Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etish toʻgʻrisida (2505-son)
27.02.2016
toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qullab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatga haq toʻlash xarajatlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (A. Inagamov):
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Boʻstonliq tuman hokimining 2015-yil 27-noyabrdagi 1707-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2016-yilda tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori 2016-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Kanakov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. XASANOV
Boʻstonliq t.,
2016-yil 27-fevral,
2505-son
Tuman hokimining 2016-yil 27-fevraldagi 2505-sonli qaroriga ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar
roʻyxati
T/r Korxona, muassasa va tashkilotlar Jalb qilinganlar soni Ish haqini toʻlash manbai (foiz hisobida) Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari Ish beruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 1 2 3 4 5 1. Fermer xoʻjaliklari 12 75% 25% qishloq xoʻjalik ishlari JAMI: 12 75% 25%
