Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etish toʻgʻrisida (2445-son)
19.10.2016
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olish va ish qidirayotgan davrida ularning moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan “Ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marotaba ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada* qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
* Ilovalar berilmaydi.
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foiz ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha 75 foiz ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamlat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (S. Ismoilov)
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Tuman hokimining 2015-yil 2-noyabrdagi 920-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2016-yilda tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Oʻroqov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. ABDULLAYEV
Yangiyoʻl t.,
2016-yil 19-oktabr,
2445-son
