Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (23-son)
15.01.2016
fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003., 1-2-son, 17-modda)ga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalarini qoʻllab, tumandagi transport vositalarining 2016-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalari 2016-yil 1-martdan 30-iyunga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Texnik koʻrikdan oʻtkazish 1-bosqich jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar – bir yilda ikki marta, birinchi marta 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi marta 1-sentabrdan – 31-oktabrgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin. Texnik koʻrikdan oʻtkazish 2-bosqich jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Barcha jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2016-yil 1-martdan 31-avgust kuniga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
5. Avtomototransport vositalarining yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Komissiya tarkibiga kiritilgan masʼul shaxslarning oylik ish haqi, mukofotlari 2016-yil 1-martdan 31-iyulgacha va 2016-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha toʻliq saqlansin.
7. Komissiya zimmasiga:
Texnik koʻrik davomida belgilangan jadvalga rioya qilish, transport vositalarini texnik koʻrikka tayyorgarligini, kerakli jihozlarni yetkazib berilishini, tuman mudofaa ishlari boʻlimida roʻyxatda turuvchi transport vositalariga barcha xujjatlarni rasmiylashtirilganligiga, avtotransport vositalarini texnik pasportlarini, taʼmirga kirgizish roʻyxatlarini, ishga chiqish va qaytishni qayd etish kitoblarini yuritilganligini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
8. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga jadvalda koʻrsatilgan muddatga qadar avtomototransport vositalarini texnik koʻrikka tayyorlash va texnik koʻrik komissiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2015-yil 8-apreldagi 323-sonli “Tuman xoʻjaliklari, tashkilotlari, muqobil mashina Traktor parklari va kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari hisobidagi avtomobillar, tirkamalar, boshqa transport vositalari va shaxsiy avtotransportlarni 2015-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish xaqida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. “Yangi Fargʻona” gazetasi (H. Mamadisayev)ga 2016-yil avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman hokimining mazkur qarori bilan belgilangan vazifalarni mazmun-mohiyati va maqsadini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qaror mahalliy matbuotda rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilib borish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I. Davronov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. DEXQONOV
Uchkoʻprik t.,
2016-yil 15-yanvar,
23-son
Tuman hokimining 2016-yil 15-yanvardagi 23-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Tuman hokimining 2016-yil 15-yanvardagi 23-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Tuman hokimining 2016-yil 15-yanvardagi 23-sonli qaroriga 3-ILOVA
Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
