3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-410-son) · Sana: 22.09.2016 · Amalda
Ushbu Qonun:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan xodimlarga;
ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga, boshqa taʼlim muassasalari tinglovchilariga;
tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga;
muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga;
sud hukmiga koʻra jazoni oʻtayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek maʼmuriy qamoqqa olish tarzidagi maʼmuriy jazo qoʻllanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi.
