Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (765-son)
05.10.2016
Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2017-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 304 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz — 8 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 5 foiz — 15 kishi,
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 64,4 foiz — 196 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 6,5 foiz — 20 kishi;
pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3,6 foiz — 11 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3,6 foiz — 11 kishi;
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 41 kishi 13,4 foiz;
Odam savdosidan jabrlanganlarni ish bilan taʼminlash 2 kishi 0,6 foiz miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2016-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2017-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2016-yil 1-apreliga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (A. Abduraimov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
8. Oqqoʻrgʻon tuman hokimining 2015-yil 13-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 560-son qarori 2016-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Karimdjanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. OLLABERGANOV
Oqqoʻrgʻon t.,
2016-yil 5-oktabr,
765-son
Tuman hokimining 2016-yil 5-oktabrdagi 765-sonli qaroriga ILOVA
Oqqoʻrgʻon tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar
roʻyxati
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Jami ishlovchilar soni Jami kvota boʻyicha Yolgʻiz ota-ona xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onlar uchun Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashganlar Harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar uchun Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlarni ish bilan taʼminlash 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 1. 1-maktab 51 2 1 1 2. 2-maktab 28 1 1 3. 3-maktab 65 3 1 1 1 4. 4-maktab 57 2 1 1 5. 5-maktab 37 2 6. 6-maktab 65 3 1 1 1 7. 7-maktab 25 1 1 8. 8-maktab 58 3 1 9. 9-maktab 67 2 1 1 10. 10-maktab 41 1 1 11. 11-maktab 60 2 1 1 12. 12-maktab 31 2 1 1 13. 13-maktab 45 2 14. 14-maktab 31 2 1 1 15. 15-maktab 32 1 1 16. 16-maktab 62 3 1 17. 17-maktab 57 2 1 1 18. 18-maktab 27 1 1 19. 19-maktab 43 2 20. 20-maktab 34 2 1 1 21. 21-maktab 32 1 1 22. 22-maktab 31 1 1 23. 23-maktab 76 4 1 1 24. 24-maktab 25 1 1 25. 25-maktab 39 2 1 1 26. 27-maktab 29 1 1 27. 28-maktab 25 1 1 28. 29-maktab 42 2 1 1 29. 30-maktab 40 2 1 1 30. 31-maktab 32 2 31. 32-maktab 36 ? 1 1 32. 33-maktab 29 1 1 33. 34-maktab 36 2 34. 35-maktab 36 2 35. 36-maktab 36 2 1 1 36. 37-maktab 22 1 1 37. 39-maktab 48 2 38. 39-maktab 44 2 39. 40-maktab 29 1 1 40. 41-maktab 32 1 1 41. 42-maktab 23 1 1 42. 43-maktab 45 2 43. 44-maktab 46 2 44. 45-maktab 22 1 1 45. 46-maktab 64 2 1 1 46. 47-maktab 26 1 1 47. 48-maktab 38 1 1 48. 49-maktab 50 2 1 1 49. 50-maktab 27 1 1 50. Agrobiznes va servis kasb-hunar kolleji 91 5 1 2 1 1 51. Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 106 6 3 1 I 1 52. Transport va servis kasb-hunar kolleji 115 7 5 2 53. Qurilish va kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 96 5 3 1 1 54. Ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 55 3 2 1 55. Qahramon QVP 31 2 1 1 56. X. Olimjon KVP 24 1 1 57. Olimkent QVP 36 2 1 1 58. Madaniyat QVP 32 2 2 59. A.Navoiy QVP 23 I 1 60. Qonka QVP 22 1 1 61. A Ikromov QVP 20 1 1 62. Guliston QVP 24 1 1 63. Oqqoʻrgʻon QVP 44 2 1 1 64. S. Segizboyev QVP 32 2 1 1 65. Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 41 1 1 66. Obodonlashtirish boʻlimi 154 8 1 3 1 1 I 1 67. Tibbiyot birlashmasi 557 31 2 19 1 1 1 1 5 1 68. Oqqoʻrgʻon KTMP 188 8 1 5 1 1 69. Xalq banki 35 2 2 70. Agro bank 30 2 2 71. Mikrokredit bank 30 2 2 72. Suvoqova DUK 34 2 1 1 73. Olimkent PTZ 405 23 2 15 3 2 1 74. Internat-78 156 8 1 2 1 1 3 75. DSENM 94 5 2 1 1 1 76. Pochta aloqa tarmogʻi 49 2 1 1 77. Oqqoʻrgʻon ATP 73 4 2 1 1 78. 25-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi 37 2 2 79. “YANGI CNINOZ TRANS” MChJ 31 1 1 80. “ROSS-GREEN-TEX” MChJ 37 1 1 81. “PISKENT KAPITAL TRANS” MChJ 49 1 1 82. “TOSNKENTPAXTATRANS” MChJ 35 1 1 83. Dehqon bozori 20 1 1 84. Best vijes MChJ 37 2 1 1 85. Alisher B 23 1 1 86. OOO “MAXIM GOLD TEX” 177 12 6 1 5 87. BABM 21 1 1 88. Oqqoʻrgʻon tuman gaz 124 6 2 2 2 89. Oqqoʻrgʻon tuman yoʻl xoʻjaligi boʻlimi 45 2 1 1 90. Oqqoʻrgʻon Tuman xalq taʼlim boʻlimi 27 I 1 91. Veterinariya boʻlimi 20 1 1 92. “ESE TEXTILE” 200 14 8 1 5 93. Elektr taʼminot korxonasi 101 5 3 1 1 94. 1 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Oxunboboyev 93 4 1 2 1 95. 2 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Tinchlik q 27 1 1 96. 5 DMTM Oqqoʻrgʻon sh U. Nosir q 31 2 2 7 97. 6 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Mustaqillik q 45 2 2 98. 7 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Olmazor q 47 3 2 1 99. 8 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Olmazor q 34 2 2 100. 9 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Doʻstlik q 30 2 2 101. 10 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Yoshlik k 36 2 2 102. 11 DMTM Toshtugan QFY 30 2 2 103. 16 DMTM Erkinlik QFI 30 2 2 104. 17 DMTM Olimkent QFI 48 3 2 1 105. 18 DMTM Oqqoʻrgʻon j/x 56 3 1 2 Jami 6064 304 15 196 8 11 20 11 0 41 0 2
