19-modda. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va taʼmirlash chogʻida mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni taʼminlash
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-410-son) · Sana: 22.09.2016 · Amalda
Mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob bermaydigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishga, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va taʼmirlashga, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan olinganlarini joriy etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativlari (konsentratsiyalari) belgilangan tartibda ishlab chiqilmagan va tegishli ekspertizalardan oʻtkazilmagan zararli moddalarning ishlab chiqarishda qoʻllanilishi taqiqlanadi.
