Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (262-son)
07.06.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 7-iyun,
262-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 262-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasining imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Belgilansinki, Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamgʻarmasi imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish va uni uzish hamda undan foydalanganlik uchun foizlar bilan bogʻliq 1-ilovaga muvofiq sarf-xarajatlar, shuningdek Kredit bitimi boʻyicha beriladigan qarz hajmidan oshadigan har qanday moliyaviy xarajatlar:
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiyalar korxonalari tomonidan ularning oʻz mablagʻlari hisobiga;
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga, shu jumladan “Oʻzteleradio” kompaniyasiga ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari hisobiga, koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar “Oʻzteleradio” kompaniyasi uchun aloqa xizmatlari tariflariga kiritilmasdan amalga oshiriladi”.
