Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (560-son)
13.10.2015
Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2016-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 301 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz — 9 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 3,7 foiz — 11 kishi,
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 69,5 foiz — 209 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 5,2 foiz — 17 kishi;
Oqqoʻrgʻon tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 4 foiz — 11 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3,7 foiz — 10 kishi;
boshqalar uchun 10,7 foiz — 31 kishi, shu jumladan kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 29 kishi, odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 2 kishi miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
2. 2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2015-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2016-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2016-yil 1-apreliga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (L. Abduraimov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
8. Oqqoʻrgʻon tuman hokimining 2015-yil 28-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 533-son qarori hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Karimdjanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. DADAJONOV
Oqqoʻrgʻon sh.,
2015-yil 13-oktabr,
560-son
Tuman hokimining 2015-yil 13-oktabrdagi 560-sonli qaroriga ILOVA
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar
ROʻYXATI
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Jami ishlovchilar soni Jami kvota boʻyicha Yolgʻiz ota-ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashganlar Xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar uchun Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlarni ish bilan taʼminlash 1. 1-maktab 53 2 1 1 2. 2-maktab 36 2 2 3. 3-maktab 69 3 1 1 1 4. 4-maktab 60 2 1 1 5. 5-maktab 40 2 2 6. 6-maktab 73 3 1 2 7. 7-maktab 29 2 1 1 8. 8-maktab 54 3 2 1 9. 9-maktab 71 2 1 1 10. 10-maktab 43 2 1 1 11. 11-maktab 76 3 2 1 12. 12-maktab 30 2 2 13. 13-maktab 44 2 1 1 14. 14-maktab 29 2 2 15. 15-maktab 32 1 1 16. 16-maktab 62 3 1 2 17. 17-maktab 54 2 1 1 18. 18-maktab 27 1 1 19. 19-maktab 42 2 2 20. 20-maktab 34 2 1 1 21. 21-maktab 31 1 1 22. 22-maktab 28 1 1 23. 23-maktab 69 4 1 2 1 24. 24-maktab 20 1 1 25. 25-maktab 44 2 1 1 26. 27-maktab 35 2 1 1 27. 28-maktab 39 2 2 28. 29-maktab 44 3 1 2 29. 30-maktab 45 3 2 1 30. 31-maktab 35 2 2 31. 32-maktab 30 1 1 32. 33-maktab 31 2 1 1 33. 34-maktab 43 3 3 34. 35-maktab 45 2 2 35. 36-maktab 35 2 1 1 36. 37-maktab 24 1 1 37. 38-maktab 49 3 3 38. 39-maktab 45 2 2 39. 40-maktab 23 1 1 40. 41-maktab 35 1 1 41. 42-maktab 26 1 1 42. 43-maktab 46 2 2 43. 44-mak�ab 46 2 2 44. 45-maktab 22 1 1 45. 46-maktab 70 3 1 1 1 46. 47-maktab 28 1 1 47. 48-maktab 39 1 1 48. 49-maktab 45 2 2 49. 50-maktab 27 1 1 50. Agrobiznes va serviskolleji 93 5 2 1 1 1 51. Agrosanoat kolleji 106 7 3 1 1 1 1 52. Transport va serviz kolleji 114 7 4 1 1 1 53. Qurilish , uy-joy kommunal xizmat va iqtisod kolleji 109 7 5 1 1 54. Ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kolleji 67 4 2 2 55. Qahramon QVP 27 1 1 56. X. Olimjon QVP 23 1 1 57. Olimkent QVP 39 2 1 1 58. Madaniyat KVP 32 2 2 59. A. Navoiy KVP 23 1 1 60. Qonqa KVP 23 1 1 61. Oqqoʻrgʻon KVP 44 2 1 1 62. S. Segizboyev KVP 33 2 2 63. Madaniyat va sprot ishlari 41 1 1 64. Obodonlashtirish 161 8 1 2 1 1 2 1 65. Oqqoʻrgʻon TTB 576 32 1 24 1 1 2 3 66. Oqqoʻrgʻon KTMP 188 11 1 8 1 1 67. Xalq banki 39 2 2 68. Agro bank 33 2 2 69. Mikrokredit bank 39 1 1 70. Agrotexservis 28 1 1 71. Olimkent PTZ 450 23 2 15 4 2 72. Internat -78 141 7 2 1 4 73. DSENM 91 4 3 1 74. Pochta 63 3 2 1 75. Oqqoʻrgʻon ATP 63 4 2 1 1 76. 25 BMSM 40 2 2 77. YANGI CHINOZ TRANS MChJ 37 1 1 78. ROSS-GREEN-TEX MChJ 20 1 1 79. PISKENT KAPITAL TRANS MChJ 50 1 1 80. TOSHKENTPAXTATRANS MChJ 42 1 1 81. OZODLIK AGROTEXSERVIS MChJ 23 1 1 82. Oqqoʻrgʻon avtoreys MChJ 25 1 1 83. 46-sonli avtokorxona 20 1 1 84. BABM 21 1 1 85. Oqqoʻrgʻon tuman gaz 124 6 1 2 1 2 86. Oqqoʻrgʻon tuman yoʻl xoʻjaligi boʻlimi 49 2 1 1 87. Oqqoʻrgʻon tuman xalq taʼlim boʻlimi 32 1 1 88. Veterinariya 33 2 1 1 89. ECE TEXTILE 200 14 14 90. Elektr taʼminot korxonasi 102 5 3 2 91. 1 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Oxunboboyev 99 5 3 1 1 92. 2 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Tinchlik k 27 1 1 93. 5 DMTM Oqqoʻrgʻon sh U.Nosir k 32 2 2 94. 6 DMTM Oqqoʻrgʻon sh Mustaqillik k 40 2 2 95. 7DMTM Oqqoʻrgʻon sh Olmazork 36 2 2 96. 8DMTM Oqqoʻrgʻon sh Olmazork 34 2 2 97. 9DMTM Oqqoʻrgʻon sh Doʻstlik 28 1 1 98. 10DMTM Oqqoʻrgʻon sh Yoshlik 30 2 2 99. 11 DMTM Toshtoʻgʻon QFY 23 1 1 100. 16 DMTM Erkinlik QFY 25 1 1 101. 17 DMTM Alimkent QFY 43 2 2 102. 18 DMTM Oqqoʻrgʻon J/X 46 3 2 1 Jami 5984 301 11 209 9 11 17 10 2 29 1 2
