Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2827-son)
30.09.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2827]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2016-yil 1-oktabrdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 7-oktabrdagi 5, 40 va 88-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2717, 2015-yil 13-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 530-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-sentabr,
7-son
Mehnat vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-sentabr,
30-q/q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-sentabr,
72-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 23-sentabrdagi 7, 30-q/q, 72-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlarning nomi Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm 1. Institut direktori professor 2 315 248 fan doktori 2 221 186 fan nomzodi 2 127 639 2. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori professor 2 127 639 fan doktori 2 052 046 fan nomzodi 1 960 242 3. Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri fan doktori yoki professor 2 052 046 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 1 960 242 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 885 161 4. Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan doktori yoki professor 1 960 242 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy u�voniga ega boʻlgan fan nomzodi 1 885 161 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 809 656 5. Bosh ilmiy xodim professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 1 960 242 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 1 885 161 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 1 809 656 6. Yetakchi ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori 1 885 161 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 1 809 656 ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 720 345 7. Katta ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 720 345 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 632 052 ilmiy darajaga ega boʻlmagan 1 545 725 8. Kichik ilmiy xodim fan nomzodi 1 632 052 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 545 725 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 460 116 9. Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi 1 288 276
