Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2658-1-son)
02.08.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2658-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi 209-son “Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2658, 2015-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandidagi “15-iyulda” degan soʻzlar “10-iyulda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-iyul,
670-son
