Surxondaryo viloyatida boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida yanada samarali foydalanish, ularga salohiyatli investorlarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (300-son)
15.09.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 29-maydagi 142-son qaroriga muvofiq boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb yuritiladi) kelgusida samarali foydalanish, salohiyatli investorlarni jalb etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Oʻzbekkino” milliy agentligining oʻtkazilgan xatlov natijasida aniqlangan obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etishga doir takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
oʻrnatilgan tartibda buzilishi belgilangan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni buzish Surxondaryo viloyatining tegishli tuman hokimliklari va balansda saqlovchilar tomonidan maxsus komissiya tuzilgan holda amalga oshiriladi hamda buzish natijasida olingan yaroqli qurilish materiallari dalolatnoma tuzilgan holda hisobga olinadi;
mazkur qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlar xususiylashtirilib, yangi mulkdorlarga berilgunga qadar ularning daxlsizligi va butligini taʼminlash uchun balansda saqlovchilar masʼul hisoblanadi.
4. Quyidagilar obyektlarni buzish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash manbalari etib belgilansin:
obyektlarni buzish natijasida olingan yaroqli qurilish materiallarini sotishdan tushadigan mablagʻlar;
balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda ularning xarajatlar smetasi doirasidagi budjet mablagʻlari.
5. Surxondaryo viloyati hokimligi tegishli shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:
mazkur qarorga 1-ilovada qayd etilgan obyektlarning buzilishi natijasida boʻshaydigan yer maydonlarini hudud talabidan kelib chiqqan holda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda tanlov asosida ajratilishini taʼminlasin;
mazkur qarorga 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlarni xususiylashtirish jarayonida ushbu obyektlarga yer uchastkalarining asoslangan holda biriktirilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlarni, shuningdek baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun xarajatlarni chegirgan holda, Termiz shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadi;
Termiz shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxat asosida koʻp kvartirali uylarning hududlarini obodonlashtirishga, umumiy foydalanish joylarini, ularning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlarini, tomlarini, fasad qismini, mavzelar hududidagi yoritish tizimlarini tiklashga, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan ushbu ishlarni bajarish maqsadida olingan kreditlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni baholash va savdoga qoʻyish jadvalini;
mazkur qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish jadvalini tasdiqlasin.
8. Surxondaryo viloyat hokimligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda, obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlanishi hamda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Termiz shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadigan mablagʻlardan ushbu qarorning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilishi yuzasidan har choraklik nazorat oʻrnatsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-sentabr,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻrnatilgan tartibda buzilishi belgilangan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r T/r Obyektning nomi Joylashgan manzili Qurilgan yili Obyektni buzish natijasida boʻshaydigan yer maydonlari (ga)* Balansda saqlovchi Idoraviy mansubligi Denov tumani 1. 1. Teri-tanosil kasalliklari dispanseri bino-inshootlari “Denov” QFY, “Doʻstlik” MFY 1950 0,77 Denov tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 2. 2. Qozonxona binosi “Yangi hayot” MFY, Mustaqillik koʻchasi 1978 0,04 Denov tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 3. 3. Tez tibbiy yordam binosi Registon koʻchasi, 30-uy 1959 0,02 Denov tumani tibbiyot birlashmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oltinsoy tumani 4. 1. Foydalanilmayotgan avtomobillarni saqlash binosi “Qorliq” QFY, “Boʻston” MFY 1968 0,02 Oltinsoy tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 5. 2. Foydalanilmayotgan qozonxona binosi “Qorliq” QFY, “Boʻston” MFY 1985 0,04 Oltinsoy tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Qumqoʻrgʻon tumani 6. 1. Foydalanilmayotgan oʻquv binolari “Jaloir” QFY, “Jaloir” MFY 1940 0,03 Qumqoʻrgʻon tumani 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Xalq taʼlimi vazirligi 7. 2. Sobiq oʻquv binosi “Qumqoʻrgʻon” QFY, “Toʻgʻon” MFY 1980 0,018 Qumqoʻrgʻon tumani 42-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Xalq taʼlimi vazirligi
* Obyektlarni buzish natijasida boʻshaydigan yer maydonlariga kadastr hujjatlariga asosan aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga 2-ILOVA
Xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r T/r Obyektning nomi Joylashgan manzili Balansda saqlovchi Idoraviy mansubligi Angor tumani 1. 1. 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan omborxona binosi* “Istiqlol” QFY, “Farovon” MFY Angor tumani 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi Xalq taʼlimi vazirligi Jarqoʻrgʻon tumani 2. 1. “Quyoshcha” bolalar bogʻchasi filialining foydalanilmayotgan binosi* “Surxon” QFY, “Porloq yulduzi” MFY Jarqoʻrgʻon tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi 3. 2. “8-mart kinoteatri” binosi* “Doʻstlik” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi Surxondaryo viloyati “Kinovideoxizmati” DUK “Oʻzbekkino” milliy agentligi 4. 3. Sobiq “Nodira” maktabgacha taʼlim muassasasining foydalanilmayotgan binosi* “Istiqlol” MFY Jarqoʻrgʻon tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi Qiziriq tumani 5. 1. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish markazi binosi “Sariq” SHFY, “Yangi turmush” MFY Qiziriq tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 6. 2. Sobiq Bandixon tumani Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining 2 qavatli binosi “Bandixon” QFY, “Bandixon” MFY Qiziriq tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 7. 3. Sobiq Bandixon tumani prokuraturasi binosi “Bandixon” QFY, “Bandixon” MFY Qiziriq tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 8. 4. Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan 1-oʻquv binosi* “Yangiyoʻl” QFY, “Istiqlol” MFY Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi 9. 5. Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan 2-oʻquv binosi* “Yangiyoʻl” QFY, “Istiqlol” MFY Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi 10. 6. Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan 3-oʻquv binosi* “Yangiyoʻl” QFY, “Istiqlol” MFY Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi 11. 7. Sobiq 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan 4-oʻquv binosi* “Yangiyoʻl” QFY, “Istiqlol” MFY Qiziriq tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi Muzrabot tumani 12. 1. Sobiq Xalq banki maxsus kassa binosi “Beshqoʻton” QFY, “Obi Hayot” MFY Muzrabot tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Oltinsoy tumani 13. 1. 5-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanilmayotgan oshxona binosi “Qorliq” QFY, “Qorliq” MFY Oltinsoy tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 14. 2. Xizmat koʻrsatish va servis uyi binosi “Chep” QFY, “Ipoq” MFY Oltinsoy tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 15. 3. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining eski binosi “Qorliq” QFY, “Markaz” MFY, Ibn-Sino koʻchasi 4-uy Oltinsoy tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 16. 4. Sobiq yuqumli kasalliklar shifoxonasi binolari* “Oqarbuloq” QFY, “A.Boʻtayev” MFY Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Sariosiyo tumani 17. 1. Sobiq qishloq vrachlik punkti binosi “Toqchiyon” QFY, “Lochin” MFY Sariosiyo tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 18. 2. Foydalanilmayotgan oqova suvlarni tozalash bino va inshootlari “Toqchiyon” QFY, “Birlik” MFY Surxondaryo viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi Surxondaryo viloyati hokimligi 19. 3. Sobiq budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining bino-inshootlari “A.Navoiy” MFY, Marvarid koʻchasi, 110-uy Sariosiyo tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Termiz shahri 20. 1. Sobiq “Yosh sayyohlar” markazi binosi* Tohariston koʻchasi, 45-uy Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Xalq taʼlimi vazirligi 22. 3. Qurilishi tugallanmagan Temir yoʻl shifoxonasining xoʻjalik bino va inshootlari Ibn Sino koʻchasi Termiz shahar hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 23. 4. Maʼmuriy va xoʻjalik binolari Toxariy koʻchasi Termiz shahar hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Termiz tumani 24. 1. Foydalanilmayotgan dam olish maskani binosi “Uchqizil” QFY, “Uchqizil” MFY Termiz tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 25. 2. Foydalanilmayotgan yozgi klub binosi “Uchqizil” QFY, “Yangi hayot” MFY Termiz tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 26. 3. Sobiq “Doʻstlik” jamoa xoʻjaligining foydalanilmayotgan idora binosi “Pattakesar” QFY, “Manguzar” MFY Termiz tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 27. 4. Foydalanilmayotgan “Doʻstlik” mehmonxonasi va xoʻjalik binolari “Pattakesar” QFY, “Manguzar” MFY Termiz tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Uzun tumani 28. 1. Sobiq muzey binosi* “Telpakchinor” QFY, “Qarashiq” MFY Uzun tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi 29. 2. Qishloq vrachlik punktining foydalanilmayotgan bino va inshootlari* “Jonchekka” QFY, “Chaqar” MFY Uzun tumani tibbiyot birlashmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 30. 3. Foydalanilmayotgan yozgi kinoteatr binosi* “Telpakchinor” QFY, “Qarashiq” MFY Uzun tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi 31. 4. Sobiq bolalar poliklinikasi binosi* “Uzun” QFY, “Bahoriston” MFY Uzun tumani tibbiyot birlashmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 32. 5. Foydalanilmayotgan musiqa maktabi binosi* “Uzun” QFY, “Oʻzbekiston” MFY, N.Jabborov koʻchasi Uzun tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi Sherobod tumani 33. 1. Foydalanilmayotgan yozgi kinoteatr binosi* “Katta hayot” MFY, 8-mart koʻchasi Surxondaryo viloyati “Kinovideoxizmati” DUK “Oʻzbekkino” milliy agentligi 34. 2. Sobiq klub binosi “Sariqamish” QFY, “Oltin voha” MFY Sherobod tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 35. 3. Foydalanilmayotgan “Saodat” maktabgacha taʼlim muassasasi bino va inshootlari* “Oqqoʻrgʻon” QFY, “Oqtepa” MFY Sherobod tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Xalq taʼlimi vazirligi 36. 4. Qurilishi tugallanmagan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish markazi binosi “Doʻstlik” MFY, Mustaqillik koʻchasi Sherobod tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Shoʻrchi tumani 37. 1. Sobiq “Oynakoʻl” kichik korxonasiga tegishli bino va inshootlar “Shoʻrchi” QFY, “Oynakoʻl” MFY Shoʻrchi tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 38. 2. Foydalanilmayotgan 2 ta bostirma va omborxona binolari “Koʻklam” MFY, Mustaqillik koʻchasi Shoʻrchi tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi
* Ushbu obyektlarni xususiylashtirish ular Surxondaryo viloyatining tegishli tuman va shahar hokimliklariga belgilangan tartibda berilgandan keyin amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga 3-ILOVA
Investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r T/r Obyektning nomi Joylashgan manzili Balansda saqlovchi Idoraviy mansubligi Termiz tumani 1. 1. Sobiq 34-son harbiy shaharchaning foydalanilmayotgan tozalash bino-inshootlari “Yangiariq” QFY, “Doʻstlik” MFY Termiz tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 2. 2. Sobiq 34-A-son harbiy shaharcha 21-son yer uchastkasidagi bino va inshootlar “Yangiariq” QFY, “Qoraxon” MFY Termiz tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 3. 3. Sobiq 49-son harbiy shaharcha bino va inshootlari “Uchqizil” QFY, “Parrandachilik” MFY Termiz tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Sherobod tumani 4. 1. Foydalanilmayotgan omborxona binosi “Doʻstlik” MFY, Mustaqillik koʻchasi Sherobod tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi 5. 2. Sobiq “Kampirtepa Granit marmar” AJ foydalanilmayotgan bino va inshootlari “Koʻxitang” QFY, “Qizil olma” MFY Sherobod tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 300-son qaroriga 4-ILOVA
Boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r T/r Obyektning nomi Joylashgan manzili Qurilgan yili Balansda saqlovchi Idoraviy mansubligi Obyektni balansiga qabul qilib oluvchi tashkilot Samarali foydalanish chora-tadbirlari Angor tumani 1. 1. Yotoqxona binosi “Tallimaron” QFY, “Guliston” MFY 1986 Angor tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Angor tumani davlat arxivi Angor tumani Davlat arxivini bino bilan taʼminlash uchun, operativ boshqaruv huquqi bilan berish Jarqoʻrgʻon tumani 2. 1. Foydalanilmayotgan Bolalar sil kasalliklari shifoxonasining yashash uyi “Oqqoʻrgʻon” QFY, “Qorayogʻoch” MFY 1989 Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi Bino tuman hokimligiga berilgandan soʻng undan samarali foydalanish 3. 2. Foydalanilmayotgan Bolalar sil kasalliklari shifoxonasining oshxona binosi “Oqqoʻrgʻon” QFY, “Qorayogʻoch” MFY 1989 Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi Bino tuman hokimligiga berilgandan soʻng undan samarali foydalanish Termiz shahri 4. 1. Sobiq 26-son maktabgacha taʼlim muassasasining maʼmuriy oʻquv taʼlim va oshxona binolari Saroymulkxonim koʻchasi, 35-uy 1985 Termiz shahar hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Termiz shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi Mazkur obyektdan kelgusida maktabgacha taʼlim muassasasi sifatida foydalanishga ehtiyoj mavjudligini inobatga olib, obyektni mukammal taʼmirlash masalasini xalq taʼlimi vazirligi tomonidan navbatdagi investitsiya dasturiga kiritgan holda hal etish Sherobod tumani 5. 1. Sobiq “Sharq” kinoteatri bino va inshootlari “Buyuk ipak yoʻli” MFY, A.Navoiy koʻchasi 1989 Surxondaryo viloyati “Kinovideoxizmati” DUK “Oʻzbekkino” milliy agentligi Sherobod tumani hokimligi Tuman hokimligiga berib, homiylik xayriyalari hisobidan sport majmuasi tashkil etish 6. 2. Sobiq tuman Tibbiyot birlashmasining umumiy xirurgiya binosi “Qoʻrgʻon” MFY 1984 Sherobod tumani hokimligi Surxondaryo viloyati hokimligi Sherobod tumani “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati” davlat korxonasi Sherobod tumani “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati” davlat korxonasiga operativ boshqaruv huquqi bilan samarali foydalanishga berish
