Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1358-son)
03.09.2015
Jizzax viloyati Jizzax shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2367-son Qarori ijrosini taʼminlash hamda shahar iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son Qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2015-yil 14-aprelda shahar hokimining oʻrinbosarlari rahbarligida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ikkita ishchi guruhi tuzildi:
koʻp qavatli uy-joylarni va ularga xizmat koʻrsatuvchi markazlashgan qozon va qozonxonalarni, sovuq suv, markazlashgan issiqlik tarmoqlarini mukammal va joriy taʼmirlash bilan kuz-qish mavsumiga tayyorlash, markaziy va mahalla ichidagi koʻchalarni, irrigatsiya tizimini tiklash, sanitariya jihatidan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shirkatlar va boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yaxshilash, aholiga asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini — tabiiy gaz, elektr energiyasi, mazut, pech yoqilgʻisi, koʻmir, tom yopish uchun qattiq bitumni oʻz vaqtida yetarli miqdorda soʻzsiz yetkazib berish, elektr, gaz tarmoqlarini, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha ishchi guruhi (S. Ortiqov);
ijtimoiy soha obyektlarini, yaʼni maktablar, bolalar bogʻchalari, mehribonlik va saxovat uylari, tibbiyot muassasalari, kollej va litseylar hamda oliy oʻquv yurtlarini va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash, ayniqsa muassasalarning tom, ichki isitish tizimi va qozonxonalarini taʼmirlash, alternativ yoqilgʻi turiga oʻtkazish, issiqlikni saqlash, obyektlarning sanitariya holatini taʼminlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ. Xidirov).
3. Quyidagilar:
shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
2015-2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar 5-ilovaga muvofiq;
shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq;
shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi qoshida doimiy ravishda ishlaydigan ishchi guruh tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi (S. Ortiqov, Gʻ. Xidirov):
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar-joy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Tijorat banklari rahbarlariga — uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kredit mablagʻlarini ajratish, ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib borish, hududlarga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
7. Shahar ishchi guruhi (S. Ortiqov, Gʻ. Xidirov) mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan birgalikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan qozonlarni oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2014-yil 3-sentabrdagi 1586-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosarlari S. Ortiqov va Gʻ. Xidirov zimmasiga yuklansin.
Hokim A. QOBILOV
Jizzax sh.,
2015-yil 3-sentabr,
1358-son
Shahar hokimining 2015-yil 3-sentabrdagi1358-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Bajarish uchun masʼullar I. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tashkiliy tadbirlar 1. 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida: aholi punktlari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlari, ijtimoiy soha muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek qozonxonalar va muhandislik inshootlarining doimiy ishlashini taʼminlashda taʼmirlash ishlari boʻyicha; borilishi qiyin boʻlgan aholi punktlarida yashayotgan aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz, koʻmir (5-ilova), shuningdek muqobil ichimlik suvi manbasi (shu jumladan tashib keltiriladigan s�v) bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni (masʼullar va ishlarning bajarilish muddati bilan) ishlab chiqish va tasdiqlash. 2 kun muddatda Jizzax shahar “Jizzax-Issiqlik” DK, XTMFMT va TE boʻlimi (M. Zoirjonov), Tibbiyot birlashmasi (O. Mavlonov), “Suvoqova” (Z. Mamarasulov) va “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), “Shahar elektr tarmoqlari” korxonasi (D. Ravshanov), Obodonlashtirish boshqarmasi (X. Sharifitdinov), shahar uy-joy kommunal xizmat Departamenti (T. Oripov), tegishli idoralar, tashkilotlar va korxonalar 2. Oʻtgan yilgi isitish mavsumida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni eʼtiborga olgan holda, isitish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini kafolatlangan issiqlik taʼminoti, elektr energiya va tabiiy gaz bilan taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 3. Kuz-qish mavsumi tayyorgarligiga bogʻliq boʻlgan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, siqilgan gaz, koʻmir, texnik tuz va boshqa yoqilgʻi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. Jizzax temir yoʻl stansiyasi, “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi (D. Ravshanov), neft korxonalari, koʻmir taʼminoti korxonalari, tegishli idora va tashkilotlar 4. Qish mavsumida tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan va gaz yoqilgʻisi tanqis boʻlishi kutilayotgan aholi punktlarini (5-ilova) va ijtimoiy soha obyektlariga aniqlik kiritish hamda ularga qoʻshimcha koʻmir zaxirasini tayyorlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlatish. 2 kun muddatda “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, MFY raislari 5. 2015-yilda aholi uchun koʻmir va suyultirilgan gazni shaharga oyma-oy yetkazib berish grafigini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish. “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), koʻmir taʼminoti korxonalari 6. Koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlashda koʻmirni qabul qilib oluvchi, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlik kiritib, koʻmirni belgilangan muddatlarda yetkazib berish mexanizmini ishlab chiqish (5-ilova). Koʻmir taʼminoti korxonalari 7. Kuz-qish mavsumi davrida energetika tizimida yuklama eng yuqori boʻlgan paytda isteʼmolni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015-yil 10-sentabrgacha Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi (D. Ravshanov) 8. Kuz-qish mavsumida elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan va ichimlik suvidan uzib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan toifadagi va alohida ahamiyatga ega boʻlgan maxsus obyektlarning roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. “Jizzax-Issiqlik” DK, “Suvoqova” (Z. Mamarasulov) va “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi (D. Ravshanov), tegishli idoralar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlari 9. Kuz-qish mavsumida elektr energiyadan, issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan va ichimlik suvidan uzib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar infrastrukturasidagi harbiy obyektlar va korxonalarni belgilangan tartibda roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. 2015-yil 10-sentabrgacha 10. Oʻtgan kuz-qish mavsumida tabiiy gaz taʼminotida uzilishlar boʻlgan hududlarni aniqlagan holda roʻyxatini tuzish. 2 kun muddatda “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev) 11. Tabiiy gaz tanqisligi mavjud boʻlgan ayrim hududlarini bir meʼyorda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida joylardagi mavjud gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash shohobchalarini taʼmirlashning manzilli chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2 kun muddatda “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev) II. Yoqilgʻi-energetika kompleksini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha 12. Aholi va ulgurji isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni oyma-oy yetkazib berish grafigini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish. 2 kun muddatda “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev) 13. Aholini tabiiy gaz bilan bir meʼyorda taʼminlash uchun barcha korxonalar va tashkilotlar tomonidan qozonxonalarni kuz-qish mavsumi davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻining zarur zaxiralarini yaratish (5-ilova). 2015-yil 1-noyabrgacha “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), shahar idora va tashkilotlari, Jizzax neft korxonasi (M. Sarimsoqov) III. Koʻp xonadonli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha 14. Koʻp qavatli uy-joylar va mahallalarni, aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan Dastur asosida ishlarni tashkillashtirish va ushbu jarayonda hududga biriktirilgan mahalla inspektorlarini, soliq inspektorlarini, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi vakillarini, tijorat banklarining masʼul xodimlarini jalb qilgan holda: koʻp xonadonli uylardan foydalanish meʼyorlari va qoidalariga asosan uy-joy fondini texnik soz holda saqlash; koʻp xonadonli uylarda jihoz va qurilmalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, yongʻin xavfsizligi va sanitar-texnik qoidalarga amal qilinishini taʼminlash; koʻp xonadonli uylarda bajarilgan joriy taʼmirlash ishlarini doimiy koʻrikdan oʻtkazib borish, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish; shirkatlar raislarining ish faoliyatini baholash, umumiy yigʻilishlarda hisobotlarni eshitish, oʻz lavozimiga loyiq boʻlmagan raislarni qayta saylash ishlarini amalga oshirish; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining hisobotini aholi oʻrtasida eshitishning yangi tizimini tashkil qilish. Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida Shahar uy-joy kommunal xizmat Departamenti (T. Oripov), hududlarga biriktirilgan sektor rahbarlari, MFY, tijorat banklari, Obodonlashtirish boshqarmasi (X. Sharifitdinov), shahar yongʻin xavfsizligi boʻlimi (S. Xojemetov), aloqador tashkilotlar 15. Qish mavsumida ichki avtomobil yoʻllarida muz hosil boʻlishini oldini olish uchun barcha zaruriy ish qurollari, texnika hamda xomashyo zahirasini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2 kun muddatda Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi (X. Sharifitdinov), IIB YHXB 16. Moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritgan holda koʻp qavatli uylarda ishlamaydigan liftlarni taʼmirlash boʻyicha loyiha dasturini ishlab chiqish. 2 kun muddatda Shahar uy-joy kommunal xizmat Departamenti (T. Oripov) 17. Jizzax shahridagi koʻp qavatli uylarni taʼmirlash uchun maqsadli imtiyozli kreditlar ajratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Boshqaruv kompaniyalari, servis koʻrsatuvchi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan maqsadli imtiyozli kredit mablagʻlari hajmini oʻtgan yillarga nisbatan 2,5 — 3-martaga koʻpaytirish. Ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishini doimiy monitoring qilib boruvchi ishchi guruhi tashkil qilish. 2015-yil 1-oktabrgacha Tijorat banklari, sektor rahbarlari 18. Koʻp qavatli uy-joylar fondida mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. 2015-yil 1-oktabrgacha Shahar uy-joy kommunal xizmat Departamenti (T. Oripov) 19. Issiqlik energiyasi olmagan koʻp xonadonli uylar soniga aniqlik kiritish. Ularni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 2015-yil 10-sentabrgacha 2015-yil 1-oktabrgacha Jizzax shahar “Jizzax-Issiqlik” DK (A. Toshbulov), Shahar uy-joy kommunal-xizmat Departamenti (T. Oripov), MFY raislari 20. Uy-joylar, binolar va inshootlar holatining yongʻin xavfsizligi boʻyicha texnik meʼyorlarga muvofiqligini koʻrikdan oʻtkazish. 2015-yil 1-sentabrgacha Shahar Yongʻin xavfsizligi boʻlimi (S. Xojemetov), tegishli tashkilotlar va korxonalar 21. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va homiylarga koʻp qavatli uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishda binolarning ekspluatatsiya qilish muddatlari hozirgi meʼyor va qoidalarga mos kelishini taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Moliya boʻlimi (A. Alisherov), tijorat banklari, sektor rahbarlari 22. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan koʻp qavatli uy-joylarning old qismidagi kirish yoʻlaklarini taʼmirlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Tijorat banklari, sektor rahbarlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislari 23. Uy-joylarni qish mavsumiga tayyorlashni yakunlash, issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash boʻyicha moʻljallangan ish hajmlarini yakunlash, uy-joylarni issiqlik bilan taʼminlash sifatini oshirish tadb�rlarini amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiyalari, issiqlik punktlari joylashgan yertoʻlalar va tomlarni nazoratdan oʻtkazishni tashkil etish, tomlar, yertoʻlalar va uy yoʻlaklariga kirish eshiklarini zarur darajada yopilishini taʼminlash. 2015-yil 1-oktabrgacha Shahar “Jizzax-Issiqlik” DK (A. Toshbulov),“Suvoqova” (Z. Mamarasulov) va “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi (D. Ravshanov) IV. Aholi va ulgurji isteʼmolchilarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha 24. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi issiqlik tarmoqlarining foydalanish texnik talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqish. 2015-yil 1-oktabrgacha Shahar “Jizzax-Issiqlik” DK (A. Toshbulov) 25. Qozonxonalarni �ukammal va joriy taʼmirlash (2 va 3-ilovalar) hamda ularning kuz-qish mavsumi davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish, sertifikatlangan qozonlar va gaz yoquvchi qurilmalar oʻrnatilganligiga alohida eʼtiborni qaratish Shahar “Jizzax-Issiqlik” DK (A. Toshbulov) 26. 2015-2016-yillar isitish mavsumi boshlangunga qadar shahar tashkilotlari tasarrufidagi mavjud qozonxona asbob-uskunalarining foydalanishga tayyorgarligini va tabiiy gazni qabul qilish boʻyicha texnik talablarga muvofiqligini koʻrikdan oʻtkazish, texnik talablarga javob bermaydigan qozonxonalarni gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish. Shahar “Jizzax-Issiqlik” DK (A. Toshbulov), “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev) 27. Mukammal va joriy taʼmirlanadigan qozonlar va issiqlik tarmoqlari, issiqlik quvurlarini himoya vositalari bilan oʻrashning manzilli roʻyxatini “Sanoatgeokontexnazorat” inspeksiyasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” viloyat boʻlimlariga taqdim etish. 2 kun muddatda Jizzax shahar “Jizzax-Issiqlik” DK, XTMFMT va TE boʻlimi (M. Zoirjonov), Tibbiyot birlashmasi (O. Mavlonov), “Suvoqova” (Z. Mamarasulov) va “Jizzaxshahargaz” filiali (Sh. Pardayev), Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi (D. Ravshanov), barcha idora va tashkilotlar 28. Urush va mehnat faxriylariga xizmat koʻrsatuvchi “Muruvvat” va “Saxovat” uylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kompleks chora-tadbirlar belgilash. 2015-yil 1-sentabrgacha shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Murodov) V. Ijtimoiy soha obʼektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi boʻyicha 29. Maktab va maktabgacha boʻlgan muassasalar, kollejlar, “Muruvvat” va “Saxovat” uy-internatlari, bolalar uylari, oʻquv muassasalari, kasalxonalar, poliklinikalar, sanatoriylar, pansionatlar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini tugallash boʻyicha grafik ishlab chiqish va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2015-yil 10-sentabrgacha Jizzax shahar XTMFMT va TE boʻlimi, Madaniyat va sport ishlari, Tibbiyot birlashmasi, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Jizzax Politexnika va Pedagogika institutlari, ijtimoiy soha tashkilotlari 30. Oʻtgan 2014-2015-yillar qish mavsumining sovuq kelishi munosabati bilan oliy oʻquv yurtlari, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar, kollejlarning ishdan chiqqan isitish tizimlari va qozonxonalarni qaytadan tiklash choralarini koʻrish. 2015-yil 10-sentabrgacha VI. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish monitoringi boʻyicha 31. Shahar hududidagi barcha ijtimoiy soha va boshqa turdagi obʼektlarni 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumi davriga tayyorlashning borishini tashkil qilingan ishchi komissiyalar tomonidan koʻrib chiqish va shahar hokimligiga axborot taqdim etib borish. 2015-yil 10-sentabrdan boshlab, har oʻn kunda Shahar ishchi komissiyasi (S. Ortiqov, Gʻ. Xidirov) 32. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarining 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumi davriga tayyorlashning borishini shahar ishchi komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish va viloyat komissiyasiga maʼlumot taqdim etib borish. har oʻn kunda Shahar hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish boʻlimi, shahar hokimligining tegishli boʻlimlari bilan birgalikda 33. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlash bilan bogʻlik masalalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. Doimiy Shahar televideniyasi (B. Eshonqulov), “Jizzax-Ovozi” gazetasi (N. Inomov)
Shahar hokimining 2015-yil 3-sentabrdagi1358-sonli qaroriga 2-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Shahar nomi Mukammal taʼmirlash Koʻp qavatli uy-joylar (dona) Qozon xonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Ichimlik suvi tarmoqlari (km) Tabiiy gaz tarmoqlari (km ) Elektr tarmoqlari (km) Transformator punktlari (dona) 1. Jizzax shahar 17 2 1,7 0,2 29,5 18 Jami 17 2 1,7 0,2 29,5 18
Shahar hokimining 2015-yil 3-sentabrdagi1358-sonli qaroriga 3-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Shahar nomi Joriy taʼmirlash Koʻp xonadonli uy-joylar (dona) Qozon xonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Issiqlik trassalarini izolatsiyalash (km) Ichimlik suvi tarmoqlari (km) Gaz taqsimlash qurilmalarini taftishdan oʻtkazish (dona) Elektr tarmoqlari (km) Transformator punktlari (dona) 1. Jizzax shahar 58 3 3 0,8 2 2 1181 204 80 Jami 58 3 3 0,8 2 2 1181 204 80
Shahar hokimining 2015-yil 3-sentabrdagi1358-sonli qaroriga 4-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Mukammal taʼmirlash Joriy taʼmirlash Umumtaʼlim maktablari (dona) Mexribonlik uyi va maxsus maktab internatlari (dona) Bolalar bogʻchalari (dona) Kasalxonalar va davolash muassasalari (dona) Internat uylari “Muruvat” va “Saxobat” reabilitatsiya markazi, sanatoriya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari (dona) Umumtaʼlim maktablari (dona) Maktablarda oynalarni almashtirish (kv.m) Bolalar uyi va maxsus maktab internatlari (dona) Bolalar bogʻchalari (dona) Kasalxona va poliklinikalar Internat uylari “Muruvat” va “Saxobat” reabilitatsiya markazi, sanatoriya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari (dona) 1. 1 2 1 1 1 2 1
Shahar hokimining 2015-yil 3-sentabrdagi1358-sonli qaroriga 5-ILOVA
2015-2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Koʻmir (ming tonna) Aholi uchun suyultirilgan gaz (tonna) Issiqlik taʼminoti korxonalari uchun mazut (ming tonna) Jami: Koʻmir mahsulotini budjet tashkilotlariga “Xududiy koʻmir yetkazuvchi” UK orqali taʼminlash Shundan Aholiga koʻmir mahsulotini “Hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK orqali taʼminlash Shundan Koʻmirni birja orqali olish Xalq taʼlimi Sogʻliqni saqlash Kasb-hunar taʼlimi Koʻmir yuklash Koʻmir briketi 1. 1,327 0,475 0,406 0,069 0,552 0,552 0,3 165
Shahar hokimining 2015-yil 3-sentabrdagi1358-sonli qaroriga 6-ILOVA
Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi
TARKIBI
1. A. Qobilov — shahar hokimi, komissiya raisi 2. S. Ortiqov — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari 3. Gʻ. Xidirov — shahar hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari 4. N. Muxtorova — shahar hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari 5. D. Xudoyshukurov — shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, komissiya kotibi 6. E. Mirazimov — shahar hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi 7. S. Xojimetov — shahar IIB Yongʻin xavfsizligi boʻlimi boshligʻi 8. Gʻ. Kamolov — shahar iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 9. A. Qayumov — shahar hokimligi ijtimoiy guruh bosh mutaxassisi 10. A. Alisherov — shahar Moliya boʻlimi boshligʻi 11. M. Zoirjonov — shahar XTMFMT va TE boʻlimi boshligʻi 12. O. Mavlonov — shahar Tibbiyot birlashmasi boshligʻi 13. N. Gʻayirov — shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi 14. R. Suyarov — shahar Madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi 15. Sh. Pardayev — “Jizzaxshahargaz” filiali boshligʻi 16. D. Ravshanov — Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 17. T. Oripov — shahar uy-joy kommunal xizmat Departamenti boshligʻi 18. Z. Mamarasulov — shahar “Suvoqova” ishlab chiqarish korxonasi boshligʻi 19. A. Toshbulov — shahar “Jizzax-Issiqlik” davlat korxonasi rahbari 20. X. Sharifitdinov — shahar Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari 21. M. Sarimsoqov — “Jizzaxneftebaza” UK rahbari 22. B. Eshonqulov — shahar televedeniyasi rahbari 23. N. Inomov — “Jizzax ovozi” gazetasi bosh muharriri
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga yangi tayinlangan yoki vazifasini bajaruvchi shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Shahar hokimining 2015-yil 3-sentabrdagi1358-sonli qaroriga 7-ILOVA
Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi qoshida doimiy ravishda ishlaydigan ishchi guruh
TARKIBI
1. E. Mirazimov — shahar hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi, monitoring guruhi rahbari 2. T. Oripov — shahar uy-joy kommunal xizmat Departamenti boshligʻi 3. A. Qayumov — shahar hokimligi ijtimoiy guruh bosh mutaxassisi Aʼzolari: 4. A. Alisherov — shahar Moliya boʻlimi boshligʻi 5. M. Zoirjonov — shahar XTMFMT va TE boʻlimi boshligʻi 6. O. Mavlonov — shahar Tibbiyot birlashmasi boshligʻi 7. Sh. Pardayev — “Jizzaxshahargaz” filiali boshligʻi 8. D. Ravshanov — Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari 9. Z. Mamarasulov — shahar “Suvoqova” ishlab chiqarish korxonasi boshligʻi 10. A. Toshbulov — shahar “Jizzax-Issiqlik” davlat korxonasi rahbari 11. T. Oripov — shahar uy-joy kommunal xizmat Departamenti boshligʻi, monitoring guruhi kotibi
Eslatma: ishchi guruh 2015-2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlashi boʻyicha shahar hokimining qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va 2, 3, 4, 5-ilovalarda belgilangan topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha joriy yilning 30-avgustidan boshlab monitoring olib borilishini taʼminlaydi va tahliliy maʼlumotlarni (mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar bilar birga) har 10 kunda shahar hokimligiga taqdim etib boradi. Tahliliy maʼlumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik ishchi guruhi rahbari zimmasiga yuklatiladi.
