Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (2290-son)
25.10.2016
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 227-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2017-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 786 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz — 15 kishi;
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 13.2 foiz — 94 kishi;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 57 foiz — 473 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 12.4 foiz — 92 kishi;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0.8 foiz — 14 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 5.6 foiz — 33 kishi;
boshqalar uchun 8 foiz — 65 kishi, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 16 kishi, odam savdosidan jabrlanganlar 3 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 31 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 15 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. 2016-yilda Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona va tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2016-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2017-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2017-yil 1-aprelga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona va tashkilotning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi belgilansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (J. Ermatov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
9. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Qibray tuman hokimining 2015-yil 22-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 2002-Q-sonli qarori 2016-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. MUXAMEDOV
Qibray t.,
2016-yil 25-oktabr,
2290-son
Qibray tumani hokimining 2016-yil 25-oktabrdagi 2290-sonli qaroriga ILOVA
2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona va tashkilotlar
roʻyxati
Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Ularda ishlovchilar soni JAMI Yolgʻiz ota-onalar xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganlar Odam savdosidan jabrlanganlar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilganlar Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotganlar 1. 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 1. Tosh. davlat agrar Universiteti 1056 74 5 47 14 1 2 2 2 1 2. Genomika va bioinformatika markazi 124 9 2 4 2 1 3. Oʻz RFA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti 253 18 4 8 3 1 1 1 4. Paxta seleksiyasi, urugʻchilik va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI 362 25 22 1 1 1 5. Oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti 94 6 1 4 1 6. Oʻznaslchilik davlat korxonasi 54 3 1 1 1 7. Davlat Soliq Inspeksiyasi 80 6 1 4 1 8. 3568-son Halk Banki 39 2 2 9. Sanoatkurilishbank boʻlimi 53 3 3 10. Investfinansbank filiali 56 3 3 11. Savdogar bank Qibray filiali 59 3 3 12. Umid Gulshani sanatoriyasi MCHJ 95 7 1 2 1 1 1 1 13. Botanika sanatoriyasi MCHJ 221 15 5 6 1 1 1 1 14. Boʻston sanatoriyasi MCHJ 160 11 2 5 1 1 1 1 15. Qibraygaztaʼminot korxonasi 290 20 15 5 16. ToshIESqurilish shuʼba korxonasi 169 12 1 9 2 17. Oʻzbekgeofizika OAJ 784 34 8 18 2 1 1 2 18. Qibray suvoqova davlat UK 186 13 1 6 2 1 1 1 1 19. Elektrtarmoklari korxonasi 163 11 1 6 3 1 20. Issiqlik manbai ICHB 130 9 3 6 21. Baytqoʻrgʻon xizmat koʻrsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 67 5 5 22. Tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 63 4 2 1 1 23. Agrotijorat kasb- hunar kolleji 58 4 1 3 24. Energetika kasb-hunar kolleji 64 4 1 2 1 25. Chingeldi maishiy xizmat koʻrsatish KXK 76 5 1 3 1 26. Moliya iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 83 5 4 1 27. Toshkent IES 1438.5 95 5 72 12 1 1 4 28. Tuman tibbiyot birlashmasi 880 62 9 38 3 1 1 8 2 29. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika 393 27 2 18 1 1 1 3 1 30. Respublika bolalar ortopediya markazi 227 15 1 10 1 2 1 31. Respublika Narkologiya markazi 144 10 2 6 1 1 32. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi 24 2 2 33. Yangi Toshkent konserva zavodi 46 3 1 1 1 34. Karvon qoʻshma korxonasi 99 7 5 2 35. Afsar LTD K/ korxonasi 230 16 2 10 2 2 36. “Imkon-plyus” xus. i/ch. firmasi 148 11 9 2 37. Qibray Sharob ilmiy eksperimental korxonasi 198 14 1 7 3 3 38. Inter-Roxat K/ korxonasi 732/250 18 4 10 2 1 1 39. Navroʻz interneshonol 125 9 5 4 40. “GERMES NORTN TRADE” MCHJ 118 8 6 2 41. Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri 50 3 3 42. Toshparranda X.J. 262 18 2 7 3 4 1 1 43. Sharq hissador. jamiyati 110 7 1 3 1 2 44. Imkon Broller MCHJ 147 10 6 3 1 45. 4-sonli Montaj boshqarmasi 343/156 11 9 2 46. Kadirya GESlar tizmasi 241 16 7 5 2 1 1 47. ATPO Energoqurilish korxonasi 57 3 1 1 1 48. Toshviloyatavtosaroy X.J. 416 29 10 11 5 2 1 49. Qibray trans servis Sh/K 40 3 1 1 1 50. Qibray tumani obodonlashtirish boshqarmasi 215 14 2 1 11 51. Toshkent viloyati “Suvoqova” Davlat unitar korxonasi 93 6 1 3 1 1 52. Qibray tuman yoʻl xoʻjaligi taʼmirlash foydalanish korxonasi 101 7 7 53. Arena Fashion qoʻshma korxonasi 171 12 1 10 1 54. WNITE ELEPNANT MCHJ 132 9 2 5 2 55. Baraka gʻisht savdo 34 2 2 56. Textile chemical solutions MCHJ 100 7 7 57. Qibray tumani Yuqumli kasalliklar shifoxonasi 165 11 8 3 58. Respublika ilmiy qishloq xoʻjalik kutubxonasi 31 2 2 59. Oʻznaslelita masʼuliyati cheklangan jamiyat 50 3 1 1 1 60. Yalangʻoch gʻisht zavodi 84 5 1 3 1 JAMI 9970 786 94 473 92 15 14 33 3 31 16 18
