Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2754-1-son)
23.09.2016
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2754-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasidagi “XXTUT” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Bosh direktor A. KURBANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-sentabr,
561-son
