“2154-modda. Arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-411-son) · Sana: 23.09.2016 · Amalda
Arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi shuningdek arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar koʻrsatishning belgilangan tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 245-moddaning birinchi qismi “46”, “210” va “2152” raqamlaridan keyin tegishincha “461”, “2101” va “2154” raqamlari bilan toʻldirilsin;
9) 248-modda ikkinchi qismining 6 va 7-bandlaridagi “138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 287-moddaning 3-bandi “198-moddalarida” degan soʻzlardan keyin “2101-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 291-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “j” band bilan toʻldirilsin:
“j) ushbu Kodeks 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan soqchilikning mansabdor shaxslari tomonidan”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozim boʻlgan chet ellik investorlar ishtirokida tashkil qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno”;
