Turli tomoshalar, shoular va toʻy marosimlarida maʼnaviy axloqiy normalarga rioya etishda restoran, kafe va toʻyxonalar rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida (104-son)
17.04.2016
Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 354-son qarori ijrosini taʼminlash, milliy mentalityetimizga mos boʻlmagan, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan turli tomoshalar va shoular, toʻy marosimlarida maʼnaviy-axloqiy normalarga zid boʻlgan odatlarni oldini olish, litsenziya talablarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazishni tartibga solishda restoran, kafe va toʻyxonalar rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 354-son qarori va ushbu qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha 2015-yil 10-dekabrda tasdiqlangan 07/13-630-son nazorat rejasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat hududida joylashgan restoran, kafe va toʻyxonalar rahbarlari:
monitorlar orqali milliy mentalityetimizga mos kelmaydigan, maʼnaviyatimizga va yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan axloqsizlik va buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib etadigan xorijiy telekanallar, videokliplar, koʻrsatuvlar va boshqa videomahsulotlarni namoyish etmaslik;
tomosha, shou, musiqiy dasturlar tashkil etishda, toʻy marosimlarida konsert-tomosha huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlmagan xonanda, sozanda, ijodiy guruh, raqqosa, boshlovchi va soʻz ustalari tomonidan aholiga madaniy xizmat koʻrsatishga yoʻl qoʻymaslik;
toʻy va boshqa oilaviy marosimlarni oʻtkazishda musiqalar, qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari va turli videoroliklar orqali din va diniy oqimlarni targʻib etmaslik borasida masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
3. Viloyat hokimining Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish departamenti (S. Xudoyberdiyev), Maʼnaviyat targʻibot markazining viloyat boʻlimi (J. Tangirqulov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi (Oʻ. Toshboyev), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi (Sh. Sattarov), “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi viloyat boʻlimi (Sh. Karimov) Termiz shahar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda:
uch kun muddatda Termiz shahar va tumanlar hokimliklari qoshida 1-ilovada qayd etilgan namuna boʻyicha restoran, kafe va toʻyxonalarda maʼnaviy-axloqiy normalarga zid boʻlgan odatlarni va litsenziyaga ega boʻlmagan sanʼatkorlarning aholiga madaniy xizmat koʻrsatish holatlarini oldini olish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi monitoring guruhlarini shakllantirish;
viloyatdagi restoran, kafe va toʻyxonalarda monitorlar orqali milliy mentalityetimizga mos kelmaydigan maʼnaviyatimizga va yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xorijiy koʻrsatuvlar va boshqa video-mahsulotlarni namoyish etish, konsert tomosha huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlmagan sanʼatkorlarning aholiga madaniy xizmat koʻrsatish holatlarini oldini olish boʻyicha doimiy monitoring yuritish;
restoran, kafe va toʻyxonalarda yuqorida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda restoran, kafe va toʻyxona rahbarlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora koʻrish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga takliflar kiritib borsin.
4. Viloyatda restoran, kafe va toʻyxonalarda maʼnaviy-axloqiy normalarga zid boʻlgan odatlarni va litsenziyaga ega boʻlmagan sanʼatkorlarning aholiga madaniy xizmat koʻrsatish holatlarini oldini olish boʻyicha Termiz shahar va tumanlarda tuzilgan doimiy faoliyat yurituvchi monitoring guruhlarini muvofiqlashtirib boruvchi viloyat shtabi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Viloyat shtabi (Z. Davlatov, Oʻ. Qobilov, M. Qobulova):
Termiz shahar va tumanlarda tuzilgan doimiy faoliyat yurituvchi monitoring guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirib borsin, yuzaga kelgan muammolarni hal etsin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni viloyat hokimiga taqdim etib borsin.
5. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (J. Atayev) viloyat davlat soliq boshqarmasi (Sh. Raximov) mazkur qarorning 2-bandi talablarini buzgan restoran, kafe va toʻyxona rahbarlariga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin.
6. Viloyat matbuot va axborot hududiy boshqarmasi (Oʻ. Oltiboyev), viloyat teleradiokompaniyasi (Z. Toʻrayev)ga ushbu qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.
7. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (J. Atayev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (Sh. Rahimov), Maʼnaviyat targʻibot markazining viloyat boʻlimi (J. Tangirqulov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi (Oʻ. Toshboyev) “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi (Sh. Karimov) Termiz shahar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda mazkur qaror talablari asosida ishlarni tashkil etsinlar va ijrosini doimiy nazoratga olsinlar.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosarlari Z. Davlatov, Oʻ. Qobilov va M. Qobulova zimmalariga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Hokim T. MAMARAIMOV
Termiz sh.,
2016-yil 17-aprel,
104-son
Viloyat hokimining 2016-yil 17-apreldagi 104-sonli qaroriga 1-ILOVA
Termiz shahar va tumanlar hokimliklari qoshida qayd etilgan namuna boʻyicha hokimlar raisligida restoran, kafe va toʻyxonalarda maʼnaviy-axloqiy normalarga zid boʻlgan odatlarni va litsenziyaga ega boʻlmagan sanʼatkorlarning aholiga madaniy xizmat koʻrsatish holatlarini oldini olish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi monitoring guruhlari
TARKIBI
1. — Termiz shahar va tumanlar hokimlari, monitoring guruhlari rahbarlari 2. — Termiz shahar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari — Termiz shahar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raislari 3. — Termiz shahar va tumanlar soliq inspeksiyalari rahbarlari 4. — Termiz shahar va tumanlar Ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari 5. — Termiz shahar va tumanlar Maʼnaviyat targʻibot markazi boʻlimlari rahbarlari 6. — “Mahalla” xayriya jamoat fondining Termiz shahar va tumanlar boʻlinmalari raislari 7. — “Kamolot” YIH Termiz shahar va tumanlar Kengashlari raislari 8. — Ommaviy axborot vositalari rahbarlari 9. — Termiz shahar va tumanlar Madaniyat va sport ishlari boʻlimlari boshliqlari, monitoring guruhlari kotiblari
Viloyat hokimining 2016-yil 17-apreldagi 104-sonli qaroriga 2-ILOVA
Viloyatda restoran, kafe va toʻyxonalarda maʼnaviy-axloqiy normalarga zid boʻlgan odatlarni va litsenziyaga ega boʻlmagan sanʼatkorlarning aholiga madaniy xizmat koʻrsatish holatlarini oldini olish boʻyicha Termiz shahar va tumanlarda tuzilgan doimiy faoliyat yurituvchi monitoring guruhlarini muvofiqlashtirib boruvchi viloyat shtabi
TARKIBI
1. Sh. Misirov — Viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi, viloyat shtabi rahbari 2. Z. Toʻlaganov — Viloyat hokimligi kotibiyati mudiri, viloyat shtabi rahbari oʻrinbosari 3. S. Xudoyberdiyev — Viloyat hokimligi Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish departamenti boshligʻi 4. Sh. Raximov — Viloyat Davlat Soliq boshqarmasi boshligʻi 5. M. Xamdamov — Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi 6. D. Choriyev — Viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi 7. J. Tangriqulov — Maʼnaviyat targʻibot markazi viloyat boʻlimi rahbari 8. Oʻ. Toshboyev — “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi 9. Sh. Sattarov — “Kamolot” YIH viloyat Kengashi raisi 10. Oʻ. Oltiboyev — Viloyat Matbuot va axborot hududiy boshqarmasi boshligʻi 11. Z. Toʻrayev — Viloyat teleradiokompaniyasi raisi v/b 12. Sh. Karimov — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi viloyat boʻlimi direktori, viloyat shtabi kotibi
