Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2016-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1010-son)
08.10.2015
toshkent viloyati Zangiota tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 29-30-son, 277-modda; 2010-yil 35-36-son, 300-modda; 2013-yil 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha tumanda 2016-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 680 kishini tashkil etadigan 7 foizi miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3,0 foiz — 21 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 6,3 foiz — 43 kishi;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 62,0 foiz — 422 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 5,0 foiz — 34 kishi;
Zangiota tumani hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 6,0 foiz — 39 kishi;
Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 2,7 foiz — 19 kishi;
Boshqalar uchun 15,0 foiz — 102 kishi. Shu jumladan, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar 82 kishi (12,0 %), safarbarlik chaqiruvi rezerviga kiritilgan shaxslar uchun 7 kishi (1,0 %), atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 11 kishi (1,7 %), odam savdosidan jabrlanganlar uchun 2 kishi (0,3 %) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
2. 2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida ish oʻrinlarini 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxona, tashkilot, muassasalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2015-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2016-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ish oʻrinlari band qilingan korxona va tashkilotlar tomonidan 2016-yil 1-apreliga qadar band qilingan ish oʻrinlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qaroriga asosan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi amalga oshirilsin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi v.v.b (G. Igamberdiyeva) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat taʼminlansin.
8. Zangiota tumani hokimining 2014-yil 31-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 1093-sonli qarori 2015-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Muxamedov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. ABDULLAYEV
Zangiota t.,
2015-yil 8-oktabr,
1010-son
Tuman hokimining 2015-yil 8-oktabrdagi 1010-sonli qaroriga ILOVA
Zangiota tumanidagi korxona va tashkilotlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun 2015-yil zaxiralangan qoʻshimcha
ISh OʻRINLARI
T/r Tashkilot nomi Jami ishlovchilar soni Jami kvotalangan 7 % oʻrinlar Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshga va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun Muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Nogironlar uchun BKMda ish qidiruvchi sifatida xisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Jazoni ijro etish joylaridan ozod etilganlar uchun Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Odam savdosidan jabr koʻrganlar uchun Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotganlar uchun 1. “MEHNAT BAXTLI SUT” masʼuliyati cheklangan jamiyati 36 2 1 1 2. Zangiota tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 295 20 2 10 1 1 1 4 1 3. Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi 1195 75 9 29 6 2 7 1 1 17 1 2 4. Zangiota tumani transport va servis kasb-hunar kolleji 146 8 1 4 1 2 5. Toshkent viloyati bolalar sil kasalligi sixatgoxi 196 12 4 1 2 4 1 6. Zangiota tumani madaniyat va sport ishlari boʻlimi 43 3 2 1 7. Zangiota tumani akusherlik kompleksi 245 14 5 1 8 8. Zangiota tumani agroservis kasb-hunar kolleji 154 9 1 5 1 2 9. Zangiota tumani yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi 132 7 2 1 4 10. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Keles oʻquv sport texnika klubi 62 4 2 2 11. Zangiota tumani Kensoy agrosanoat va biznes kasb-hunar kolleji 156 9 2 3 1 1 1 1 12. Akademik Mahmud Mirzayev nomli Oʻzbekiston bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti 83 5 1 3 1 13. Zangiota tumani obodonlashtirish boshqarmasi 264 16 2 4 1 9 14. Toshkent viloyati silga qarshi kurashish dispanseri 197 13 2 4 1 1 4 1 15. “FAROVON” MChJ 200 14 2 8 1 1 2 16. “TOSHKENT AGROSANOAT” MChJ 119 7 5 1 1 17. Zangiota tumani ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 81 5 4 1 18. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “DOZ TUR LTD” qoʻshma korxonasi 35 1 1 19. “KELES-JUN” MChJ 124 6 3 1 2 20. MChJ shaklidagi “FAR-VAB” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi 514 25 2 17 1 1 1 2 1 21. “KO'K-TERAK” MChJ 49 3 2 1 22. “MEVA-SHARBAT” Vinochilik tajriba unitar korxonasi 120 8 7 1 23. “ARK-BULOQ KARVONSAROYI” MChJ 45 2 1 1 24. Singapure-Toshkent MChJ 172 10 12 25. Singapure-Samarkand MChJ 222 15 13 2 26. Sangio Papermel xususiy korxona 50 3 1 1 1 27. Zangiota tumani “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr” davlat korxonasi 70 4 3 1 28. “VIRTEX AGRO” MChJ 232 13 1 6 1 1 2 1 1 29. “ORIAT TELERADIOKOMPANIYASI” MChJ 30 1 1 30. 2-sonli Zangiota tumani shifoxonasi 58 3 3 31. 1-sonli “KELES” poliklinikasi 246 17 9 1 2 3 2 32. Zangiota tumani tumanlararo yuqumli kasalliklar shifoxonasi 164 11 7 1 2 1 33. “O`ZGARISH SHAROB-SAVDO” unitar korxonasi 35 2 2 34. “AVALON PRODUCTION” MChJ 24 1 1 35. “MEHNAT PIVO” MChJ 170 11 1 7 1 1 1 36. “Telekom texnologiya” MChJ 105 5 1 3 1 37. MChJ shaklidagi “HI-TECH KABEL” qoʻshma korxonasi 329 18 2 13 1 1 1 38. “ZANGIOTA IMKON MEB” MChJ 35 2 2 39. 32-BUSM 40 2 2 40. Erkin KVP 49 3 2 1 41. 6-maktab 51 3 2 1 42. “ZAK-QOG`OZ” MChJ 55 3 2 1 43. Zangiota oziq-ovqat kasb-hunar kolleji 94 6 1 2 1 2 44. Zangiota tumani maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 126 7 5 1 1 45. Zangiota tumani qurilish va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 108 6 4 1 1 46. “KELES-FAROVON” MChJ 62 3 3 47. “CLASS-FOOD-SERVIS” MChJ 55 3 3 48. “TAKRO-OSIYO” MChJ 78 5 5 49. Zangiota tumani agrosanoat kasb-hunar kolleji 99 6 1 4 1 50. 1-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 42 2 2 51. 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 34 2 2 52. “DURSUN PLUS TEXTILE” MChJ 48 2 2 53. Zangiota tumani xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 42 2 1 1 54. MChJ “VISION TEXTILE” xorijiy korxonasi 305 18 13 5 55. Asia Trade qoʻshma korxonasi 589 25 3 13 3 1 3 2 56. OOO “Keng Imkon plyus” 55 3 3 57. “Master Delikatesov” MChJ 138 6 3 1 1 1 58. “Metal engineering group” MChJ 87 3 2 1 59. Naklgazmaxsusqurilish AJning KMB filiali 244 17 14 1 1 1 60. “Namuna”filiali FJ 128 7 1 5 1 61. “Non Aziz” MChJ 92 4 3 1 62. 1-son Bolalar sil kasalligi sihatgohi 175 11 7 1 3 63. Zangiota tuman Nazarbek yuqumli kasalliklar shifoxonasi 180 11 1 7 1 2 64. “STANDARTEKS” MChJ 32 2 2 65. Zangiota tuman gaz boʻlimi 468 18 2 12 1 1 1 1 66. Davlat veterinariya boʻlimi 49 3 2 1 67. AK Oʻzbektelekom Toshkent filiali Zangiota telekommunikatsiyalar bogʻlanmasi 65 3 3 68. Zangiota tumani silga qarshi kurash dispanseri 275 15 7 1 1 1 1 3 1 69. DT Xalq banki Zangiota filiali 66 4 3 1 70. DT Xalq banki Keles filiali 46 3 1 2 71. Mikrokreditbank ATB 52 3 3 72. Zangiota agrosanoat KXK 74 5 3 1 1 73. Tibbiyot kolleji 89 5 5 74. Ipoteka bank 26 1 1 75. Turonbank 51 3 3 76. Savdogar aksiyadorlik tijorat banki 84 4 3 1 77. Infinbank Zangiota filiali 55 3 3 78. Dentafil Plyus xususiy korxonasi 98 6 6 79. MChJ shaklidagi “Progum Ticaret” Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi 78 5 4 1 80. Zangiota Suvoqova ishlab chiqarish shuʼba korxonasi 175 9 4 2 2 1 81. Zangiota tuman pochta tarmogʻi 169 7 5 1 1 82. Zangiota tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi 399 21 2 16 0 3 83. 14-maktab 75 4 4 84. “GLOBAL FARM INVEST” MChJ 67 3 3 85. “NEW SMART BUSINESS” MChJ 42 2 2 86. “STRONG STRIKE” MChJ 69 3 2 1 87. Barkamol avlod bolalar markazi 29 1 1 88. Ozodlik MChJ 33 2 2 89. Zangiota kimyogar MChJ 25 1 1 Jami: 9512 680 43 422 34 21 39 19 7 82 2 11
