Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (270-son)
19.08.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit boʻyicha boʻlishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) 1-bandidagi “118” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror bilan kiritilayotgan oʻzgartirish 2016-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-avgust,
270-son
