16-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-410-son) · Sana: 22.09.2016 · Amalda
Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlari;
ish beruvchining oʻz mablagʻlari;
qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmalarining mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mehnatni muhofaza qilish uchun budjet mablagʻlari tegishli (respublika va mahalliy) budjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablagʻlardan boshqaruv organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning taʼminoti, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni qonunchilikda, jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa kelishuvlarida yoki boshqa ichki normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda ajratadi. Xodimlar ana shu maqsadlar uchun biror-bir chiqim qilmaydilar.
Tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamgʻarmani oʻzining tijorat faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda (daromadlar), shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etishga haqlidir.
Mehnatni muhofaza qilishga moʻljallangan mablagʻlardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablagʻlar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamgʻarmalarni tashkil etish va ularning mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirokida belgilanadi.
