Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash-faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Harakat dasturining 8.4, 9.1, 9.2, va 9.3 bandlarini amalga oshirish toʻgʻrisida (199-I-son)
29.06.2006
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning huquqiy asoslarini shakllantirish, umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar mutanosibligini taʼminlash, shu bilan birga Senat, uning Kengashi va qoʻmitalarining nazorat qilish sohasidagi vakolatlarining barcha shakllari samaradorligini oshirish, qonunlar ijrosi ustidan monitoring olib borishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat aʼzosi tomonidan parlament soʻrovini yuborish Tartibi tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-iyun,
199-I-son
