Surxondaryo viloyati iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohasini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (185-son)
16.06.2016
Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi PQ-2545-sonli Qarorining ijrosini taʼminlash hamda viloyatda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohasini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2545-sonli Qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari rahbarligida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishchi guruhlari tuzildi:
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, umumfoydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish, shuningdek issiqlik va suv taʼminoti ishlarini tashkil etish hamda ijtimoiy soha obyektlarini iqtisodiyot tarmoqlari va aholini asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash, elektr taʼminoti va gaz taʼminoti obyektlarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A. Amirov);
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumi davomida barqaror ishlashga tayyorlash, ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A. Abdukadirov, Z. Davlatov).
3. Quyidagilar:
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
2016/2017-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni yetkazib berish topshiriqlari 5-ilovaga muvofiq;
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 6-ilova berilmaydi.
4. Viloyat komissiyasi (A. Abdukadirov, A. Amirov, Z. Davlatov):
bir oy muddatda kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni, shuningdek viloyat iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish borasidagi tashkiliy tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
5. Termiz shahar va barcha tuman hokimliklarida hokimlar rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tuzilsin.
Termiz shahar va barcha tuman hokimlari, boshqarmalar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Viloyat Moliya boshqarmasi (B. Xudoyberganov), Gʻaznachilik boshqarmasi (Oʻ. Choriyev) 2016/2017-yillar kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlarida belgilangan ishlarni bajarilishini taʼminlash maqsadida hamda ajratilgan koʻmir yonilgʻisini xarid qilish uchun mablagʻlarni oʻz muddatida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
7. “Oʻzdavenergonazorat” DI Surxondaryo hududiy boʻlimi (O. Ashurov), “Sanoatgeokontexnazorat” DI mintaqaviy boʻlimi (S. Suyunov), “Oʻzdavneftgazinspeksiya” viloyat boʻlimi (O. Hamrayev) 2016/2017-yillar kuz-qish davrida kapital va joriy taʼmirlanishi belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin hamda monitoring natijasi boʻyicha viloyat hokimligiga har oʻn kunda axborot kiritib borsin.
8. “Surxondaryo HETK” AJ (M. Xolmoʻminov), “Surxondaryo gaz taʼminot” boshqarmasi (X. Muxamadiyev), viloyat “Suvoqova” DUK (Y. Mengliyev), “Issiqlik manbai” IChB (K. Mirsanginov) 2016/2017-yillar kuz-qish davrida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan zaruriy choralarni koʻrsinlar.
9. Viloyat hokimining 2015-yil 10-iyuldagi 190-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosarlari A. Abdukadirov, A. Amirov va Z. Davlatov zimmalariga yuklansin.
Hokim T. MAMARAIMOV
Surxondaryo viloyati,
2016-yil 16-iyun,
185-son
Viloyat hokimining 2016-yil 16-iyundagi 185-sonli qaroriga 1-ILOVA
Viloyat iqtisodiyot tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha
TADBIRLAR
T/r Chora-tadbirlar nomi Ijro muddati Bajarish uchun masʼullar 1. Tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha (har bir inshoot boʻyicha muddatida bajarilishini va javobgar shaxslarni aniqlab): Termiz shahri va tumanlar, aholi punktlari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda isitish qozon va muhandislik kommunikatsiyalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha jadvallar ishlab chiqish va tayyorgarlik koʻrish; borish qiyin boʻlgan alohida aholi punktlarida yashovchi aholini siqilgan gaz (ovqat pishirish uchun) va koʻmir (5-ilova) hamda muqobil ichimlik suv manbalari (shu jumladan, tashib keltiriladigan ichimlik suvi) bilan barqaror taʼminlash. 2016-yil 20-iyungacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, mutasaddi boshqarmalar, idoralar, muassasalar, korxonalar 2. Oʻtgan isitish mavsumida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan kelib chiqib ijtimoiy soha obyektlari va aholini mustahkam elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik taʼminoti bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2016-yil 20-iyungacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 3. Neft, gaz kondensatlari, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, koʻmir, mazut, tuz va boshqa kuz-qish davriga tayyorgarlik bilan bogʻliq yuklarni barqaror tashilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2016-yil 20-iyungacha Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli, “Termiz neft baza” UK, “Denov neft baza” UK, “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, “Surxon koʻmir yetkazib beruvchi” korxonasi, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 4. Kuz-qish davrida tabiiy gazni yetkazib berishda tanqislik vujudga kelishi mumkin boʻlgan aholi punktlari roʻyxatini aniqlash va uning asosida aholi ehtiyojlari uchun koʻmir yetkazib berish jadvalini 2016-yilgi koʻmir taqsimoti va shakllantirilayotgan resurs balansi doirasida tasdiqlash (5-ilova) 2016-yil 20-iyungacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, “Surxon koʻmir yetkazib beruvchi” korxonasi 5. Aholi ehtiyojlari uchun oylar kesimida koʻmir va suyultirilgan gaz yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2016-yil 20-iyungacha “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli, “Surxon koʻmir yetkazib beruvchi” korxonasi 6. Oʻz vaqtida yetkazib berish mexanizmini ishlab chiqish va aholiga koʻmir sotish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan holda aniq yuk qabul qiluvchi xoʻjalik subyektini aniqlash. 2016-yil 20-iyungacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, “Surxon koʻmir yetkazib beruvchi” korxonasi 7. 2016-yilning 1-oktabriga qadar tugallash muddati bilan iqtisodiyot tarmoqlarini texnik tuz bilan taʼminlash boʻyicha jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2016-yil 20-iyungacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, boshqarmalar va tashkilotlar 8. Kuz-qish davrida energiya tizimlarida maksimal yuklanish soatlarida elektr energiya isteʼmolini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2016-yil 1-sentabrgacha “Surxondaryo XETK” OAJ, korxona va tashkilotlar, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 9. Qish oylarida tabiiy gaz va elektr energiyasining isteʼmoli kamayishini inobatga olgan holda mavjud asbob-uskunalarning yuklanishning pik vaqtlarida ishlash rejimlari jadvalini hamda asosiy-uskunalarning taʼmirlanish jadvallarini ishlab chiqish. 2016-yil 1-sentabrgacha Mutasaddi boshqarma, korxona, tashkilotlar “Surxondaryo XETK” OAJ, “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi bilan birgalikda 10. 2016/2017-yillar kuz-qish davrida elektr va gaz taʼminoti tarmoqlaridan uzilishga yoʻl qoʻyilmaydi�an toifalangan korxonalar roʻyxatini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash 2016-yil 1-sentabrgacha “Surxondaryo XETK” OAJ, “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 11. 2016/2017-yillar kuz-qish davrida tabiiy gaz va elektr energiya taʼminotidan uzib qoʻyilmaydigan Mudofaa boshqarmasi obyektlari roʻyxatini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash 2016-yil 20-sentabrgacha Viloyat Mudofaa boshqarmasi, “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, “Surxondaryo XETK” OAJ, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”si viloyat boʻlimi 12. Vagonlar, sisternalarning normadan yuqori turib qolishlarini oldini olish, yuklarni ortish-tushirish ishlarining bir maromda olib borilishini taʼminlash, olib boruvchi temir yoʻllarda sovuq vaqtlarda yuklarning muzlab qoli�ining oldini olish, taʼmirlash-profilaktika ishlarining kechki vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida olib borilishini taʼminlash boʻyicha aniq tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 2016-yil 1-oktabrgacha Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli, “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, “Surxon koʻmir yetkazib beruvchi” korxonasi, korxona va tashkilotlar 13. Oʻtgan isitish mavsumida tabiiy gazni yetkazib berishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida shahar va tumanlar chegaralari kesimida yetkazib berish jadvallarini ishlab chiqish. 2016-yil 10-iyulgacha “Surxondaryo gaztaʼminot”, Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” viloyat boʻlimi, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 14. Tabiiy gaz yetkazib berish tanqis hududlarni bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida ushbu hududlardagi gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarini rekonstruksiya qilish va foydalanish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2016-yil 10-iyulgacha “Surxondaryo gaztaʼminot”, boshqarmasi, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 15. Aholi va ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2016-yil oktyabr oyidan 2017-yil aprel oyigacha oyma-oy yetkazib berish jadvallarini ishlab chiqish. 2016-yil 1-avgustgacha “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, korxona, tashkilotlar, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 16. Aholini gaz bilan taʼminlash maqsadida kuz-qish davrida korxona va tashkilotlar qozonxonalarini uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxirasini tayyorlash. 2016-yil 1-noyabrgacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, “Termiz neft baza” UK, “Denov neft baza” UK,“Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, “Surxondaryo XETK” OAJ, “Surxon koʻmir yetkazib beruvchi” korxonasi, boshqarmalar, korxona va tashkilotlar 17. Tabiiy gaz tanqis hududlarda joylashgan ijtimoiy soha obyektlaridagi gazda ishlaydigan qozonlarni koʻmirga moslashtirish boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish yoki yangi qozonlarga almashtirish, oyma-oy koʻmir yetkazib berish jadvallarini ishlab chiqish. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” viloyat boʻlimi, “Surxon koʻmir yetkazib beruvchi” korxonasi, boshqarmalar, korxona va tashkilotlar 18. Har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mahalla kesimida, mahalla raislari boshchiligida, shirkat raisi, uchastka nozirlari, mahallaga biriktirilgan soliq, DSENM va har bir kommunal tashkilotlari masʼul xodimlari bilan, shuningdek biriktirilgan vazirlik va tijorat bank masʼullari bilan birgalikda qishga tayyorgarlik va obodonlashtirish dasturi ishlab chiqish. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida Termiz shahar hokimligi, tijorat banklari, boshqarma va tashkilotlar 19. Obodonlashtirish boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan ichki avtomobil yoʻllarida muz hosil boʻlishi va betalofat oʻtkazish uchun barcha zaruriy ish qurollari, texnikalar hamda xomashyo zaxirasini yaratish boʻyicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2016-yil 10-iyulgacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 20. Termiz shahridagi koʻp qavatli uy-joylarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Shirkatlar va b�shqaruv kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarni ajratishda 2016-yilga nisbatan oshirish. 2016-yil 1-oktabrgacha Viloyat Markaziy bank Bosh boshqarmasi, tijorat banklari, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 21. Yumshoq qoplamali koʻp qavatli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini bajarish 2016-yil 1-oktabrgacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, XUJM uyushmalari va XUJMShlari 22. Issiqlik energiyasini olmayotgan koʻp qavatli uylarning umumiy miqdorini aniqlash. 2016-yil 10-iyulgacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari Ularni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish. 2016-yil 1-oktabrgacha 23. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha texnik meʼyorlarga muvofiqligi boʻyicha uy-joylar, bino va inshootlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish. 2016-yil 1-sentabr Viloyat IIBYoXXB, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, boshqarmalar, tashkilotlar 24. Koʻp qavatli uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun mahalliy budjet, tijorat banklari, XUJMSh va homiylik mablagʻlarining oʻz vaqtida oʻrnat�lgan tartibda ajratilishini taʼminlash. 2016-yil 1-sentabrgacha Viloyat Moliya boshqarmasi, Markaziy bank, tijorat banklari, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 25. Uy-joylarni kuz-qish davriga tayyorlash ishlarini tugatish, belgilangan reja asosida issiqlik quvurlarida izolatsiya ishlarini bajarish, uy-joylarni sifatli issiqlik taʼminotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash va muhandislik kommunikatsiyalari va issiqlik punktlari joylashgan tom qismini, yertoʻla va kirish joylarini yopishni tashkil qilish. 2016-yil 1-oktabrgacha Viloyat “Issiqlik manbai” IChB, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 26. Qozonxonalarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini bajarishda kuzgi-qishki mavsumda ishlashga tayyorgarligi haqidagi tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish, bunda sertifikatlangan qozonlarning ishlatilishiga asosiy eʼtiborni qaratish. 2016-yil 1-oktabrgacha “Sanoatgeokontexnazorat” DI viloyat boʻlimi, boshqarma, tashkilot va korxonalar, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 27. Korxona va tashkilotlar hisobidagi mavjud qozonxona jihozlarining texnik talablarga mosligini koʻrikdan oʻtkazish. Texnik talablarga javob bermaydigan qozonlarni tarmoqdan uzish. 2016-yil 1-oktabrgacha “Sanoatgeokontexnazorat” DI viloyat boʻlimi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”si viloyat boʻlimi, “Surxondaryo gaztaʼminot” boshqarmasi, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 28. Mukammal va joriy taʼmirlanishi belgilangan qozonlar, issiqlik tarmogʻi, issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalashning Manzilli roʻyxatini “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzdav-energonazor�t” DI va “Oʻzdavneftgazinspeksiya”si viloyat boʻlimlariga taqdim etish 2016-yil 10-iyulgacha Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”si, “Oʻzdavenergonazorat” DI viloyat boʻlimlari 29. “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylarini kuz-qish davriga tayyorlash uchun topshiriqlarning bajarilishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish 2016-yil 1-sentabrgacha Mehnat boshqarmasi, Sariosiyo va Denov tumanlari hokimliklari 30. “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylarining issiqlik tizimi va qozonxonalarini tiklash 2016-yil 1-sentabrg�cha Mehnat boshqarmasi, Sariosiyo va Denov tumanlari hokimliklari 31. Viloyat komissiyasi tomonidan viloyatning iqtisodiyot tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davriga tayyorlashning borishini muhokama qilib borish. Xar oyda Viloyat hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish masalalari majmuasi 32. 2016/2017-yillar kuz-qish mavsumiga obyektlarni tayyorlash ishlarining borishi toʻgʻrisida taqdim qilingan maʼlumotlarni muhokama qilib borish 2016-yil 10-iyuldan har oʻn kunda Termiz shahar va tumanlar hokimliklari 33. Viloyat iqtisodiyot tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni keng yoritib borish. Doimiy Viloyat teleradiokompaniyasi, viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi
Viloyat hokimining 2016-yil 16-iyundagi 185-sonli qaroriga 2-ILOVA
2016/2017-yillar kuz-qish davrida asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha mukammal taʼmirlash
TOPShIRIQLARI
T/r Hududlar nomi Mukammal taʼmirlash Koʻp qavatli uy-joylar (dona) Qozonxonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Suv tarmoqlari (m) Gaz tarmoqlari (km) Elektr liniyasi (km) TP (dona) Viloyat boʻyicha 29 0 2 0,4 1645,0 5,6 1808,3 364 1. Termiz shahar 12 1 0,4 24 2,5 77,1 27 2. Angor tumani 1 132 0,6 117,2 24 3. Boysun tumani 2 102 202,7 25 4. Denov tumani 2 120 176,8 42 5. Jarqoʻrgʻon tumani 4 126 1,5 134,1 24 6. Qiziriq tumani 0 259 171,0 30 7. Qumqoʻrgʻon tumani 1 1 67 166,0 25 8. Muzrabot tumani 2 127 95,6 25 9. Oltinsoy tumani 1 103 86,2 23 10. Sariosiyo tumani 0 252 117,5 23 11. Uzun tumani 2 88 82,5 23 12. Termiz tumani 1 40 89,6 23 13. Sherobod tumani 0 73 1,0 142,6 26 14. Shoʻrchi tumani 1 132 149,4 24
Viloyat hokimining 2016-yil 16-iyundagi 185-sonli qaroriga 3-ILOVA
2016/2017-yillar kuz-qish davrida asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha joriy taʼmirlash
TOPShIRIQLARI
T/r Hududlar Joriy taʼmirlash koʻp qavatli uy-joylar (dona) qozonxonalar (dona) qozonlar (dona) issiqlik tarmoqlari (km) issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash (km) suv tarmoqlari (km) GTP larni tekshirish (dona) elektr liniyasi (km) TP (dona) Viloyat boʻyicha 20 2 0 0,0 1200,0 4,9 2132 5775,3 990 1. Termiz shahar 0 1 60 0,248 271 261,6 65,0 2. Angor tumani 2 70 0,199 93 356,6 57,0 3. Boysun tumani 2 190 0,541 84 484,1 67,0 4. Denov tumani 2 110 0,569 445 679,6 117,0 5. Jarqoʻrgʻon tumani 0 100 0,394 93 385,9 62,0 6. Qiziriq tumani 1 70 0,448 113 495,8 87,0 7. Qumqoʻrgʻon tumani 2 1 70 0,348 161 477,4 80,0 8. Muzrabot tumani 0 50 0,362 0 363,8 66,0 9. Oltinsoy tumani 2 210 0,264 83 313,0 67,0 10. Sariosiyo tumani 6 70 0,451 238 415,5 62,0 11. Uzun tumani 0 30 0,306 126 367,8 57,0 12. Termiz tumani 1 10 0,191 88 340,0 63,0 13. Sherobod tumani 1 200 0,286 101 429,4 72,0 14. Shoʻrchi tumani 1 90 0,303 236 404,8 68,0
Viloyat hokimining 2016-yil 16-iyundagi 185-sonli qaroriga 4-ILOVA
2016/2017-yillar kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash uchun kapital va joriy taʼmirlash
TOPShIRIQLARI
T/r Hududlar Kapital taʼmirlash Joriy taʼmirlash maktablar (dona) mehribonlik uylari va maxsus maktab internatlar (dona) bolalar bogʻchalari (dona) kasalxonalar (dona) “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari (dona) maktablar (dona) maktab oynalarini almashtirish (kv.m) mehribonlik uylari va maxsus maktab internatlar (dona) bolalar bogʻchalari (dona) kasalxonalar (dona) “Muruvvat” nogironlar uyi Viloyat boʻyicha 4 0 19 16 0 43 433 1 18 9 0 1. Termiz shahar 1 5 6 160 3 2 2. Angor tumani 1 2 3 120 3 3. Boysun tumani 1 2 4 1 4. Denov tumani 1 5. Jarqoʻrgʻon tumani 1 3 1 13 1 6. Qiziriq tumani 1 3 3 7. Qumqoʻrgʻon tumani 1 8. Muzrabot tumani 1 1 2 4 2 9. Oltinsoy tumani 1 1 2 7 140 2 10. Sariosiyo tumani 1 11. Uzun tumani 2 6 1 3 12. Termiz tumani 2 13. Sherobod tumani 1 4 7 4 1 14. Shoʻrchi tumani 1 1 2 2
Viloyat hokimining 2016-yil 16-iyundagi 185-sonli qaroriga 5-ILOVA
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar qirqimida yetkazib berish
TOPShIRIQLARI
T/r Hududlar Koʻmir (ming tonna) Aholi uchun siqilgan gaz (tonna) Issiqlik taʼminoti korxonalari uchun mazut Texnik tuz Aholi xonadonlariga yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz ballonlari (dona) Jami Budjet muassasalari shu jumladan: GAK “Oʻzbek-energo” Aholi ehtiyoji uchun xududiy distribyutorlik markazi tomonidan markazlashgan holda yetkazib beriladigan koʻmir shu jumladan: Birja savdolari orqali yetkazib beriladigan koʻmir IK “Qishloq qurilish invest” Xalq taʼlimi Sogʻliqni saqlash Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi koʻmir briket koʻmir koʻmir briket koʻmir koʻmir briket koʻmir koʻmir briket koʻmir Viloyat boʻyicha 62586,0 23886,0 10354,0 4652,0 3921,0 1844,0 2022,0 1093,0 0,0 25000,0 20000,0 5000,0 11400,0 2300,0 15198,0 0,0 0,0 33943 1. Termiz shahar 1582,0 932,0 69,0 69,0 690,0 104,0 0,0 650,0 500,0 150,0 174,24 2. Angor tumani 3571,9 745,0 207,0 207,0 138,0 54,5 138,5 2650,0 2300,0 350,0 176,9 1038,11 1800 3. Boysun tumani 2774,9 1898,0 966,0 345,0 207,0 207,0 173,0 0,0 700,0 600,0 100,0 176,9 710,89 1800 4. Denov tumani 8431,9 3855,0 1591,0 483,0 828,0 414,0 366,5 172,5 4400,0 3300,0 1100,0 176,9 1740,05 3491 5. Jarkoʻrgʻon tumani 2921,9 1607,0 621,0 207,0 207,0 207,0 261,5 103,5 1138,0 900,0 238,0 176,9 1235,79 1836 6. Qiziriq tumani 3033,9 1607,0 621,0 345,0 207,0 207,0 123,5 103,5 1250,0 1000,0 250,0 176,9 1300,14 1836 7. Qumqoʻrgʻon tumani 2975,9 1799,0 828,0 483,0 138,0 69,0 108,5 172,5 1000,0 800,0 200,0 176,9 862,88 3102 8. Muzrabot tumani 3571,9 1345,0 552,0 345,0 207,0 69,0 46,5 125,5 2050,0 1600,0 450,0 176,9 1282,39 3102 9. Oltinsoy tumani 3428,9 1852,0 759,0 414,0 264,0 188,0 227,0 0,0 1400,0 1200,0 200,0 176,9 1353,52 2749 10. Sariosiyo tumani 5591,9 2415,0 1035,0 483,0 414,0 276,0 103,5 103,5 3000,0 2500,0 500,0 176,9 1285,37 2075 11. Uzun tumani 3579,9 1903,0 1173,0 374,0 138,0 69,0 74,5 74,5 1500,0 1000,0 500,0 176,9 1244,04 2810 12. Termiz tumani 2239,9 863,0 345,0 207,0 207,0 69,0 35,0 0,0 1200,0 900,0 300,0 176,9 715,04 4404 13. Sherobod tumani 3051,9 1375,0 690,0 276,0 138,0 69,0 137,5 64,5 1500,0 1300,0 200,0 176,9 1152,87 1836 14. Shoʻrchi tumani 4428,9 1690,0 897,0 414,0 138,0 206,5 34,5 2562,0 2100,0 462,0 176,9 1102,68 3102
