13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi yuritilishini ilmiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xulosalar beradi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy yoʻnalishlarni belgilaydi, ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qonunchilikka muvofiq oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
