Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2826-son)
20.09.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2826]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 26-avgustdagi 78-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2713, 2015-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 465-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-sentabr,
69-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 13-sentabrdagi 69-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. 2016-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 149 775 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 292 940 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 292 940 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 179 755 soʻm belgilandi.
2. 2016-yil 1-oktabrdan keyin ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.
2016-yil 1-oktabrgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonda belgilangan 1,15 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (149 775 soʻm x 8 = 1 198 200 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.
4. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti qoʻllanilgan yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 1 198 200 soʻm (149 775 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan foizlarga koʻpaytiriladi.
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionyerlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (149 775 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2016-yil 13-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi
miqdorlari
Oʻzgartirishlar sanasi va davri Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori Soʻmlarda: 01.01.1973-yildan 70,00 01.01.1992-yildan 350,00 01.03.1992-yildan (350,00 + 550,00) / 2 = 450,00 01.04.1992-yildan 550,00 01.07.1992-yildan 1 000,00 01.09.1992-yildan 1 250,00 01.10.1992-yildan 2 000,00 01.01.1993-yildan 2 500,00 01.04.1993-yildan 3 000,00 01.06.1993-yildan 7 500,00 01.07.1993-yildan 11 250,00 01.09.1993-yildan 13 500,00 01.11.1993-yildan 16 200,00 Soʻm-kuponlarda: 01.12.1993-yildan 24 300,00 01.01.1994-yildan 30 000,00 01.03.1994-yildan 45 000,00 01.06.1994-yildan 70 000,00 Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻm): 01.07.1994-yildan 70,00 01.08.1994-yildan 100,00 01.03.1995-yildan 150,00 01.09.1995-yildan 250,00 01.04.1996-yildan 400,00 01.09.1996-yildan 550,00 01.12.1996-yildan 600,00 01.07.1997-yildan 750,00 01.07.1998-yildan 1 100,00 01.01.1999-yildan 1 320,00 01.08.1999-yildan 1 750,00 01.08.2000-yildan 2 450,00 01.08.2001-yildan 3 430,00 01.04.2002-yildan 3 945,00 01.08.2002-yildan 4 535,00 01.05.2003-yildan 5 440,00 01.08.2004-yildan 6 530,00 01.05.2005-yildan 7 835,00 01.10.2005-yildan 9 400,00 01.07.2006-yildan 10 800,00 01.11.2006-yildan 12 420,00 01.08.2007-yildan 15 525,00 01.11.2007-yildan (15 525,00 + 18 630,00) / 2 = 17 077,50 01.12.2007 �ildan 18 630,00 01.04.2008-yildan 20 865,00 01.09.2008-yildan 25 040,00 01.11.2008-yildan (25 040,00 + 28 040,00) / 2 = 26 540,00 01.12.2008-yildan 28 040,00 01.08.2009-yildan 33 645,00 01.12.2009-yildan 37 680,00 01.08.2010-yildan 45 215,00 01.12.2010-yildan 49 735,00 01.08.2011-yildan 57 200,00 01.12.2011-yildan 62 920,00 01.08.2012-yildan 72 355,00 01.12.2012-yildan 79 590,00 01.08.2013-yildan (79 590,00+91 530,00)/2=85 560,00 01.09.2013-yildan 91 530,00 01.12.2013-yildan (91 530,00+96 105,00)/2=93 817,50 01.01.2014-yildan 96 105,00 01.09.2014-yildan 107 635,00 01.12.2014-yildan (107 635,00+118 400,00)/2=113 017,50 01.01.2015-yildan 118 400,00 01.09.2015-yildan 130 240,00 01.10.2016-yildan 149 775,00
