20-modda. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini, zoologiya kolleksiyalarini, oʻljalarni va tulumlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi beradigan ruxsatnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasiga gʻayriqonuniy ravishda olib kirishga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan gʻayriqonuniy ravishda olib chiqishga urinish chogʻida ushlab qolingan yovvoyi hayvonlar, shuningdek ularning qismlari, yashash faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar va tulumlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda olib qoʻyilishi lozim.
