Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (689-son)
10.10.2016
Toshkent viloyati Piskent tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2017-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 220 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz — 6 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 6 foiz — 13 kishi;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 67 foiz — 145 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 3 foiz — 6 kishi;
Piskent tumani Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1,5 foiz — 3 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 6 foiz — 13 kishi;
safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun 1 foiz — 3 kishi;
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 9 foiz — 25 kishi;
“odam savdosi” jabrdiydalari uchun 3 foiz — 6 kishi;
2. 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2016-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2017-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2017-yil 1-apreliga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin. Bajarmagan tashkilotga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinishi hamda qarorni bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilinmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (M. Mirsoatova) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
8. Piskent tuman hokimining 2015-yil 24-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi 590-sonli qarori 2016-yilning 31-dekabridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Inomjonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. ISABOYEV
Piskent t.,
2016-yil 10-oktabr,
689-son
Tuman hokimining 2016-yil 10-oktabrdagi 689-sonli qaroriga ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar
roʻyxati
T/r Topshiriq belgilangan korxonalar nomi Ularda ishlovchilar soni Band qilingan ish oʻrinlari 14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan shaxslar Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar “Odam savdosi” jabrdiydalari jami shu jumladan nogironlar uchun Tuman boʻyicha jami 3150 220 6 13 145 6 6 3 13 3 25 6 1. “Ohangaron-Dalvarzin” ITB 383 17 1 9 2 2 3 2. Paxta tozalash zavodi OAJ 318 18 1 6 2 1 1 5 1 2 3. Piskent TYXPTFK 98 12 1 4 1 1 4 2 4. Obodonlashtirish boshqarmasi 155 7 2 1 2 1 1 5. Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi 748 33 1 2 21 1 1 1 7 6. Koʻp ta?moqli markaziy poliklinika 276 14 1 1 8 1 4 7. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 96 5 5 8. 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 108 7 1 3 3 9. 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 59 3 3 10. 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 3 1 2 11. 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 97 4 3 1 12. 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 66 4 1 3 13. 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 34 2 1 1 14. 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 57 3 1 2 15. 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 29 2 2 16. 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 58 3 3 17. 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 31 2 1 1 18. 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 51 2 2 19. 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 32 2 2 20. 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 34 2 2 21. 15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 36 2 1 1 22. 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 43 2 2 23. 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 66 3 3 24. 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 58 2 1 1 25. 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 44 3 1 2 26. 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 63 2 2 27. 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 41 2 2 28. 25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 2 1 1 29. 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 69 4 1 3 30. 28-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 54 3 3 31. 29-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 54 3 3 32. 31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 41 2 2 33. 32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 44 3 1 1 1 34. 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 2 2 35. 42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 45 3 1 2 36. 79-son maktab internat 116 5 1 4 1 37. 4-maktabgacha taʼlim muassasasi 53 2 1 1 38. 11-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 2 39. 12-maktabgacha taʼlim muassasasi 34 2 2 40. 6-maktabgacha taʼlim muassasasi 54 2 2 41. 17-maktabgacha taʼlim muassasasi 70 3 3 42. Agrosano�t kasb-hunar k/x kolleji 144 5 1 4 1 43. Maishiy xizmat va tadbirkorlik k/x kolleji 80 5 4 1 44. Qurilish va milliy hunarmandchilik k/x kolleji 67 4 3 1 45. Sanoat-iqtisodiyot va servis k/x kolleji 58 4 1 3 46. Xizmat koʻrsatish texnologiya k/x kolleji 56 3 3
