41-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar ayrim turlarining tarqalishini va sonini tartibga solish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar ayrim turlarining (shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy ravishda bosib ketadigan zaharli, giyohvand moddali, karantindagi oʻsimliklar, begona oʻtlar hamda boshqa oʻsimliklarning) tarqalishini va sonini tartibga solish yovvoyi holda oʻsuvchi boshqa oʻsimliklarga, ularning oʻsadigan muhitiga va oʻzga tabiatni muhofaza qilish obyektlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan usullar bilan amalga oshiriladi.
Tarqalishi va soni tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ayrim turlari, shuningdek ushbu tartibga solish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan belgilanadi.
