Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (614-son)
26.10.2015
toshkent viloyati Olmaliq shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y, 29-30- son, 277-modda; 2010-y, 35-36- son, 300- modda; 2013-y, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun shaharda 2016-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 1278 kishini tashkil etadigan 4 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz — 52 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 5 foiz — 83 kishi;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 5 foiz — 944 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 2 foiz — 47 kishi;
Olmaliq shahar hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1,5 foiz — 25 kishi;
Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 5 foiz — 60 kishi;
Safarbarlik chaqiruchi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun 1 foiz — 3 kishi;
Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 7,5 foiz — 21 kishi;
“Odam savdosi” jabrdiydalari uchun 2,5 foiz — 32 kishi;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj kasalliklar bilan ogʻriyotganlar va kam taʼminlangan oilalar uchun 3 foiz — 11 kishi;
2. 2015-yilda ijtimoiy muhofaza muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2015-yil yakunlashidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2016-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2016-yil 1-apreliga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qarorning ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
7. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Eshboyev) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlansin.
8. Olmaliq shahar hokimining 2015-yil 22-yanvardagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 23-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari N. Quddusov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. MANNAPOV
Olmaliq sh.,
2015-yil 26-oktabr,
614-son
Shahar hokimining 2015-yil 26-oktabrdagi 614-sonli qaroriga ILOVA
2016-yilda Olmaliq shahri boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish
DASTURI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Ularda ishlovchilar soni Band qilingan ish oʻrinlari soni Shu jumladan Jami Shu jumladan nogironlar uchun Yolgʻiz ota, onalar hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan shaxslar Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod etilgan shaxslar Odam savdosi jabrdidalari va deportatsiya qilingan shaxslar Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamaydigan ayollar Ijtimoiy himoyaga muxtoj kasalliklar bilan ogʻriyotgan va kam taminlangan oilalar uchun Shahar boʻyicha jami 35976 1278 52 83 944 47 52 23 60 32 3 21 11 1. AJ Olmalik kon-metallurgiya kombinati 22786 708 27 35 608 7 27 7 0 23 1 3 0 2. AJ AMMOFOS-MAXAM 3375 94 6 18 55 4 6 3 3 2 1 1 1 3. MChJ NOVO WOOD 89 5 2 1 1 1 4. XSIChK Olmaliq Pivo 36 3 2 1 5. MChJ Sanoattexmontaj 28 3 2 1 6. MChJ Olmaliq Poʻlatmontaj 44 3 2 1 7. MChJ Montajkimyo himoya 36 2 2 8. MChJ Olmaliq dehqon bozori 25 1 1 9. MChJ Olmaliq Goʻsht-sut savdo 58 4 2 1 1 10. MChJ Olmaliq avtomobil Oʻquv-ishlab chiqarish kombinati 74 2 2 11. Olmaliq shahar koʻp tarmoqli poliklinikasi 526 17 1 1 14 1 1 12. Olmaliq shahar oilaviy poleklinikasi 606 18 16 1 1 13. Bolalar stomatologiya poliklinikasi 40 2 1 1 14. Olmaliq shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 114 6 1 1 2 1 1 15. Olmalik shahar Ruhiy-asab kasalliklar dispanseri 92 3 1 1 1 1 16. MChJ Stomatologiya poliklinikasi 27 1 1 17. Olmaliq shahar Tugʻruq kompleksi 320 12 1 8 1 1 19. Olmalik shahar Bolalar shifoxonasi 255 10 1 7 1 1 20. Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi 926 35 1 2 23 1 2 2 1 1 2 1 21. MChJ Olmaliq Suvoqova 414 16 2 5 1 1 2 1 1 2 1 22. Olmaliq shahar obodonlashtirish boshqarmasi davlat korxonasi 131 7 1 1 1 1 1 1 1 23. MChJ Olmaliq Avtobus-taksi saroyi 93 5 1 1 1 1 2 24. MChJ Olmaliq Metal-konstruksiya 100 6 2 1 2 1 25. QQ MChJ MAXAM UZBEKISTAN 45 2 2 26. Olmaliq shahar Taʼmirlash-yigʻish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi 35 2 1 1 27. MChJ Everes-tur 24 1 1 28. MChJ Olmaliq Gʻishtchisi 199 10 4 2 2 1 1 29. MChJ TIA-JAXON 32 2 1 1 30. IBUK Olmaliq Sharob savdo 25 1 1 31. MChJ MINING TECHNOLOGIES 190 10 4 2 2 1 1 32. MChJ Madan kon invest 34 2 1 1 33. MChJ KNOW-HOW IN PRODUKTION PROCESS qoʻshma korxonasi 50 3 1 1 1 34. Olmaliq shahar garajlar va sanitar-tozalash boshqarmasi 32 2 1 1 35. MChJ Parvoz avto trans 23 1 1 36. MChJ Shamsutdin trans 20 1 1 37. MChJ UZTAFTING IMPEX Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi 40 2 1 1 38. 3-sonli Havoiy davlat konchilik instituti qoshidagi Olmaliq akademik litseyi 63 3 2 1 39. Olmaliq Sanoat kasb-hunar kolleji 160 6 6 40. Olmaliq qurilish va uy-joy kommunal xoʻjalik kasb-hunar kolleji 139 4 1 3 41. Olmaliq Tibbiyot kolleji 110 5 1 3 1 42. Olmalik ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 91 4 1 1 1 1 1 43. Olmaliq shahar Kon-metallurgiya kasb-hunar kolleji 87 4 1 3 44. Olmaliq shahar Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 31 2 1 1 45. Olmaliq shahar Moliya boʻlimi 20 1 1 46. Olmalik shahar konchilik kasb-hunar kolleji 93 4 3 1 47. UKOlmaliq Tamirlash- yigʻish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi 26 1 1 48. Olmaliq shahar Davlat soliq inspeksiyasi 80 4 3 1 49. XShM Tibbiy koʻrik 23 1 1 50. Mudofaga koʻmaklashuvchi Olmaliq avtomobil maktabi 32 2 1 1 51. Olmaliq shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi d?vlat korxonasi 44 2 2 52. MChJ Olmaliq Qidiruv-tekshiruv partiyasi 20 1 2 53. MChJ Olmaliq-Obodonchilik 24 1 1 54. Olmaliq shahar Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr davlat korxonasi 30 2 2 0 55. MChJ Savdo 30 2 2 56. AJ OKMK Kasaba uyushmasi 240 8 1 3 3 1 1 57. MChJ Olmaliq Kimyogar-fayz 25 1 1 58. MChJ Sanoattexgazmontaj 25 1 1 59. Olmaliq pochta aloqa tarmogʻi 70 2 2 60. Xalq banki Olmaliq filiali 36 1 1 61. ATIB Ipoteka bank Olmaliq filiali 135 4 4 62. ATB Xamkorbank Olmaliq filiali 41 1 1 63. TIF Milliy bank Olmaliq filiali 43 1 1 64. ATB Sanoatqurilish banki Olmaliq filiali 37 1 1 65. Olmaliq shahar Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 27 1 1 66. 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati 195 10 3 1 4 3 1 1 67. 1-maktab 84 4 4 68. 2-maktab 85 3 3 69. 3-maktab 54 3 3 70. 4-maktab 53 2 2 71. 5-maktab 54 2 2 72. Olmaliq shahar imkoniyati cheklangan bolalar uchun 6-ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab 70 3 1 2 1 73. 7-maktab 67 3 3 74. 8-maktab 47 2 2 75. 9-maktab 38 2 2 76. 10-maktab 30 1 1 77. 11-maktab 93 4 1 3 78. 12-maktab 59 2 2 79. 13-maktab 33 2 2 80. 14-maktab 68 3 3 81. 15-maktab 71 3 3 82. 16-maktab 73 3 3 83. 17-maktab 85 3 3 84. 18-maktab 120 4 1 1 1 1 85. 19-maktab 108 4 3 1 86. 20-maktab 117 4 3 1 87. 21-maktab 57 2 2 88. 22-maktab 103 4 1 2 1 89. 23-maktab 56 2 1 1 90. 8-sonli bolalar sanʼat maktabi 56 2 3 91. 2-maktabgacha taʼlim muassasasi 42 2 2 92. 3-maktabgacha taʼlim muassasasi 40 2 2 93. 5-maktabgacha taʼlim muassasasi 24 1 1 94. 6-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 1 1 95. 7-maktabgacha taʼlim muassasasi 27 1 1 96. 9-maktabgacha taʼlim muassasasi 58 3 3 97. 10-maktabgacha taʼlim muassasasi 57 3 3 98. 11-maktabgacha taʼlim muassasasi 52 2 2 99. 12-maktabgacha taʼlim muassasasi 21 1 1 100. 13-maktabgacha taʼlim muassasasi 64 3 3 101. 15-maktabgacha taʼlim muassasasi 29 1 1 102. 16-maktabgacha taʼlim muassasasi 43 2 2 103. 19-Davlat maxsus maktabgacha taʼlim muassasasi 44 2 2 104. 23-maktabgacha taʼlim muassasasi 50 2 2 105. 32-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 106. 38-maktabgacha taʼlim muassasasi 27 2 2 107. 41-maktabgacha taʼlim muassasasi 24 1 1 108. 1-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 40 2 2 109. 3-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 36 2 2 110. MChJ AVTOMOTOXAVASKORLAR OLMALIQ BO`LIMI 24 1 1 111. MChJ Sintez togʻ-kon qurilish sanoat 48 3 1 1 1 112. MChJ Olmaliq Shamoltrans 23 1 1 113. MChJ QQ Zartoli tekistel 30 2 1 1 114. MChJ Ulugʻ xushrav 46 3 1 1 1 115. 10-sonli Alohida harbiylashtirilgan qutqaruv vzvodi 56 3 1 2 116. MChJ Gazel-Raf 25 2 1 1 117. MChJ Asilbek-osh 55 3 2 1 118. MChJ Giving-xelt 23 1 1 119. MChJ Qurama vostok 30 2 1 1 120. MChJ Olmaliq Translayn 22 1 1 121. MChJ Olmaliq Professional futbol klubi 132 5 5 122. Olmaliq 80-son Avtokorxonasi 24 1 1 123. Olmaliq shahar BARKAMOL AVLOD bolalar markazi 56 3 2 1 124. MChJ UGAM DRILLING 21 1 1 125. MChJ Taksi aktiv 24 1 1 126. MChJ Olmaliq Goʻsht-sut imkon 269 11 1 1 5 1 1 1 1 1 127. MChJ PREMISES INDUSTRY 25 1 1 128. MChJ Olmaliq durdonalari 200 10 1 1 4 1 1 2 1 129. MChJ PRAGMA PLUS 20 1 1 130. MChJ ECO-TIME 20 1 1 131. MChJ HEBEI TRADING INVEST 20 1 1 132. Olmaliq shahar Gaz taʼminoti UK 184 9 1 4 1 1 1 1 133. MChJ CARBON-POLYMER 41 2 1 1 1 134. MChJ Eco Modern Food 227 9 1 1 4 1 1 1 1 135. Issiqlik manbai IChB 135 8 1 2 1 2 1 1 136. Olmaliq shahar Elektr tarmoqlar korxonasi 112 6 4 1 1 137. MChJ SAFO BROK SERVIS 35 2 1 1
