Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1013-son)
26.10.2016
Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2017-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 6172 kishini tashkil etadigan 4 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz — 6 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 16 foiz — 32 kishi;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 73 foiz — 146 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 4 foiz — 8 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 5 foiz — 10 kishi.
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2016-yil 15-dekabr kuniga kadar kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2017-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2017-yil 1-aprelga qadar band qilingan ish oʻrinlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishga qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari band qilib koʻyish tartibidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishga qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman xokimi tomonidan belgilab qoʻyiladigan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishda sarflangan mablagʻlarining bir qismining tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish markazi jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan qoplash huquqiga ega ekanligi inobatga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (Z. Soxibnazarov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
9. Boʻka tuman hokimining 2015-yil 5-noyabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 1085-sonli qarori 2016-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin .
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Sunnatullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. KUCHCHIYEV
Boʻka t.,
2016-yil 26-oktabr,
1013-son
Tuman hokimining 2016-yil 26-oktabrdagi 1013-sonli qaroriga ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib koʻyish lozim boʻlgan korxona,tashkilot va muassasalar
ROʻYXATI
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Ularda ishlovchilar soni Band qilingan ish oʻrinlari jami Shu jumladan Yolgʻiz ota, onalar hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor ota-onalar Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar Safarbarlik chaqiruv zaxirasiga kiritilganlar Kichik yoshli bolasi boʻlgan ishlamayotgan ayollar Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotganlar Odam savdosidan jabrlanganlar 1. Tibbiyot birlashmasi 836 28 8 19 1 2. Paxta tozalash zavodi 429 16 3 6 3 4 3. Markaziy poliklinika 245 12 4 7 1 4. Yoʻl xoʻjalik pudrat korxonasi 79 5 1 1 1 2 5. Obodonlashtirish boʻlimi 189 5 2 2 1 6. DSNEM 149 5 1 3 1 7. Boʻka tuman GAZ boʻlimi 122 4 1 1 1 1 8. Suvoqova ICHSHK 49 2 1 0 1 9. Davlat soliq inspeksiyasi 60 2 2 10. Bukadavsuvmaxsuspudrat DUK 78 5 1 1 1 2 11. Pochta boʻlimi 47 1 1 0 12. DT Xalq banki 33 3 3 13. OATB Agrobank 42 1 1 14. OATB Savdogarbank 29 1 1 15. Agrosanoat va transport KXK 78 3 1 2 16. Maishiy xizmat koʻrsatish KXK 95 3 1 2 17. Boʻka Pedagogika KXK 72 2 2 18. Boʻston qishloq xoʻjaligi KXK 89 2 2 19. Agroiktisodiyot KXK 73 2 2 20. Boʻka qurilish va servis KXK 62 2 2 21. Boʻka Agrotadbirkorlik KXK 65 2 2 22. Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 28 1 1 23. 15-mehribonlik uyi 93 4 1 2 1 24. 1-maktab 57 2 2 25. 2-maktab 112 3 3 26. 3-maktab 85 2 2 27. 4-maktab 44 1 1 28. 5-maktab 42 1 1 29. 6-maktab 54 2 2 30. 7-maktab 65 2 2 31. 8-maktab 57 1 1 32. 9-maktab 61 1 1 33. 10-maktab 68 2 2 34. 12-maktab 54 1 1 35. 13-maktab 54 1 1 36. 14-maktab 82 2 2 37. 15-maktab 54 1 1 38. 16-maktab 52 1 1 39. 17-maktab 45 1 1 40. 18-maktab 50 1 1 41. 19-maktab 48 1 1 42. 20-maktab 61 1 1 43. 23-maktab 53 1 1 44. 24-maktab 54 1 1 45. 25-maktab 63 2 2 46. 27-maktab 73 2 2 47. 29-maktab 46 1 1 48. 30-maktab 30 1 1 49. 31-maktab 75 2 2 50. 32-maktab 81 2 2 51. 34-maktab 96 2 2 52. 35-maktab 80 2 2 53. 39-maktab 73 2 2 54. 40-maktab 30 1 1 55. 44-maktab 52 1 1 56. 46-maktab 46 2 2 57. 48-maktab 42 1 1 58. 49-maktab 47 1 1 59. 50-maktab 50 1 1 60. 51-maktab 47 1 1 61. 52-maktab 50 1 1 62. 54-maktab 61 2 2 63. Vatanparvar USTK 22 1 1 0 64. 1-maktabgacha taʼlim muassasasi 39 2 2 65. 3-maktabgacha taʼlim muassasasi 46 2 2 66. 6-maktabgacha taʼlim muassasasi 23 1 1 67. 7-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 1 1 68. 8-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 1 1 69. 9-maktabgacha taʼlim muassasasi 40 2 2 70. 10-maktabgacha taʼlim muassasasi 51 2 2 71. 11-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 1 1 72. 12-maktabgacha taʼlim muassasasi 29 1 1 73. 13-maktabgacha taʼlim muassasasi 28 1 1 74. 17-maktabgacha taʼlim muassasasi 37 1 1 75. Bahor oromgoxi MCHJ 65 5 2 3 76. Barkamol Avlod 30 2 2 77. Istiqlol dehqon bozori 27 1 1 0 78. 19-sonli musiqa va sanʼat maktabi 62 2 1 1 79. Elektr taʼminot korxonasi 152 4 1 2 1 80. Veterinariya boʻlimi 27 1 1 81. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 62 2 1 1 JAMI 6172 200 32 144 8 6 10
