Tuman hududida 2013-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (945-son)
26.09.2012
BUXORO VILOYATI Buxoro tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan korxonalar kesimida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni (kvotalangan ish oʻrinlari) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 19.6 foiz (59 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 62 foiz (186 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 12 foiz (36 kishi);
nogironlar uchun 3 foiz (9 kishi);
tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1 foiz (3 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻriladigan shaxslar uchun 2.3 foiz (7 kishi) uchun ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. Korxona, tashkilotlar rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlari tashkil etish topshirilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Q. Rafiyev) bir hafta muddatda ushbu qarorni ilovada belgilangan korxonalarga yetkazsin hamda ushbu qarorning bajarilishi boʻyicha yuqori tashkilotlarga xar oy maʼlumot berib borish topshirilsin.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Tuman hokimining 2011-yil 14-sentabrdagi 690-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror “Galaosiyo ovozi”gazetasida eʼlon qilinsin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Razzoqova zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. RAVShANOV
Buxoro t.,
2012-yil 26-sentabr,
945-son
Tuman hokimining 2012-yil 26-sentabrdagi 945-sonli qaroriga ILOVA
Buxoro tumanidagi korxonalar kesimida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun
ISh OʻRINLARINING SONI
T/r Korxona, tashkilot nomi va tarmogʻi Jami ishlovchilar soni Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining jami Shundan Nogironlar uchun Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Sanoat 1. Buxoro paxta tozalash zavodi 324 15 1 6 4 2 2 2. Oʻzbekiston Fransiya urugʻchilik qoʻshma korxonasi 91 5 3 1 1 Jami 415 20 1 9 5 2 3 0 Transport va aloqa 3. Tuman telekommunikatsiya bogʻlamasi 50 3 2 1 4. G�la Osiyo pochta boʻlimi 59 3 2 1 Jami 109 6 0 4 2 0 0 Qurilish 5. 47-son XKMK 394 21 13 3 3 2 6. Tuman yoʻl qurilish boʻlimi 45 2 1 1 Jami 439 23 0 14 3 4 2 0 Sogʻliqni saqlash 7. Tuman tibbiyot birlashmasi 795 43 1 30 4 5 2 1 8. Kattalar poliklinikasi 207 12 1 8 1 2 9. Sanitariya epedimiologiya nazorat markazi 70 4 2 1 1 10. Stomatologiya poliklinikasi 37 2 2 11. Issiq suv MChJ 111 5 3 1 1 Jami 1220 66 2 45 7 9 2 1 Boshqa sohalar 12. Gala Osiyo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 115 7 4 1 2 13. Gala Osiyo qurilish va transport kasb-hunar kolleji 145 8 1 4 3 14. Gala Osiyo pedagogika kolleji 159 7 3 2 2 15. Buxoro tuman maishiy xizmat kasb-hunar kolleji 52 3 2 1 16. Yangi turmush iqtisodiyot kolleji 75 4 2 2 17. Buxoro tuman Sanoat kasb-hunar kolleji 48 3 1 1 1 18. Buxoro tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 30 1 1 19. 1-umumtaʼlim maktabi 84 4 2 1 1 20. 2-umumtaʼlim mak�abi 50 3 2 1 21. 3-umumtaʼlim maktabi 70 4 2 1 1 22. 4-umumtaʼlim maktabi 57 3 2 1 23. 5-umumtaʼlim maktabi 39 2 1 1 24. 6-umumtaʼlim maktabi 60 3 2 1 25. 7-umumtaʼlim maktabi 57 3 2 1 26. 8-umumtaʼlim maktabi 49 3 2 1 27. 9-umumtaʼlim maktabi 59 3 2 1 28. 10-umumtaʼlim maktabi 81 3 2 1 29. 11-umumtaʼlim maktabi 54 2 2 30. 13-umumtaʼlim maktabi 46 2 2 31. 16-umumtaʼlim maktabi 44 2 1 1 32. 17-umumtaʼlim maktabi 51 3 2 1 33. 18-umumtaʼlim maktabi 95 5 3 1 1 34. 19-umumtaʼlim maktabi 53 3 3 35. 20-umumtaʼlim maktabi 32 1 1 36. 21-umumtaʼlim maktabi 49 2 2 37. 22-umumtaʼlim maktabi 43 2 1 1 38. 23-umumtaʼlim maktabi 73 4 3 1 39. 24-umumtaʼlim maktabi 63 4 4 40. 25-umumtaʼlim maktabi 50 3 2 1 41. 26-umumtaʼlim maktabi 48 3 2 1 42. 27-umumtaʼlim maktabi 86 5 1 3 1 43. 28-umumtaʼlim maktabi 60 3 2 1 44. 29-umumtaʼlim maktabi 81 4 2 1 1 45. 30-umumtaʼlim maktabi 43 2 1 1 46. 31-umumtaʼlim maktabi 71 3 2 1 47. 32-umumtaʼlim maktabi 62 3 2 1 48. 33-umumtaʼlim maktabi 40 2 1 1 49. 34-umumtaʼlim maktabi 51 3 1 1 1 50. 35-umumtaʼlim maktabi 44 2 2 51. 36-umumtaʼlim maktabi 34 2 2 52. 37-umumtaʼlim maktabi 34 2 1 1 53. 38-umumtaʼlim maktabi 59 3 1 1 1 54. 39-umumtaʼlim maktabi 34 2 2 55. 40-umumtaʼlim maktabi 32 2 1 1 56. 41-umumtaʼlim maktabi 32 2 1 1 57. 42-umumtaʼlim maktabi 33 2 1 1 58. 43-umumtaʼlim maktabi 40 2 1 1 59. 45-umumtaʼlim maktabi 29 1 1 60. 47-umumtaʼlim maktabi 30 1 1 61. 48-umumtaʼlim maktabi 30 1 1 62. 49-umumtaʼlim maktabi 35 2 2 63. 50-umumtaʼlim maktabi 42 2 2 64. 51-umumtaʼlim maktabi 32 2 2 65. 52-umumtaʼlim maktabi 29 1 1 66. 13-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 48 3 2 1 67. Maxsus sport maktab internati 46 2 1 1 68. Gala Osiyo gaz 152 9 4 2 3 69. Buxoro tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi 59 3 1 2 70. Ochiq aksiyadorlik jamiyati “Qishloq qurilish banki”ning Gala Osiyo filiali 31 2 1 1 71. Buxoro tuman ixtisoslashgan aksionerlik tijorat “AGROBANK” 40 2 2 72. Xalq bank Gala Osiyo boʻlimi 40 2 2 73. Moliya boʻlimi 30 1 1 74. Buxoro tuman davlat soliq inspeksiyasi 50 2 1 1 75. Buxoro tuman obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻlimi 126 5 1 1 2 1 Jami 3616 185 6 114 19 44 0 2 HAMMASI: 5812 300 9 186 36 59 7 3
