 3 3 76. Angren shahar markaziy shifoxonasi 1114 45 1 4 26 4 2 5 1 1 1 77. Akkusherlik kompleksi 313 11 1 9 1 78. Bolalar shifoxonasi 252 10 2 8 79. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika 459 18 2 13 2 1 80. 1-oilaviy poliklinika 220 9 1 7 1 81. 2-oilaviy poliklinika 186 7 1 5 1 82. 3-oilaviy poliklinika 204 8 1 6 1 83. 4-oilaviy poliklinika 154 6 1 4 1 84. Toshkent viloyati narkologiya dispanseri 97 4 4 85. Ftiziariya va pulmonologiya shifoxonasi 371 15 4 10 1 86. Angren shahar Bolalar stomotologiyasi 57 2 1 1 87. OʻzDJTU huzuridagi akademik litsey 36 2 2 88. Krasnogorsk shifoxonasi 167 7 1 6 89. Angren telekommunikatsiyalar bogʻlanmasi 79 3 3 90. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat 96 3 3 91. Barkamol avlod bolalar markazi 36 2 1 1 92. Angren Elita keramik 116 8 1 3 1 1 2 93. Angren Quvur zavodi 195 7 7 94. Angren Kon boshqarmasi 2685 94 92 2 95. Angren Shaxtaqurilish boshqarmasi 323 10 10 96. “HILALE TEXTILES”MCHJ 200 8 1 7 97. “Redmount textile service” MCHJ 200 8 1 7 98. SPOOO “Uz-Shindong silicon” 222 9 1 2 1 1 4 99. Angren Qurilish materiallar kombinati DUK 63 3 2 1 100. Paper Pack MCHJ 30 1 1 101. 2-maktab 89 3 3 102. 3-maktab 44 2 2 103. 4-maktab 47 2 2 104. 5-maktab 86 3 3 105. 6-maktab 66 2 2 106. 7-maktab 76 3 3 107. 8-maktab 122 4 1 3 108. 9-maktab 30 1 1 109. 10-maktab 82 3 3 110. 11-maktab 31 1 1 111. 12-maktab 61 2 2 112. 13-maktab 81 3 3 113. 14-maktab 77 3 3 114. 15-maktab 69 2 2 115. 16-maktab 64 2 2 116. 17-maktab 100 4 1 3 117. 18-maktab 90 4 1 3 118. 19-maktab 49 2 2 119. 21-maktab 72 2 2 120. 22-maktab 56 2 2 121. 24-maktab 32 1 1 122. 25-maktab 81 3 3 123. 26-maktab 95 4 1 3 124. 27-maktab 41 1 1 125. 28-maktab 44 1 1 126. 29-maktab 64 3 3 127. 30-maktab 31 1 1 128. 32-maktab 35 1 1 129. 33-maktab 101 4 1 3 130. 34-maktab 76 2 2 131. 37-maktab 81 3 3 132. 38-maktab 60 2 2 133. 39-maktab 82 3 3 134. 41-maktab 68 2 2 135. 42-maktab 40 1 1 136. 43-maktab 86 3 3 137. 44-maktab 50 2 2 138. 45-maktab 65 2 2 139. 46-maktab 55 2 2 140. 1-MTM 45 2 2 141. 2-MTM 33 1 1 142. 4-MTM 24 1 1 143. 5-MTM 35 1 1 144. 6-MTM 31 1 1 145. 7-MTM 32 1 1 146. 8-MTM 51 2 2 147. 9-MTM 40 1 1 148. 11-MTM 57 2 2 149. 12-MTM 32 1 1 150. 13-MTM 26 1 1 151. 14-MTM 32 1 1 152. 15-MTM 36 1 1 153. 16-MTM 34 1 1 154. 17-MTM 30 1 1 155. 19-MTM 45 2 2 156. 20-MTM 34 1 1 157. 21-MTM 24 1 1 158. 22-MTM 59 2 2 159. 23-�TM 31 1 1 160. 24-MTM 31 1 1 161. 25-MTM 85 2 2 162. 26-MTM 36 1 1 163. 27-MTM 47 2 2 164. 29-MTM 31 1 1 165. 30-MTM 34 1 1 166. 31-MTM 52 2 2 167. 32-MTM 82 3 3 168. 33-MTM 35 1 1 169. 34-MTM 26 1 1 170. 35-MTM 36 1 1 171. 36-MTM 33 1 1 172. 37-MTM 75 2 2 173. 38-MTM 47 2 2 174. 40-MTM 57 2 2 175. 41-MTM 51 2 2 176. 42-MTM 38 1 1 177. 43-MTM 55 2 2 178. 44-MTM 65 2 2 179. 45-MTM 60 2 2 180. 46-MTM 24 1 1 Jami: 29745 1314 38 128 897 76 33 98 17 12 8 7
