10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar hamda normativlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
zoologiya kolleksiyalarining, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va koʻpaytiriladigan pitomniklarning davlat hisobini yuritadi;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini taʼminlaydi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma beradi;
biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
