Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (18-son)
20.01.2016
toshkent shahar Bektemir tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 190-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda, 2010-y., 13-son, 96-modda, 2011-y., 1-2-son, 4-modda, 2012-y., 44-son, 507-modda) muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2016-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarini belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2016-yil 11-yanvardagi bayonini inobatga olib qaror qilaman:
1. Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 76 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 593 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarini tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvalga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarni toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar xisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bbandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlanganlar uchun ish oʻrinlari.
2. Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2015-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2016-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilsin;
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qarorning ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (N.J. Eshnayev):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bektemir tumani hokimining oʻrinbosari A.K. Yermatov zimmasiga yuklansin.
Hokim S. MAXAMETOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-yanvar,
18-son
Tuman hokimining 2016-yil 20-yanvardagi 18-sonli qaroriga ILOVA
Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Bektemir tumanidagi tashkilotlar nomi Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarning band qilingan soni (jami) Shundan Nogironlar uchun Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun BKMda ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1. TASHELEKTROSHIT ochiq aksiyadorlik jamiyati 44 3 2 1 2. TOSHKENT O'RMON XO'JALIGI 103 7 2 1 1 1 1 1 3. SUVMASH ochiq aksiyadorlik jamiyati 314 22 1 8 2 3 6 1 1 4. 19-sonli Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi 26 1 1 5. 75-MAXSUS BOSHQARMASI MChJ 211 14 1 6 2 2 1 1 1 6. SUVMAXSUSTA'MIR MChJ 31 2 1 1 7. Bektemir tumani obodonlashtirish boshqarmasi DUK 218 15 1 4 2 2 3 2 1 8. FULONG INDUSTRIAL qoʻshma korxona 44 3 1 1 1 9. 18-sonli QURILISH KORXONALARI BIRLASHGAN DIREKASIYASI 28 1 1 10. QUYUV-MEXANIKA ZAVODI shoʻba korxona 2065 144 4,5 100 16,5 3 20 11. FERROBETON MChJ 60 4 2 1 1 12. ISTAL MChJ 118 8 2 1 1 2 1 1 13. Toshkent koʻprik xoʻjaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan taʼmirlar foydalanish korxonasi 89 6 2 1 1 1 1 14. Respublika televideniye radio kasb-hunar kolleji 57 4 2 1 1 15. COCA-COLA ichimligi Oʼzbekiston, LTD MChJ 753 52 2 28 5 7 9 1 16. DINUS NON MChJ 74 5 2 1 1 1 17. MARMAKS MChJ 213 15 1 5 2 2 3 2 18. ILDC qoʻshma korxona 129 9 4 2 2 1 19. Xalq banki Bektemir filiali 72 5 2 1 1 1 20. UZCASEMASH qoʻshma korxona 42 3 2 1 21. DAEWOO PACK MChJ 80 5 1 1 1 1 1 22. BINOKOR QURILISH KONSTRUKSIYA MChJ 41 2 1 1 23. Oʻz milliy bank Bektemir filiali 71 5 2 1 1 1 24. MChJ ASKLEPIY-SVIFT qoʻshma korxona 112 8 3 1 2 1 1 25. Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozor 134 9 2 1 2 2 2 26. Bektemir tuman Sanitariya- epideminologiya nazorat markazi 86 6 2 1 2 1 27. Qoʻyliq dehqon bozor ochiq aksiyadorlik jamiyati 120 8 2 1 2 2 1 28. MChJ BANER PRINT qoʻshma korxona 45 3 1 1 1 29. KOMMET PRO MChJ 30 2 1 1 30. KERAMIK MODERN MChJ 30 2 1 1 31. NISO TEKSTIL SERVIS MChJ 40 2 1 1 32. I.M.Gubkin nomli akademik litsey 100 7 2 1 2 2 33. Fulong qand sanoati mahsulotlari 45 3 1 1 1 34. SUPER HOUS ROOF qoʻshma korxona, MChJ 53 4 1 1 1 1 35. ARKTIKA BOTTLERS qoʻshma korxona, MChJ 185 13 1 4 2 2 2 1 1 36. RWS OPTIMUM shoʻba korxonasi 468 33 1 18 3 2 7 2 37. Bektemir spirteksperimental zavod 211 15 1 4 2 2 4 1 1 38. 290-sonli umumtaʼlim maktabi 75 5 2 1 2 39. 293-sonli umumtaʼlim maktabi 107 7 3 1 1 2 40. 291-sonli umumtaʼlim maktabi 88 6 2 1 1 2 41. 292-sonli umumtaʼlim maktabi 60 4 2 1 1 42. 289-sonli umumtaʼlim maktabi 96 7 3 2 1 1 43. 571-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 28 2 1 1 44. 573-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 45. 574-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 73 5 2 1 1 1 46. 575-sonli maktabigacha taʼlim muassasasi 43 3 1 1 1 47. 577-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 52 4 2 1 1 48. 578-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 50 3 1 1 1 49. 579-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 2 1 1 50. 580-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 50 3 1 1 1 51. 581-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 52. 582-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 26 2 1 1 53. 584-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 27 2 1 1 54. 24-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 32 2 1 1 55. 25-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 28 1 1 56. 36-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 25 1 1 57. MARMARA PLASTIK XK MChJ 25 1 1 58. DO'STLIK-SERVIS MChJ 55 3 1 1 1 59. CHILON LUBRICANTS MChJ 30 2 1 1 60. BUILDER CONTRACTOR MChJ 30 2 1 1 61. TURON MChJ 30 2 1 1 62. LL PLASTTECHOLOGY MChJ 49 3 1 1 1 63. DAVRU DAVRON AVTO MChJ 30 2 1 1 64. 30-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi 56 4 2 1 1 65. MEGA STROY KOMPLEKT MChJ 40 2 1 1 66. Bektemir MAXSUSTRANS 61 4 1 1 1 1 67. O`RAZBAY-SAPAR SAVDO MChJ 30 2 1 1 68. METAL ENGINERING MChJ 57 4 2 1 1 69. AURORA PHARMA MChJ 30 2 1 1 70. 6-sonli shahar shifoxonasi 101 7 4 1 2 71. Maxsus qurilish Bektemir tuman boʻlimi MChJ 35 2 1 1 72. CHINA-UK SLLD TEXTILE KNITTING MChJ 100 7 2 1 1 2 1 73. AT`EK MChJ 79 5 3 1 1 74. BB PLUS CONTRACTING MChJ 30 2 1 1 75. Qoʻyliq ota-non MChJ 49 3 1 1 1 76. Tibbiyot birlashmasi 278 19 1 10 2 1 4 1 JAMI: 8717 593 14,5 290 77,5 63 118 23 7
