151-modda. Mahalla huquq-tartibot maskanlari
Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida (O‘RQ-407-son) · Sana: 16.09.2016 · Amalda
Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish boʻyicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari oʻz faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
mazkur hududda xizmatni oʻtash uchun biriktirilgan yoki tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida kiritilgan tuman (shahar) ichki ishlar organining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, probatsiya boʻlinmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari, yoʻl harakati xavfsizligi inspektori, qoʻriqlash boʻlinmasining naryadi;
jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga koʻmaklashish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya boʻlinmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari.
Mahalla huquq-tartibot maskani faoliyatiga profilaktika bosh inspektori rahbarlik qiladi.
