Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (68-son)
01.03.2016
Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Surxondaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliq hisobga olinishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-yanvardagi “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 1 va 2016-1-son qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” bosh boshqarmasi viloyat boʻlimi (S. Toʻrayev)ga viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida sotuvchilardan (xizmat koʻrsatuvchilardan) undiriladigan savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarini toʻgʻri va toʻliq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borsin.
4. “Surxon tongi” (A. Rajabov) hamda “Zarya Surxana” (G. Tangirova) gazetalari tahririyatlariga mazkur qarorning toʻliq matnini matbuotda eʼlon qilish tavsiya etilsin.
5. Surxondaryo viloyat hokimining 2015-yil 7-fevraldagi 45-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Z. Davlatov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Hokim T. MAMARAIMOV
Termiz sh.,
2016-yil 1-mart,
68-son
Viloyat hokimining 2016-yil 1-martdagi 68-sonli qaroriga ILOVA
Surxondaryo viloyat bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining
miqdorlari
I. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Termiz shahri Tumanlar 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: 1 oʻrin/kunga 3500 3000 Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 6500 5000 Quruq mevalar oʻrik, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq 1 oʻrin/kunga 6100 4000 turshak, bargak, bodom, pista, shoʻrdanak va h.k. 1 oʻrin/kunga 6500 5000 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.q hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/kunga 3000 3000 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak, qovun, tarvuz, qovoq (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 7000 6000 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k. 1 oʻrin/kunga 3500 3500 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1 oʻrin/kunga 3500 3000 1.6. Sut mahsulotlari: Sut va qatiq 1 oʻrin/kunga 3000 2500 Qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 1 oʻrin/kunga 4000 3000 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k 1 oʻrin/kunga 3500 3500 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir, nos va h.k) 1 oʻrin/kunga 3500 3000 Asal 1 oʻrin/kunga 5000 4000 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 3000 2500 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 3500 3000 1.11. Gullar va koʻchatlar ( 6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 3000 3000 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k) 1 oʻrin/kunga 2500 2500 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolat mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 3000 3000 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar 1 oʻrin/kunga 5000 4500 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 6500 5500 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari 1 oʻrin/kunga 3000 2800 1.17. Supurgi, isiriq 1 oʻrin/kunga 3000 2500 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 5000 5000 1.19. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 2500 2500 Milliy kiyimlar: (toʻn, doʻppi, belbogʻ va h.k) 1 oʻrin/kunga 2500 2500 Arqon 1 oʻrin/kunga 2000 2000 1.20. Tijorat yoʻli bilan keltirilgan nooziq-ovqat mahsulotlari uchun 1 oʻrin/kunga 3500 3500 Kanselyariya mollari, bolalar oʻyinchoqlari 1 oʻrin/kunga 1200 1200 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, koʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h.k.) 1 oʻrin/kunga 14000 13000 Kolbasa mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 6000 6000 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 6000 6000 yuk avtomashinalardan 1 mashina 11000 11000 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 11000 11000 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqari, maxsus ajratilgan joylarda) 6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 5500 5000 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalari (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h.k. 1 mashina 6500 6000 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv.metrgacha 1 oʻrin/kunga 8000 7000 6 dan — 15 kv.metrgacha 1 oʻrin/kunga 11000 11000 15 dan — 30 kv.metrgacha 1 oʻrin/kunga 14000 14000 5.2. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k) sotish (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/kunga 4000 4000 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 4500 4000 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 4000 4000 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 17000 17000 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 18000 18000 mototsikl, motorellyor, mopedlar 1 dona 6000 6000 velosipedlar 1 dona 3000 3000 8. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 8.1. Ot, toy, tuya 1 bosh 10000 10000 boʻtaloq, eshak 1 bosh 6000 6000 8.2. Yirik shoxli qoramol: sigir buzogʻi bilan 1 bosh 11000 11000 yirik shoxli qoramol 1 bosh 9000 9000 buzoq (6 oylikkacha) 1 bosh 7000 7000 8.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k 1 bosh 8000 8000 qoʻy, echki 1 bosh 6000 6000 qoʻzi, uloq 1 bosh 4000 4000 8.4. Choʻchqalar va choʻchqa bolalari 1 bosh 4000 4000 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1500 1500 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1500 1500 10. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 3700 2700 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 3700 3000 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 4000 2500 13. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 4000 3500 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 3000 2500 II. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Termiz shahri Tumanlar 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 16000 14000 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 14500 13500 Umumiy ovqatlanish 1 kv. m./oyiga 16000 14000 Dorixona, Paynet 1 kv. m./oyiga 14000 13000 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv. m./oyiga 12000 11000 Boshqa turlar (ombor, ofis va h.k.) 1 kv. m./oyiga 7000 6000 2. Inventarlarni ijaraga berish: 2.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunda 1300 1000 2.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg.gacha 1 kunda 2500 2000 150 kg.dan 1500 kg.gacha 1 kunda 8000 6500 2.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunda 1500 1200 2.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunda 700 700 2.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunda 1500 1500 2.6. Aravachalar uchun 1 kunda 2000 2000 2.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv.m) 1 kunda 1500 1500 3. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 3.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutgichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunda 2500 2500 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunda 1800 1800 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunda 1800 1800 3.2. Buyumlarni omborlarda saqlash ( bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunda 2000 1500 3.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 1000 1000 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 1800 1800 3.4. Avtotarozilardan foydalanish: Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 3000 2500 yuksiz 1-marta oʻlchash 2100 2000 Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2500 2000 yuksiz 1-marta oʻlchash 2000 1500 Yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 1500 1500 yuksiz 1-marta oʻlchash 1200 1200 Tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2000 2000 yuksiz 1-marta oʻlchash 1500 1500 3.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunda 5000 5000 3.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 1500 1500 yuk avtomashinalar uchun 1 soatga 2000 2000 3.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 400 400 3.8. Telefondan foydalanish 1-marta 300 300 3.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 500 500 3.10. Boshqa koʻrsatilgan xizmatlar uchun (maʼlumotnomalar va h.k) 1-marta 3000 3000 3.11. Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* 1 kv. m./oyiga 8500 7500
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli Qaroriga muvofiq, koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi. Bozorlar va savdo komplekslar hududidagi yer va mol-mulk huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga 1 kv.m uchun Termiz shahrida 5000 soʻm, boshqa tumanlarda 4000 soʻm toʻlov miqdorlari belgilanadi.
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
