Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (812-son)
02.10.2015
Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) muvofiq, 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning oʻrtacha soni 20 nafardan koʻpni tashkil etadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilot deb ataladi) 2016-yil uchun 3 foizdan 7 foizgacha miqdorida jami 105 ta ish oʻrinlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — 3 foiz (12 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — 7 foiz (40 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 3 foiz (9 kishi);
nogironlar uchun — 7 foiz (8 kishi);
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 3 foiz (5 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — 7 foiz (7 kishi);
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun — 7 foiz (15 kishi);
atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun — 3 foiz (4 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 3 foiz (5 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi band qilinsin.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin, xususan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilishi munosabati bilan boʻshab qolganda bu haqda tashkilot 10 kun muddatda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazini yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida xabardor etishi belgilansin.
4. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini belgilangan soni hisobida yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay 25 (yigirma besh) foiz, qolgan qismini band qilib qoʻyishni kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasinlar.
Tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etsinlar.
5. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilgan taqdirda sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (N. Qudratova) bir xafta muddatda ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni olib borsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Q. Rizayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. ABDURASULOV
Zafarobod t.,
2015-yil 2-oktabr,
812-son
Tuman hokimining 2015-yil 2-oktabrdagi 812-sonli qaroriga ILOVA
Zafarobod tumani hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat bozorida raqobatlashishga qodir boʻlmagan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan ish oʻrinlari
ROʻYXATI
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar 70 dan ortiq ishlovchilar bor korxonalar soni 01.09.2015-yil holatiga Yaratilishi kerak boʻlgan kvota ish oʻrinlari Belgilangan kvota 20 dan ortiq ishlovchilar bor korxonalar soni 01.09.2015-yil holatiga Jami yaratilishi kerak boʻlgan kvota ish oʻrinlari Shu jumladan, Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun Nogironlar uchun tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 7% 3% 1. “Zafarobod paxta tozalash” OAJ 1 370 25 25 1 26 1 8 2 2 2 4 5 1 1 2. Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasi 1 248 17 17 17 2 6 2 2 1 1 1 1 1 3. Agro sanoat transport kolleji 1 90 6 6 6 1 1 1 1 1 1 4. Tuman “Obodonlashtirish boshqarmasi” 1 70 5 5 5 2 1 1 1 5. Qishloq xoʻjalik kolleji 1 79 6 6 6 1 2 1 1 1 6. Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji 1 79 6 6 6 1 2 1 1 1 7. 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 77 5 5 5 1 2 1 1 8. Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 1 1 24 1 1 9. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 1 1 41 1 1 10. Bolalar musiqa va sanʼa� maktabi 1 1 36 1 1 11. “Oxunboboyev” qishloq vrachlik punkti 1 1 24 1 1 12. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 1 1 30 1 1 13. 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 1 60 2 1 1 14. 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 1 66 2 1 1 15. 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 1 52 2 1 1 16. 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 29 1 1 17. 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 31 1 1 18. 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 38 1 1 1 19. 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 1 50 2 1 1 20. 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 47 1 1 21. 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 1 64 2 1 22. 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 39 1 1 23. 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 46 1 1 24. 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 1 65 2 1 1 25. 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 44 1 1 26. 15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 30 1 1 27. 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 1 57 2 1 1 28. 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 33 1 1 29. 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 31 1 1 30. 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 20 1 1 31. 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1 1 37 1 1 32. “Gʻuncha” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 20 1 1 33. “Munis” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 21 1 1 34. “Goʻzal” maktabgacha taʼlim muassasasi 1 1 20 1 1 Tuman boʻyicha 7 1013 70 70 35 27 1055 105 12 40 9 8 5 7 15 5 4
Toifalarning toʻliq nomlari 1-toifa Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 2-toifa Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 3-toifa Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 4-toifa Nogironlar uchun 5-toifa Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 6-toifa Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 7-toifa odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 8-toifa Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 9-toifa Atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun
