Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (70-son)
26.02.2016
Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi hamda Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlariga (roʻyxat raqami 2751, 2016-yil 14-yanvar) asosan, dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari) faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliqroq hisobga olinishini taʼminlash, shuningdek sifati past, qalbaki va kontrabanda mahsulotlari sotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat moliya (D. Ubaydullayev) va Davlat soliq boshqarmasining (Q. Mamatisayev) takliflariga asosan, Bozor va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari 1-ilovaga muvofiq, bozorlar va savdo komplekslarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari hamda bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulklarga koʻrsatiladigan majburiy xizmat turlari miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻlimi (Sh. Mirzajonov) va bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yigʻimlarni belgilangan tartibda toʻliq undirilishini taʼminlasinlar hamda bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek koʻrsatiladigan majburiy xizmatlarning tasdiqlangan roʻyxati va qiymatini bozorlar va savdo komplekslariga kiriladigan barcha joylariga osib qoʻysinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻlimi (Sh. Mirzajonov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan bozorlarda va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, koʻrsatiladigan xizmatlar, foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari yigʻim miqdorlarini koʻpaytirish evaziga tushadigan daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52(I)-son; 2008-y., 52-son, 512-modda) belgilangan tartibda budjetga yoʻnaltirilishini nazorat qilsin.
4. “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati (U. Abdushohidov)ga viloyat hududidagi bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yigʻim va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida targʻib qilib borish tavsiya etilsin.
5. Toshkent viloyati hokimining 2015-yil 25-fevraldagi 73-son “Toshkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Abduqodirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. USMANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-fevral,
70-son
Viloyat hokimning 2016-yil 26-fevraldagi 70-son qaroriga 1-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarining minimal
MIQDORLARI
T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Viloyat markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar I Mahsulotlarini rastadagi savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: 1 oʻrin/kunga 7500 6000 Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum,olcha, qulupnay, malina va h.k sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon) tropik mevalar (banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan hoʻl mevalar 1 oʻrin/kunga 10000 10000 1.2. Quruq mevalar: 1 oʻrin/kunga 10000 8000 turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, er-yongʻoq, bodom, pistalar, shoʻr danak va h.q 1.3. Sabzavotlar: 1 oʻrin/kunga 5000 5000 kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, boimjon, patisson, pomidor, bodiring va pishirilgan joʻxori va h.k Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodiring 1 oʻrin/kunga 8000 8000 1.4. Poliz maxsulotlri: 1 oʻrin/kunga 8000 8000 xandalak, qovun, tarvuz, qovoq (har 6 kv.m joy uchun) 1.5. Don mahsulotlari: 1 oʻrin/kunga 5000 5000 kungaboqar, yormalar (krupa), kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, suli, arpa va h.k. guruch 1 oʻrin/kunga 7000 6500 1.6. Dukkakli mahsulotlar: 1 oʻrin/kunga 5000 5000 mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1.7. Sut mahsulotlari: 1 oʻrin/kunga 5200 4800 sut, qatiq, suzma va h.k. sut, qatiq, suzma va h.k. muzlatkichda 1 oʻrin/kunga 7200 6500 qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, va h.k. 1 oʻrin/kunga 7800 6500 1.8. Tuzlamalar va boshqa mahsulotlar: 1 oʻrin/kunga 6000 5500 karam, bo�ring, pomidor va h.k. karam, bodring, pomidor va h.k. (muzlatkichda) 1 oʻrin/kunga 8000 7200 1.9. Ziravor va dorivorlar (zira, muruch, qalampir va h.k.) 1 oʻrin/kunga 6000 5500 1.10. Asal 1 oʻrin/kunga 8000 7000 1.11. Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonalarda yetishtirilgan koʻkatlar) 1 oʻrin/kunga 3000 3000 1.12. Tuxum 1 oʻrin/kunga 4000 4000 muzlatkichda tuxum sotish 1 oʻrin/kunga 6300 6300 1.13. Gullar va tuvak gullar(har 6 kv.m joy uchun) 1 oʻrin/kunga 12000 10000 1.14. Koʻchatlar (har 6 kv.m joy uchun) 1 oʻrin/kunga 12000 12000 1.15. Non mahsulotlari: obi non, yogʻliq patir va h.k. 1 oʻrin/kunga 5000 5000 1.16. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, qandolat mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan pishiriqlar 1 oʻrin/kunga 7000 6500 Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, qandolat mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan pishiriqlarni muzlatkichda sotish 1 oʻrin/kunga 9000 8500 1.17. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari, salqin ichimliklar va muzqaymoqlar 1 oʻrin/kunga 8500 8500 1.18. Milliy va tansiq taomlarni sotish 1 oʻrin/kunga 10000 10000 1.19. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilar sotish 1 oʻrin/kunga 4000 4000 1.20. Supurgi 1 oʻrin/kunga 4000 4000 1.21. Tirik baliq, shu jumladan baliq va baliq mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 11000 10000 xovuzlarda baliq sotish 1 kv.m/kunga 1000 1000 akvariumlarda baliq sotish 1 oʻrin/kunga 20000 18000 1.22. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchilik va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 8000 7500 2. Goʻsht mahsulotlari: 1 oʻrin/kunga 13500 13500 mol, qoʻy, choʻchqa va parranda goʻshti, jigar va dumba; Tayyor pishgan goʻshtli mahsulotlar: (qazi, til, yangilik, ruletlar, kolbasalar va h.k.) 1 oʻrin/kunga 16000 16000 3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan sotish 1 mashina 13000 12500 yuk avtomashinalardan sotish 1 mashina 20000 18500 tirkamali, yarim tirkamali, yuk mashinalari va avtopoyezdlardan sotish 1 mashina 25000 24500 mahsulotlarni erdan ulgurji sotish (maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv.metrgacha maydonda) 1 oʻrin/kunga 15500 15500 Xoʻl meva mahsulotlarni (olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum,olcha, qulupnay, malina va h.k) erdan ulgurji sotish (maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv.metrgacha maydonda) 1 oʻrin/kunga 18000 16000 3.1. Ixtisoslashgan Yangiyoʻl tuman dexqon bozori MChJga qarashli ulgurji filiali uchun Mahsulotlarni erda ulgurji sotish (1 savdo oʻrni 2 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 5000 Mahsulotlarni yengil avtomashinalarda sotish 1 oʻrin/kunga 10000 Mahsulotlarni yuk avtomashinalarda sotish 1 oʻrin/kunga 15000 Omborlarda buyumlarni saqlash (50x50x100 oʻlchamdagi 1 joy uchun) 1 oʻrin/kunga 1100 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar: 1 oʻrin/kunga 6000 5000 (shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon guruch poyasi, makkajoʻxori poyasi va h.k.) shu jumladan; har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun 1 mashina 15000 15000 Ot,eshak arava xamda motorollerda xashak, pichan, gʻoʻza poyasi, oʻtin va x.k sotish 1 arava 3000 2000 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Xasanboy savdo kompleksi Qurilish mollari (50 kv.m.) 1 oʻrin/kunga 22000 Karbid elektrod, mix, santexnika (3 kv.m.gacha) 1 oʻrin/kunga 9000 Konteynerlardan omborxona sifatida foydalanish uchun (1 kv.m.ga) 1 oʻrin/kunga 500 Bostirmalar tagida omborxona sifatida foydalanish uchun (1 kv.m.ga) 1 oʻrin/kunga 400 5.2. Toj yallo savdo kompleksi Ishlatilgan qurilish mollari (50 kv.m. gacha) 1 oʻrin/kunga 9000 Karbid elektrod, mix (3 kv.m.gacha) 1 oʻrin/kunga 7800 Boshqa qurilish mollari (50 kv.m.gacha) 1 oʻrin/kunga 15600 5.3. Sazovorsavdo savdo kompleksi Toʻsin (kruglyak) a) 30 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 5100 b) 60 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 10200 v) 90 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 13500 g) 120 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 20400 Karbid elektrod, lak boʻyoqlar (3 kv.m.gacha) 1 oʻrin/kunga 7800 Boshqa qurilish mollari (50 kv.m.gacha) 1 oʻrin/kunga 15600 Bozor hududida boʻsh boʻlgan maydonda qurilish mahsulotlarini saqlash uchun (120 kv.m.gacha) 1 oʻrin/kunga 12000 5.4. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: a) 6 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 16000 16000 b) 6-15 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 19000 19000 v) 15-30 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 31000 31000 5.5. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish 1 oʻrin/kunga 8000 8000 5.6. Foydalanishda boʻlgan qurilish materiallari (truba, armatura, ugolok, shifer, tunuka va h.k.) 50 kv.m.gacha 1 oʻrin/kunga 19000 19000 5.7. Mahsulotlarni avtotransport vositalaridan sotish 5.8. Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan yuk avtomashinalarida sochiluvchan mahalliy xomashyolarni sotish (qum, shagʻal, sheben,gʻisht, tuproq, goʻng, oʻtin, yogʻoch, shox-shabbalar, eshik rom va boshqalar) 1 mashina 8300 6500 5.9. Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomashinalarida sochiluvchan mahalliy xomashyolarni sotish (qum, shagʻal, sheben, gʻisht, tuproq, goʻng, oʻtin, yogʻoch, shox-shabbalar, eshik rom va boshqalar) 1 mashina 9500 8500 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qisimlarini sotish: Avtomobil ehtiyot qismlarini sotish 1 oʻrin/kunga 7500 7500 Uy-jihoz buyumlari, foydalanilgan kiyim-kechaklarni sotish (har bir kv.m uchun) 1 oʻrin/kunga 3000 2500 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 8500 8500 yuk avtomashinalari, avtobuslari, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 12000 12000 mototsikl, motorellerva mopedlar 1 dona 4000 4000 velosiped 1 dona 2500 2500 8. Mol bozoriga olib kiriladigan xar bir chorva mollari uchun 8.1. Ot, toy, tuya. 1 bosh 16000 16000 Boʻtaloq, eshshak 1 bosh 5500 5500 8.2. Yirik shohli qoramol Yirik shohli qoramol (shu jumladan sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 27000 27000 Yirik shohli qoramol 1 bosh 15000 15000 Buzoq 1 bosh 12000 12000 8.3. Mayda shohli qoramol Qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va x.k.) 1 bosh 14000 14000 Qoʻy, echki 1 bosh 7500 7500 Qoʻzi, uloq 1 bosh 6500 6500 8.4. Choʻchqalar va choʻchqa bolalari 1 bosh 5000 5000 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1000 1000 kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz, joʻjalar 10 bosh 1000 1000 9.1. Chorva mollar bozorlarida egar, arqon, yugan, halqa, taqa va boshqalar sotish (1,2 m uchun) 1 oʻrin/kunga 6500 6500 10. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 4000 4000 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 4000 4000 12. Itlar va mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar xamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 6000 6000 13. Itlar va mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar , shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlari bir joyda 1 oʻrin/kunga 7000 7000 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 6000 5000
Eslatma: non, sut, goʻsht, pishirilgan oziq-ovqat va konditer mahsulotlarini sotuvchilari maxsus ust-bosh kiyimlaridan foydalanishi majburiydir.
Viloyat hokimning 2016-yil 26-fevraldagi 70-son qaroriga 2-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoatlar va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning minimal
MIQDORLARI
T/r Bozorlar va savdo komplekslari nomi Oʻlchov birligi Oziq-ovqat mahsulotlari sotish Nooziq-ovqatlar mahsulotlari sotish Umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun Maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari uchun Boshqa turdagilar uchun (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k.) I. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari 1.1. Boʻstonlik tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 36000 36000 36000 36000 36000 1.2 Boʻka tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 12000 12000 12000 12000 12000 1.3. Zangiota tumani Xoʻjalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 31000 31000 31000 31000 31000 Xoʻjalik mollari va hunarmandlar filialidagi 2 qavatli savdo pavilionining 2 qavatidagi turgʻun savdo shoxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 15000 15000 15000 15000 15000 1.4. Zangiota tumani dexqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 1.5. Zangiota tumani Xasanboy savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 25000 25000 25000 25000 25000 1.6. Zangiota tumani Ilm shuʼlasi savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 1.7. Zangiota tumani Sazovor savdo savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 5000 1.8. Yuqorichirchik tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 32000 32000 32000 32000 32000 1.9. Oqqoʻrgʻon tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 1.10. Ohangaron tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 1.11. Parkent tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 Ikki qavatli savdo binosining ikkinchi qavatidagi 20 ta turgʻun savdo shaxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 15000 15000 15000 15000 15000 1.12. Piskent tumani dexqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 Piskent tumani dexqon bozori MChJga qarashli Murotali va Yakshanba bozor filiallaridagi turgʻun savdo shoxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 6400 7600 7600 3800 3800 1.13. Chinoz tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 1.14. Chinoz tumani savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 32000 32000 32000 32000 32000 1.15. Oʻrtachirchiq tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 1.16. Quyichirchiq tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 1.17. Yangiyoʻl tumani dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 42000 42000 42000 42000 42000 ikki qavatli savdo pavilonining ikkinchi qavatidagi turgʻun savdo shoxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 15000 15000 15000 15000 15000 Ulgurji filialdagi turgʻun savdo shoxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 24000 24000 24000 24000 24000 Chorva mollar filialidagi turgʻun savdo shoxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 10000 10000 10000 10000 10000 1.18. Yangiyoʻl tuman savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 45000 45000 45000 45000 45000 Savdo kompleksining ichki qismidagi 30 ta doʻkondan �borat blokka 1 kv.m./1 oyga 26500 26500 26500 26500 26500 yopiq pavilʼoni ichidagi 38 ta turgʻun savdo shoxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 26500 26500 26500 26500 26500 1.19. Angren shahar dexqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 36000 36000 36000 36000 36000 Oziq-ovqat pavilonidagi turgʻun savdo shoxobchalaridan 1 kv.m./1 oyga 36000 36000 36000 36000 36000 Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarning filiali uchun 1 kv.m./1 oyga 20000 20000 20000 20000 20000 1.20. Olmaliq shahar dexqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 36000 36000 36000 36000 36000 1.21. Olmalik shahar savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 42000 42000 42000 42000 42000 1.22. Bekobod shahar dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 38000 38000 38000 38000 38000 1.23. Bekobod shahar savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 42000 42000 42000 42000 42000 1.24. Chirchiq shahar dehqon bozori MChJ 1 kv.m./1 oyga 36000 36000 36000 36000 7000 2. Angren shahar Angren savdo majmuasi MChJ 1 kv.m./1 oyga 17000 17000 17000 17000 17000 3. Bek baraka savdo kompleksi MChJ 1 kv.m./1 oyga 36000 36000 36000 36000 36000 savdo kompleks hududidagi er-toʻla, 2 va 3-qavatlar uchun : 1 kv.m./1 oyga 15000 15000 15000 15000 15000 4. Viloyat hududidagi boshqa bozorlar va savdo komplekslari 1 kv.m./1 oyga 30000 30000 30000 30000 30000 5. Viloyatdagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari hududiga uyali aloqa kompaniyalari tomonidan oʻrnatilgan podstansiyalar 1 kv.m./1 oyga 15000 II. Inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Viloyat markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 2.1. Inventarlarni ijaraga berish: 2.1.1. Tosh-tarozlar uchun 1 kunga 2000 2000 2.1.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg.gacha tortadigan 1 kunga 4000 4000 150 kg.dan 1500 kg.gacha tortadigan 1 kunga 9000 9000 2.1.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patniz, savat va h.k) 1 kunga 1500 1000 (butun toʻplam uchun savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 2.1.4. Maxsus ust-bosh kiyimdan foydalanish: (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 500 500 2.1.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 1500 1000 2.1.6. Yuk aravachalari uchun 1 kunga 9000 8000 Bek baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi MChJda Kichik hajimdagi yuk aravachalari uchun 1 kunga 10000 Katta hajmdagi yuk aravachalari uchun 1 kunga 12000 2.1.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanilganligi uchun (1m.kv) 1 kunga 1500 1000 2.2. Koʻrsatiladigan xizmatlar turi 2.2.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutgichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 2500 2500 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 1800 1600 bozor hududidagi ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 1800 1600 2.2.2. Omborlarda buyumlarni saqlash (50x50x100 oʻlchamdagi 1 joy uchun) 1 kunga 1500 1500 Bek baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi MChJda Konteynerlardan omborxona sifatida foydalanish uchun 20 tonnalik konteyner/kunga 10000 Konteynerlardan omborxona sifatida foydalanish uchun 40 tonnalik konteyner/kunga 17000 Omborlarda buyumlarni saqlash (50x50x100 oʻlchamdagi 1 joy uchun) 1 oʻrin/kunga 1100 Jismoniy shaxslar tomonidan oʻrnatilgan muzlatgichli kameralar uchun: 10 kv.metrgacha (har bir kv.metr uchun) 1 kunga 1500 1200 10 kv.metrdan yuqori (har bir kv.metr uchun) 1 kunga 2000 1500 2.2.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuktarozida 1-marta tortish 1000 1000 yirik va mayda shohli qoramolni tortish 1-marta tortish 2000 1500 2.2.3. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkam�li yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta tortish 3000 2400 yuksiz 1-marta tortish 2500 2000 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan yuk bilan 1-marta tortish 2000 2000 yuksiz 1-marta tortish 1500 1500 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta tortish 1500 1500 yuksiz 1-marta tortish 1200 1200 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta tortish 2000 2000 yuksiz 1-marta tortish 1500 1500 2.2.4. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1ta joy uchun) 1 kunga 5000 5000 2.2.5. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatgacha 2000 2000 2 soatgacha 3000 3000 2 soatdan ortiq 4000 4000 yuk avtomashinalar uchun 1 soatgacha 3000 3000 2 soatgacha 4000 4000 2 soatdan ortiq 5000 5000 2.2.6. Bozor balansida boʻlgan hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 500 500 Zangiota tuman Bek baraka-savdo kompleksi hududida boʻlgan hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 600 2.2.7. Telefondan foydalanish 1-marta 500 500 2.2.8. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 500 500 III. Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfalʼtlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, tratuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya latoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* 1 kv.m./1 oyga 5000 3500 IV. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi mulkdorlarga tegishli boʻlgan hojatxonalardan bozorlar va savdo komplekslari boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar 1 kv.m./1 oyga 10000 10000 V. Yangiy�l tuman savdo kompleksi hududidagi mulkdorlarga tegishli boʻlgan bino, inshoat va qurilmalar savdo kompleksi boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar 1 kv.m./1 oyga 10000 Yangiyoʻl tuman dehqon bozori hududidagi mulkdorlarga tegishli boʻlgan bino, inshoot va qurilmalar dehqon bozori boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar 1 kv.m./1 oyga 5000 Olmaliq shahar dehqon bozoriga qarashli Turkiston 1 manzilida joylashgan dehqon bozori filiali hududidagi mulkdorlarga tegishli boʻlgan bino, inshoot va qurilmalarga koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar 1 kv.m./1 oyga 4000 Zangiota tuman Bek baraka-savdo kompleksi hududidagi mulkdorlarga tegishli boʻlgan bino, inshoot va qurilmalar savdo kompleksi boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar 1 kv.m./1 oyga 15000 VI. Bozorlar va savdo komplekslari hududiga kiruvchi avtotransport vositalaridan undiriladigan toʻlovlar: Transport vositalarining yuk ortish va tushirish uchun bozorlar va savdo komplekslari hududiga kirishi (qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tushirish uchun kirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari yarmarkasi avtotransport vositalari bundan mustasno.) 6.1. Yuk mashinalar 1 mashina 4000 4000 6.2. Yengil mashinalar 1 mashina 2000 2000 6.3. Motoroller 1 motoroller 1000 1000 6.4. Ot (eshshak) arava 1 arava 1000 1000
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, koʻrsatiladigan majburiy xizmat roʻyxati va qiymati bozorlar va savdo komplekslari xududidagi bino va inshootlar mulkdorlari kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi.
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni ) oʻlchovi 1,2 pogon metr, Yangiyoʻl tumani dexqon bozorida bir joy (savdo oʻrni ) oʻlchovi 1 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda xar bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy xaqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash xolda sotilganda, toʻlov sotiladigan maxsulotlar boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
3. Dexqon bozorlari va savdo komplekslari hududida joylashgan bozor balansida boʻlmagan bino va inshootlar mulkdorlarining mulkka (kadastr hujjatlari) egalik huquqi boʻlmagan taqdirda bino va inshootlarning egallagan yer maydonlaridan kelib chiqqan holda ijara toʻlovlari undiriladi.
