Prezident kubogi uchun har yilgi tennis turniri budjetini mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashuvchi homiylarni soliqlardan ozod qilish toʻgʻrisida (273-son)
28.05.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vatanimiz tennisini rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda fuqarolarning har yili oʻtkaziladigan Prezident kubogi tennis turnirida homiy sifatida qatnashishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning har yilgi Prezident kubogi tennis turnirini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari foyda (daromad)ga soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 28-may,
273-son
