Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi namunaviy bitimni tasdiqlash haqida (2831-son)
10.10.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2831]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi namunaviy bitim ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 16-sentabr,
11-mh-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 16-sentabr
Moliya vaziri R. AZIMOV
2016-yil 16-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 16-sentabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisida
NAMUNAVIY BITIM
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
