Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2017-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (2504-son)
06.10.2016
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y, 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2017-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 486 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz — 14 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 20,4 foiz — 99 kishi;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 44,7 foiz — 217 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 9,3 foiz — 45 kishi
Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1,2 foiz — 6 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 6 foiz — 29 kishi;
boshqalar uchun 15,5 foiz — 76 kishi, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar — 4 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar — 72 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. Boʻstonliq tumani boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun 2017-yilga kvotalangan ish joylarining miqdori belgilangan korxona va tashkilot roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2016-yil 15-dekabr kuniga qadar kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2017-yilning 10-aprelidan kechikmagan holda ish joylarining qolgan qismi 75 foizini (ajratish yoki band qilib qoʻyish) barpo etish, har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2017-yil 1-aprelga qadar band qilingan ish oʻrinlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilish amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (A. Inagamov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
9. Boʻstonliq tuman hokimining 2015-yil 16-noyabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 1626-son qarori 2016-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Kanakov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. XASANOV
Boʻstonliq t.,
2016-yil 6-oktabr,
2504-son
Tuman hokimining 2016-yil 6-oktabrdagi 2504-sonli qaroriga ILOVA
Boʻstonliq tumanida 2017-yil uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj ish topishga qiynaladigan fuqarolarga korxona va tashkilotlar tomonidan belgilangan kvotalangan ish oʻrinlari
ROʻYXATI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Jami ishchilar soni Band qilingan ish oʻrinlari soni Yolgʻiz ota-onalar xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar Muddatli harbiy xizmatdan boʻsha-tilganlar Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar Safar-barlik chaqiruvi zaxira-siga kiri-tilgan shaxslar Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotganlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Gʻazalkent shahri boʻyicha 1. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika 312 22 4 8 2 2 6 2. “Konvin” qoʻshma korxonasi 103 7 1 3 1 1 1 3. DSENM 127 9 1 6 2 4. “Suvoqova ICHSHK” 157 11 2 7 2 5. “Gʻazalkent meva” MCHJ 179 13 4 2 2 1 4 6. Suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi 56 4 1 2 1 7. Gʻazalkent xizmat koʻrsatish va iqtisodiyot KXK 108 8 1 5 1 1 8. 125-maxsus maktab internat 84 6 1 4 1 9. Elektr tarmoqlari idorasi 226 16 4 2 2 1 2 1 4 10. Boʻstonliq tuman gaz 238 17 4 2 2 1 2 1 5 11. Obodonlashtirish boshqarmasi 274 19 4 4 1 2 2 6 12. Qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlik KXK 70 5 1 2 1 1 13. Qishloq qurilish bank 40 3 1 1 1 14. Xalq bank 33 2 2 15. Savdogar bank 35 2 2 16. Milliy bank 23 2 1 1 17. Mikrokredit bank 30 2 1 1 JAMI 2095 148 29 54 14 6 4 12 2 27 0 Gʻazalkent q.f.y boʻyicha 18. Tuman tibbiyot birlashmasi 593 42 12 17 2 3 8 19. “Chotqol” DUK 132 9 1 5 1 1 1 20. Boʻstonliq qurilish va kommunal KXK 64 4 1 2 1 JAMI 789 55 14 24 3 3 0 1 0 10 0 Iskandar q.f.y. 21. Energoqurilish industriya sh.k 317 22 5 12 1 2 2 22. Tovoqsoy “Iqtisodiyot va Tadbirkorlik” KXK 69 5 1 2 1 1 23. Sanoatuy energoqurilish sh.k 226 16 4 3 3 2 3 1 24. “Osborn Tekstil” MCHJ 187 13 3 5 2 3 25. “Maxroviy punkt” MCHJ 181 13 4 3 2 4 26. “Color yarn” MCHJ 684 48 10 26 2 2 8 27. “Tovoqsoy” sanatoriyasi 221 15 4 6 1 1 3 JAMI 1885 132 31 57 8 1 2 11 1 21 0 Ozodbosh q.f.y. boʻyicha 28. “Boʻstonliq tikuvchilari” MCHJ 98 7 1 4 2 29. “Unversal Golden –Ving” MCHJ 233 16 5 4 4 3 30. “Chirchiq goʻsht-sut savdo”OAJ 105 7 3 2 1 1 JAMI 436 30 9 10 5 0 0 0 0 6 0 Chorbogʻ q.f.y. boʻyicha 31. Oʻrta Chirchiq GESlar tiz 391 27 4 17 5 1 32. Chorbogʻ GES qurilish sh.k 280 19 4 11 2 2 33. Boʻstonliq xizmat koʻrsatish va energetika KXK 66 5 1 2 1 1 34. “Humson buloq invest” MCHJ 128 9 1 5 1 2 35. BYXPTFD korxonasi boshqarmasi 242 17 1 10 2 1 3 36. Chobogʻ suv ombori boshqarmasi 56 4 1 2 1 JAMI: 1163 81 12 47 12 1 0 5 1 3 0 Xumson q.f.y. boʻyicha 37. “Xumson sanatoriyasi” DUK 201 14 1 10 1 1 1 JAMI: 201 14 1 10 1 1 0 0 0 1 Soylik q.f.y boʻyicha 38. Turizm va servis KXK 46 3 2 1 39. “Oqtosh sanatoriyasi” MCHJ 138 10 1 7 1 1 JAMI: 184 13 1 9 1 1 0 0 0 1 0 Boʻstonliq q.f.y. boʻyicha 40. Boʻstonliq oʻrmon xoʻjaligi va servis KXK 48 3 2 1 JAMI: 48 3 0 2 0 0 0 0 0 1 0 Chimgan q.f.y boʻyicha 41. “Chimyon” sanatoriyasi 140 10 2 4 1 1 2 JAMI: 140 10 2 4 1 1 0 0 0 2 0 Tuman boʻyicha JAMI: 6941 486 99 217 45 14 6 29 4 72 0
