“Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylar hamda boshqa tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (347-son)
17.10.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son hamda “Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek nogironligi boʻlgan bolalarning oilalarda va oila sharoitlarida toʻliq rivojlanishi, ularga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylar huzurida tasdiqlangan koyka fondi doirasidagi boʻsh oʻrinlar hisobiga ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etilsin.
2. Oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarga kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ular uchun oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylar huzuridagi nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilansin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 17-oktabr,
347-son
