Yakkasaroy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (69-son)
19.02.2016
toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 190-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda, 2010-y., 13-son, 96-modda, 2011-y., 1-2-son, 4-modda, 2012-y., 44-son, 507-modda) muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2016-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarini belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2016-yil 14-yanvardagi bayonini inobatga olib qaror qilaman:
1. Yakkasaroy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 130 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 1390 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarini tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvalga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarni toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar xisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlanganlar uchun ish oʻrinlari.
2. Yakkasaroy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2015-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2016-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilsin;
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qarorning ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Muxammedov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Yakkasaroy tuman hokimining oʻrinbosari N. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hokim v.v.b. S. KADIROV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-fevral,
69-son
Tuman hokimining 2016-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga ILOVA
Yakkasaroy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Tashkilotlar nomi Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarning band qilingan soni (7 % hisobida) Shundan Nogironlar uchun (3 % hisobida) Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun BKMda ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1. 13-sonli ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi 41 2 1 1 2. 5-sonli ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi 30 2 1 1 3. Yakkasaroy tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 27 1 1 4. 155-son maktabgacha taʼlim muassasasi 26 1 1 5. 6-son maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 6. 58-son maktabgacha taʼlim muassasasi 32 2 1 1 7. 132-son maktabgacha taʼlim muassasasi 28 1 1 8. 273-son maxsuslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 9. 348-son maktabgacha taʼlim muassasasi 27 1 1 10. 530-son maktabgacha taʼlim muassasasi 28 1 1 11. 487-son maktabgacha taʼlim muassasasi 29 2 1 1 12. 362-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 27 1 1 13. 100-son maktabgacha taʼlim muassasasi 45 3 2 1 14. 323-maktabgacha taʼlim muassasasi 53 3 1 1 1 15. 249-son maktabgacha taʼlim muassasasi 44 3 1 1 1 16. 150-son maktabgacha taʼlim muassasasi 45 3 1 1 1 17. 300-son maktabgacha taʼlim muassasasi 50 3 1 1 1 18. 73-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 35 2 1 1 19. 369-son maxsuslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi 62 4 1 1 1 1 20. 358-son maktabgacha taʼlim muassasasi 54 3 1 1 1 21. 357-son maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 22. 250-son koʻp ixtisosli maxsus maktabgacha taʼlim muassasasi 62 4 2 1 1 23. 135-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 53 3 2 1 24. 116-son maxsuslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi 67 4 1 1 1 1 25. 125-son ma�tabgacha taʼlim muassasasi 56 3 1 1 1 26. 103-son maktabgacha taʼlim muassasasi 27 1 1 27. 319- umumiy oʻrta taʼlim maktabi 51 3 1 1 1 28. 100-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 49 2 1 1 29. 89- umumiy oʻrta taʼlim maktabi 54 3 2 1 30. 118-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 66 4 1 1 1 1 31. 144-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 80 5 2 1 1 1 32. 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 4 1 1 1 1 33. 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 81 5 2 1 1 1 34. 127-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 84 5 2 1 1 1 35. 91-maxsuslashtirilgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi 76 5 2 1 1 1 36. 160-maxsuslashtirilgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi 91 6 2 1 2 1 37. 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47 3 1 1 1 38. Toshkent toʻqimachilik va e?gil sanoat instituti qoshidagi akademik litsey 45 3 1 1 1 39. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey 64 4 1 1 1 1 40. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litsey 130 9 5 1 2 1 41. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litsey 67 4 1 1 1 1 42. Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji 75 5 2 1 1 1 43. Toshkent tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 62 4 2 1 1 44. Toshkent mehr shafqat kasb-hunar kolleji 62 4 2 1 1 45. Respublika estrada sirk kasb-hunar kolleji 160 11 8 1 1 1 46. Yakkasaroy maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 57 3 1 1 1 47. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 256 17 1 9 1 4 2 48. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti 756 52 3 39 5 3 2 49. Nizomiy nomidagi Toshkent �avlat pedagogika universiteti 670 46 2 30 4 6 2 2 50. ZIYODA-NON MChJ 30 2 1 1 51. Askiya dehqon bozori aksiyadorlik jamiyati 29 2 1 1 52. 38-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 29 2 1 1 53. ABDIRAShIT xususiy ishlab chiqarish va tijorat firmasi 25 1 1 54. SILK ROAD INSURANCE aksiyadorlik jamiyati shaklidagi sugʻurta kompaniyasi 72 5 2 1 1 1 55. AGROQURILIShLOYIXA MChJ 28 1 1 56. TOʻQIMAChI BOBOTEKS MChJ 22 1 1 57. QURAMAX MEDIKAL MChJ 130 9 1 2 4 2 58. GAZMONTAJQURILIShMChJ 48 3 2 1 59. TOShAFUS MChJ shaklidagi qoʻshma korxonasi 82 5 2 1 1 1 60. POYTAXT OIL masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonasi 53 3 3 61. VARAKA OLAM MChJ 32 2 1 1 62. V.V.Nadejdin nomidagi 5-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 39 2 1 1 63. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosi 63 4 3 1 64. Shahar endokrinologiya dispanseri 75 5 2 1 1 1 65. SHIFO NUR KO'Z masʼuliyati cheklangan jamiyati 95 6 3 1 1 1 66. Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi 53 3 1 1 1 67. ARITEKS MChJ 91 6 1 1 1 1 2 68. TOShKENT QURILISh MOLLARI KOMBINATI aksiyadorlik jamiyati 174 12 1 4 3 4 69. SIBIRSKIY BEREGMChJ shaklidagi chet el korxonasi 100 7 2 2 1 2 70. ISSIQLIKQUVVATTAʼMIR MChJ 61 4 1 1 1 1 71. 5-sonli tumanlararo Silga qarshi kurash dispanseri 109 7 3 1 1 1 1 72. Toshkent viloyati OITSga qarshi kurash markazi davlat korxonasi 92 6 2 1 1 1 1 73. ZIYODA ART TEKSTIL MChJ 217 15 2 7 1 1 2 2 74. SIRKEChI TEKSTIL masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona 176 12 1 7 1 1 2 75. 1-son bolalar stomatologik poliklinika 60 4 1 1 1 1 76. BITTER TEKSTIL PLYUS MChJ 70 4 1 1 2 77. Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi 51 3 1 1 1 78. TOShKENT KAFELI MChJ 35 2 1 1 79. BETLIS TEKSTIL MChJ 200 14 1 5 1 2 1 4 80. Respublika qoʻgʻirchoq teatri 75 5 2 1 1 1 81. SJS TOShKEHT LTD chet el korxonasi 99 6 2 1 1 2 82. Yakkasaroy tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 135 9 5 1 1 1 1 83. 57-oilaviy poliklinika 80 5 2 1 1 1 84. 58-oilaviy poliklinika 86 6 3 1 1 1 85. 59-oilaviy poliklinika 146 10 1 7 1 1 86. 60-oilaviy poliklinika 72 5 4 1 87. TOShUY-JOYLITI aksiyadorlik jamiyati 109 7 3 2 1 1 88. ZETA TEKS MChJ shaklidagi qoʻshma korxonasi 110 7 4 1 2 89. GRAND MIR MChJ shaklidagi qoʻshma korxonasi 177 12 1 7 2 1 1 90. Sogʻliqni saqlash Bosh boshqarmasi Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertiza byurosi 159 11 1 5 1 1 1 2 91. Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti 635 44 4 18 2 7 3 10 92. 3-son shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi 257 17 1 10 1 1 4 93. 1- shahar asab kasalliklari dispanseri 190 13 1 5 1 1 3 2 94. Oʻzbekiston Respublikasi TOVAR XOMASHYO BIRJASI aksiyadorlik jamiyati 170 11 1 5 2 1 2 95. Toshkent viloyati dori-darmon aksiyadorlik jamiyati 226 15 2 7 1 2 1 2 96. SREDAZENERGOSETPROYEKT aksiyadorlik jamiyati 225 15 2 8 1 1 3 97. TOShKENTBOShPLANLITI davlat unitar korxonasi 216 15 2 9 1 1 2 98. 8-shahar tugʻruq kompleksi 173 12 1 7 1 1 1 1 99. KONTEKS-TASHKENT MChJ shaklidagi chet el korxonasi 212 14 2 7 1 1 3 100. GIDROPROYEKT aksiyadorlik jamiyati 250 17 2 9 1 1 2 2 101. O'zGEORANGMETLITI davlat unitar korxonasi 326 22 1 13 1 2 2 3 102. Neft va gaz konlari geologiyasi xamda qidiruvi instituti aksiyadorlik jamiyati 351 24 3 14 2 2 2 1 103. Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmasi 250 17 1 8 2 2 1 3 104. Oʻzbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi 400 28 3 15 2 2 3 3 105. Aksiyadorlik jamiyati VAGREST SERVIS shoʻba korxonasi 350 24 2 16 1 2 1 2 106. Maxsus sugʻorish uskunalarini taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi 301 21 9 2 1 2 7 107. Yakkasaroy tumani obodonlashtirish boshqarmasi davlat unitar korxonasi 398 27 3 9 1 2 12 108. Toshkent issiqlik elektr markazi aksiyadorlik jamiyati 431 30 20 2 3 5 109. Yakkasaroy tumani tibbiyot Birlashmasi koʻp tarmoqli Markaziy poliklinika statsionar qismi bilan 412 28 3 19 1 2 3 110. Respublika qon quyish markazi 245 17 2 8 1 2 1 3 111. COSCOM masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi chet el korxonasi 976 68 2 52 4 2 8 112. Salomatlik va tibbiy statistika instituti Toshkent viloyati filiali 39 2 1 1 113. Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi aksiyadorlik jamiyati 935 65 8 35 4 6 2 10 114. Yoʻlovchi poyezdlarni reysga texnik va texnologik tayyorlash filiali-VChD 2 1185 82 5 41 7 17 2 10 115. “Toshkentgaztaʼminot” unitar korxonasi Toshkent shahar gaz filiali 2200 154 4 102 1 3 9 30 5 116. Yakkasaroy Maxsustrans ATK 77 5 1 1 1 1 1 117. Asaka Davlat aksiyadorlik tijorat banki Toshkent shaxar filiali 218 15 1 11 1 1 1 118. Asaka bank Avtotransport filiali aksionerlik jamiyati 169 11 8 1 1 1 119. Ipoteka bank aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Yakkasaroy filiali 120 8 6 1 1 120. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki Yakkasaroy filiali 100 7 5 1 1 121. Xamkorbank OATB Yakkasaroy filiali 69 4 3 1 122. Xalq banki Yakkasaroy filiali 54 3 2 1 123. Oriyent finans bank Yakkasaroy filiali 51 3 2 1 124. Oriyent finans bank xususiy aksiyad�rlik tijorat banki Markaziy amaliyot filiali 46 3 2 1 125. OZBEKTELEKOM aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent telekom filiali 116 8 1 4 1 2 126. BEST COLOR TEXTILE MChJ 193 13 8 1 4 127. FULL COTTON MChJ 137 9 4 1 2 2 128. Oʻzstandart agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti 80 5 2 1 1 1 129. Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi aksiyadorlik kompaniyasi 128 8 5 1 1 1 130. SKARLET DIAMOND MChJ 80 5 3 2 JAMI: 20764 1390 74 761 108 165 95 178 9
