Budjet tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida ishlaydigan mutaxassislarning kasb va lavozimlariga qoʻyiladigan tarif toifalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (235-son)
15.07.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Budjet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasblari va lavozimlari boʻyicha ish haqi stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda:
sportchi, murabbiy, sport boʻyicha sport hakami hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarning kasblari va lavozimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikromovga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-iyul,
235-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyuldagi 235-sonli qaroriga ILOVA
Budjet tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasb va lavozimlariga
TARIF DARAJALARI
